Tadqiqotlar mavzusining dolzarbligi: elektr energiyani ishlab chiqish va undan samarali foydalanish odamzodning doimiy yashash uchun kurash yo‘li bo‘lgan. Hozirgi vaqtda uni iste’mol qilish nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, asosan odamlarning farovonlik darajasini belgilaydi. Kelajakda energetika dunyoni boshqaradi degan ibora aynan, shuning uchun ham bugungi kunda dolzarbdir. Bugungi kunda xar bir xonadonni televizor, radio, kompyutersiz tasavvur eta olmaganimizdek elektr tokisiz ham tasavvur qila olmaymiz. Hozirgi kunda elektr energiyasi jamiyatimiz xayotida juda katta ahamiyat kasb etgan, egallagan barcha yutuqlarimiz, yaratilgan texnik qurilmalarni elektr energiyasiz ishlashini tasavvur qilish juda qiyin. Fan–texnika shunchalik tez rivojlanib borayotgan bir paytda jamiyatimizning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ham kun sayin o‘sib bormoqda. Ma’lumki korxona va tashkilotlar, zavod va fabrikalar, qo‘shma korxonalar hamda xonadonlar elektr energiyasi manbaining iste’molchilari hisoblanadilar.
–elektr energiya–energiyalarning universal bir formasi bolib, u oldiga quyilgan barcha vazifalarni bajara oladi;
–elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash prinsipini o‘rgatadi;
–elektr energiyasiga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash prinsipini o‘rgatadi;
–elektr energiyasini boshqarish va himoya vositalarini tuzulishi va ishlatilish sohalarini o‘rgatadi;
–ishlab chiqarishni xar taraflama avtomatlashtirishga imkon beradi.
Elektr energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta’minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko‘rib boshqara olmaydi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa xalq xo‘jaligini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi yalpi sanoat maxsulotini hajmida elektroenergetikani salmoqi 10% dan oshadi. Turli elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektrostansiyalarning bitta yuqori kuchlanishli havo liniyasiga birlashtirilishi va markazdan boshqarilishi elektr energetika tizim deyiladi.
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini 85–90% ni issiqlik elektrostansiyalarida hosil qilinmoqda. IESlar tez va arzon narhlarda qursa buladigan elektrostansiyalar hisoblanadi. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan texnika imkoniyatlari bilan, quvvati 6 mln kVt soat ga ega bo‘lgan IES lar qurish mumkin. Mamlakat iqtisodiyoti uchun elektr energiyasining tan narhi arzon bo‘lgani muhimroq hisoblanadi. Bu energiyaning tan narh avvalo shu energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‘ini qazib olish va tashib keltirishga sarflanadigan harajatlarga boqliq bo‘ladi. SHuning uchun yangi elektrostansiyalarni barpo etishda shu faktorlarni hisobga olish muhimdir. Agar yonilg‘ini tashib keltirish harajatlari elektr energiyasini uzatish harajatlaridan yuqori bo‘lsa, u xolda elektrostansiyani joyini o‘zgartirgan maqulroq bo‘ladi. Elektr energiyasini uzatish masofasi fan–texnika taraqqiyotini o‘sishi bilan yil sayin ortib borayotganini guvohi bo‘layapmiz. Elektr energiyasini simlar orqali uzatish uning avfzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning xamma sohalarida elektr energiyasidan foydalanilishi bu energiyaning ikkinchi muhim avfzalliklaridan hisoblanadi.
Bundan tashqari O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanadigan texnologiyalar katta istiqbolga ega. CHunki qayta tiklanadigan energiya ning ushbu turidan butun mamlakat hududida yil davomida foydalanish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanishni ko‘paytirish mamlakat ning, ayniqsa, borish qiyin bo‘lgan va olis qishloq tumanlarida elektr hamda issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni bemalol qondirib, katta hajmdagi tabiiy gazni eksport ehtiyojlari uchun yo‘naltirish imkonini berishi mumkin.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 16 aprelda qabul qilingan "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarinidan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun jamiyatimiz taraqqiyotining zamonaviy talablariga javob berish yo‘lidagi jiddiy va oqilona qadam bo‘ldi. Bu farmonning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, avvalo, jahondagi global muammolarga nisbatan asosli e’tibor qaratilayotgani bo‘lsa, ikkinchidan bu kabi oliy darajadagi hujjatlar dunyoning faqat sanoqli rivojlangan mamlakatlarida qabul qilingan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri Quyosh energetikasidir. Bu sohaning taraqqiyoti, o‘z navba tida, AQSH, YAponiya va Evropaning rivojlangan davlatlarida qayta tiklanuvchi energetikani qo‘llab–quvvatlashga qaratilgan dasturlarning keng ko‘lamli amalga oshirilishi bilan bog‘liq. German Advisory Council on Global change tashkilotining asosli xulosalariga ko‘ra, 2100 yilga borib, Quyosh energiyasi sayyoramiz uchun energiyaning dominant manbaiga aylanadi. SHu bois qator mamlakat larda Quyosh energetika sini maqsadli rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari qabul qilingan va bu sohani moliyaviy qo‘llab–quvvatlash allaqachon boshlab yuboril gan.