3 .29 – rasm. Tuproq to’g’onlarning turlari
a – bir xil tuproqdan qurilgan to’g’on; b – har xil tuproqdan qurilgan to’g’on; v – kam suv
o’tkazadigan ekran o’rnatilgan to’g’on; g - kam suv o’tkazadigan yadro o’rnatilgan to’g’on;
d – suv o’tkazmaydigan qoplama bilan jihozlangan to’g’on; ye – diafragmali to’g’on, 1 – suv
ombori; 2- to’g’on; 3 – berma; 4 – drenaj prizmalari, 5 – qoplama, 6 – suvning sizib
o’tishining oldini oladigan konstruktsiya, 7 – tuproq; 8 – suv o’tkazuvchanligi kamroq
tuproq.
To’g’ondan sizib o’tadigan suv filg’tratsiyasini kamaytirish uchun uning markaziy qismiga yadro ham o’rnatilishi mumkin (3.29 – rasm, g). Yadro uchun ham ekrandagi kabi materiallar ishlatiladi. Yadroning yuqori sathi suv ombordagi maksimal suv sathidan 0,5...0,7 metr yuqori, to’g’onning yuqori sathidan muzlamaydigan darajada pastda joylashishi kerak.
Agar to’g’on materialining filg’tratsiya koeffitsienti katta bo’lsa, uning oldi qismida suv sizishining oldini olish uchun maxsus qoplama yotqiziladi (3.29 – rasm, d). Qoplama temir beton plitalardan, monolit betondan, sintetik plenkalardan bo’lishi mumkin. Suv sizishining oldini olish uchun to’g’onlarga ularning markazida joylashgan diafragmalar (vertikal devorlar) ham o’rnatilishi mumkin (3.29 – rasm, ye). Diafragmalar temirbeton plitalardan, monolit betondan, metalldan va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Tuproq to’g’onlar tanasidan sizib chiqayotgan (bunday to’g’onlarda ozgina miqdorda suvning sizib chiqishi tabiiy holat) suvni drenajga chiqarib tashlash va suv sathining yuqori ko’tarilmasligini ta’minlash uchun maxsus konstruktsiyalar qo’llaniladi va ularning eng ko’p tarqalgani drenaj prizmalari deb ataladi. Prizmaning yuqori qismi sathi quyi bg’efdagi suv sathidan yuqorida joylashadi va uning balandligi 0,2∙Nto’g’ gacha bo’ladi, Nto’g’ – to’g’on balandligi. Misol sifatida tuproq to’g’onlardan biri – Pachkamar suv omboridagi to’g’onni keltirish mumkin (3.30 – rasm). Mazkur to’g’on balandligi 71 metr, uzunligi 573 metrni tashkil etadi, unga 3 mln. m3 dan ortiq tuproq ishlatilgan. Suvning sizishini kamaytirish uchun to’g’onda qumoq tuproqdan iborat yadro o’rnatilgan__
Tosh – tuproq to’g’onlarda tuproq bilan bir qatorda har xil o’lchamdagi tosh, shag’al materiallaridan ham foydalaniladi. Tosh-shag’alning suv o’tkazuvchanligi katta bo’lganligi uchun to’g’onning old qismiga tuproq to’g’onlardagidek suv sizishiga qarshi konstruktsiyalar o’rnatiladi. 3.31 – rasmda tosh va tuproqdan qurilgan Xisorak suv omborining to’g’oni keltirilgan. Mazkur to’g’on balandligi 138,5 metr, uzunligi 660 metrni tashkil etadi, unga 2,75 mln. m3 dan ortiq tuproq ishlatilgan. Suvning sizishini kamaytirish uchun to’g’onda qumoq tuproqdan iborat yadro o’rnatilgan.
Tosh to’g’onlar har xil o’lchamdagi toshlarni yotqizish orqali quriladi, shu sababli ularning suv o’tkazuvchanligi katta bo’ladi, buning oldini olish uchun suv o’tkazmaydigan konstruktsiyalardan (ekran, yadro va boshqalar) albatta oydalaniladi. SHunday to’g’onlardan biri CHorvoq suv omborining tosh yotqiziqlaridan iborat to’g’oni hisoblanadi (3.32 – rasm). To’g’onning balandligi 168 metr, uzunligi 770 metr bo’lib, uning markazida qumoq tuproq va qum – shag’alli yadro joylashgan. To’g’on qiyaligi ikki tomondan ham 1:2. Yadroning asosi 3,8x4,0 m, chuqurligi 10...12 metr bo’lgan tsement galereyadan iborat.
Beton (temirbeton) to’g’onlar. Tuzilishi (konstruktsiyasi) bo’yicha turlarga bo’linadigan gravitatsion, arkali va kontrforsli to’g’onlarda beton yoki temirbeton materiallari ishlatiladi. Gravitatsion to’g’onlar katta massaga ega bo’lib, monolit betondan quriladi (3.33 – rasm, a). Mazkur to’g’onlar suv o’tkazmaydigan ham va suv tushar novga ham ega bo’lishi mumkin. Gravitatsion to’g’onlarga misol sifatida balandliklari 113 metr bo’lgan Qurpsoy va 75 metr bo’lgan Toshko’mir to’g’onlarini keltirish mumkin (3.34 – rasm). Arkali to’g’onlar yoysimon ravishda ikki tomondagi qoyalik qirg’oqlarga tayanadigan vertikal egik temir beton konstruktsiyaga ega bo’lgan inshoot hisoblanadi (3.33 – rasm, b). Bu to’g’onlarda suv ombori tomondan beriladigan bosim to’g’onning qirg’oqlarga tayanadigan qismi tomonidan qabul qilinadi va shuning uchun bu qismlar mahkamligiga katta e’tibor beriladi (3.35 – rasm). Arkali to’g’onlarning balandligi 300 metrgacha yetishi mumkin, lekin ularda gravitatsion to’g’onlarga nisbatan beton hajmi kam bo’ladi.
Kontrforsli to’g’onlar konstruktsiyasi temirbeton qovurg’alar (kontrforslar)ga tayanadigan va suv bosimini qabul qiladigan temirbeton plitalardan iborat (3.33 – rasm, v). Kontrforslar bir biri bilan maxsus balkalar orqali mahkamlanadi. Kontrforsli to’g’onlar balandligi 110...125 metrgacha borishi mumkin. 3.36 – rasmda Andijon suv omborining kontrforsli to’g’oni tasvirlangan. To’g’onning balandligi 121 metr, uzunligi
850 metr.
Do'stlaringiz bilan baham: |