Bir stavkali tarif. Ikki stavkali tarif
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda “YOqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qiladi.
Guruh
|
Nomi
|
Narxi (so‘m)
|
2019 yil
15 avgustdan
|
I guruh
|
Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun
|
450,0
|
II guruh
|
Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy iste’molchilardan tashqari
|
450,0
|
III guruh
|
Maishiy iste’molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun
uy-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog‘ ob’ektlari, shu jumladan bog‘ shirkatlari va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr energiyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal
uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun
|
295,0
|
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun
|
147,5
|
IV guruh
|
Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari uchun
|
450,0
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi
va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi” iste’molchilar uchun
|
450,0
|
Izoh:
Ushbu tariflar 1 kVt. soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyul “YOqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan o‘rnatilgan.
YUqorida ko‘rsatilgan Hukumat qaroriga ko‘ra:
– Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori, 1-ilovasidagi 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan”so‘zlari “2 oydan”so‘zlari bilan almashtirilgan;
– Vazirlar Mahkamasining “YOqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1,2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.
– Vazirlar Mahkamasining “YOqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018 yil 1 noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar 2019 yil 15 avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |