5 – mavzu. Energetikada tariflar va narxlar. Reja: Energiya shakillari bo‘yicha iste’molga to‘lov mexanizmi.
Issiqlik energiyasi tariflari va narxlari.
Elektr energiyasi tariflari va narxlari.
Bir stavkali tarif. Ikki stavkali tarif.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 29 sentyabrdagi F-2047-son farmoyishiga muvofiq maxsus komissiya iste’molchilarning iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarining hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan hisob-kitoblarining ahvolini tanqidiy o‘rganib chiqdi. «O‘zbekenergo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay hisob-kitoblar intizomining buzilishi hollari davom etmoqda, etkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovni o‘z vaqtida to‘lamagan iste’molchilarga elektr energiyasi etkazib berishni to‘xtatishga doir talablar bajarilmayapti, to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzlar ko‘paymoqda. Berilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasini hisobga olishning maqbul tizimi mavjud emas. Amaldagi o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmi eskirgan, u iste’mol qilingan energiya uchun mablag‘larning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi uchun zarur darajadagi javobgarlikni ta’minlamaydi.
Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda talabgorlar deb ataladi) Davlat xizmatlari markazlari orqali elektr energiyasini hisobga olish (hisoblagich) uskunasini (keyingi o‘rinlarda hisobga olish uskunalari deb ataladi) sozligi yoki uning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglament talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 13 noyabrdagi PQ-3384-son qarori asosida o‘rnatilgan hisobga olish uskunalari, shuningdek, o‘lchov komplekslarini navbatdagi davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun tadbiq etilmaydi.
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan iste’molchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan o‘tkazmasdan o‘rniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar o‘rnatiladi.