3.24 – rasm. Derivatsiya kanallarining ko’ndalang kesimlari
a) qazilma kanal; b, v) bir qismi qazilma, qolgan qismi ko’tarma kanal; g) ko’tarma kanal,
1 – qazib olingan tuproq (kavalg’er); 2 – ko’tarma; 3 – ko’tarma uchun olingan tuproq joyi.
tashqari suvning sizib o’tmasligini ta’minlaydigan maxsus qoplama yotqizish kerak bo’ladi, shu sababli bunday kanallar ancha ko’p xarajatni talab qiladi.
Derivatsiya kanalining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: kanalning tubi bo’yicha eni v, yon tomonlarining qiyalik koeffitsienti t (qiyalik gorizontal proektsiyasining vertikalga nisbati), suv chuqurligi ‘, kanal chuqurligi ‘k, suv sarfi (maksimal, me’yoriy va minimal) Q, kanal nishabligi i (kanal uzunligi bo’yicha pasayish balandligining uzunlikka nisbati), kanal uzunligi L, kanalning maksimal suv sathi bo’yicha eni V, maksimal suv sathidan kanalning yuqori sathigacha bo’lgan masofa a (3.25 – rasm).
3.25 – rasm. Kanalning asosiy parametrlari.
Kanalning yon qiyaliklari va tubini beton va temir beton qoplamalar bilan mahkamlash suv isrofgarchiligini olishda katta ahamiyatga ega, chunki ba’zi hollarda suvning 15...25 % miqdori tuproqqa singib ketishi mumkin. Monolit holda yotqiziladigan beton qoplamalarning qalinligi 10...15 sm ni, temir beton qoplamalar qalinligi 7...15 sm ni tashkil etadi. Beton tagidagi to’rsimon yotqizilgan armatura sterjenlarining diametri 8...12 mm ga teng, 1 metr uzunlikka 3...5 sterjen yotqiziladi. Suv sizishini yanada kamaytirish uchun beton qoplama tagidan polietilen plenka ham yotqizilishi mumkin. Temperatura ag’sirida kanal qoplamalarida deformatsiya bo’lishi va ularda yoriqlar paydo bo’lishi mumkin. SHuning uchun qoplamada kanal bo’ylama uzunligi bo’yicha har 3...5 metrda choklar qoldiriladi. Derivatsiya inshootlarining gidravlik hisoblari. Bu hisoblarning asosiy maqsadi hisobiy suv sarfining berilgan qiymatlariga mos keluvchi inshootning ko’ndalang kesimi yuzasi o’lchamlarini aniqlashdan iboratdir. Inshootning hisobiy suv sarfi KGESning ish rejimiga bog’liq bo’ladi va texnik – iqtisodiy hisoblar bilan asoslanadi. Inshootning ko’ndalang kesimi yuzasi o’lchamlari qurilish ishlari hajmini, demak sarf bo’ladigan xarajatlar miqdorini aniqlash uchun xizmat qiladi. Hisoblar davomida derivatsiya inshootidagi me’yoriy rejimlardan tashqari hollardagi
KGESning quvvatini aniqlash uchun zarur bo’lgan napor yo’qolish miqdorini
aniqlash ishlari ham bajariladi. Bosimsiz derivatsiya inshootining ko’ndalang kesimi yuzasini aniqlash SHezi formulasidan foydalanishga asoslangan
bunda ω – inshootdagi suv oqimining ko’ndalang kesimi yuzasi; Q –inshoot hisobiy suv sarfi; C – SHezi koeffitsienti; R – gidravlicheskiy
radius; i = inshoot tubining nishabligi. Gidravlik hisoblar uchun inshootning ko’ndalang kesimi yuzasi shakli (trapetsiya, to’rtburchak, uchburchak, parabolik, oval, doira va boshqa shakllar), hisobiy suv sarfi qiymati Q va g’adir-budirlik koeffitsienti n oldindan aniqlanadi. Ochiq derivatsiya kanallari asosan trapetsiya shaklida bo’lib, ularda gidravlik hisoblarning asosiy maqsadi kanaldagi suv chuqurligining ‘ suv sarfiga Q bog’liqlik qiymatlarini aniqlashdan iboratdir. Hisoblarni bajarish tartibi jadval ko’rinishida berilsa, tushunish qo’lay bo’ladi (3.1 – jadval). Kanalning 3.25 – rasmda berilmagan ba’zi parametrlari quyidagicha ataladi:
X - kanalning ko’ndalang kesimi yuzasi bo’yicha suv joylashgan
(ho’llangan) perimetri;
R – kanalning gidravlik radiusi;
S – SHezi koeffitsienti, bu koeffitsient jadvalda Maning
formulasi bilan aniqlanadi.
Hisoblar kanaldagi suv chuqurligining minimal qiymatlaridan
boshlab maksimal qiymatlargacha bo’lgan oraliqdagi qiymatlari uchun
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |