1.2. Farg‘ona vodiy viloyatlarida elektr energiya iste’molining tahlili
Bugungi kunda yurtimizda aholi turmush farovonligining oshishi, kunda lik hayotimizda zamonaviy maishiy texnikalardan keng foydalanilishi tufayli elektr energiyasi iste’moliga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. SHu bois iste’molchilarga uzluksiz ravishda elektr energiyasi etkazib berish, bu borada zamonaviy tizimlardan samarali foydalanish ga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu bilan birga vodiy viloyatlarida energiya ta’minoti tarmog‘ini munta zam rivojlantirish, elektr uzatish liniyalarining uzatuvchanlik qobiliya tini kuchaytirish hamda transformatorli kichik stansiyalar quvvatini oshirish, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida salmoqli ishlar bajarildi. 2336 kilometrdan ziyod tarqatish tarmoqlari, 198,3 kilo metr havo liniyalari mukammal ta’mirdan chiqarildi. SHahar va tumanlardagi taqsimlovchi 707 transformator punkti shay holatga keltirildi. Zo‘riqish bilan ishlayotgan 38 transformator katta quvvatlisiga almashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabridagi “Elektr energiya sidan foydalanganlik uchun hisob–kitob qilish mexanizmini tubdan tako millashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 511 sonli qarori va “Elektr energiyasi sotilishi hamda undan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish tizimini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida” gi 512 sonli qarori asosida etkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob–kitob ishlarini yaxshilash, to‘lovlarning hammasi o‘z vaqtida to‘lanishi, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlar amalga oshirildi.
Farg‘ona vodiysida yuqori kuchlanishli yangi elektr o‘tkazuvchi liniya yotqizildi. Liniyaning umumiy uzunligi 169 kilometrni tashkil etadi. Ushbu liniya Toshkent viloyatidagi “YAngi–Angren” Issiqlik elektr stansiyasini mamlakatning eng aholisi zich bo‘lgan mintaqa bilan bog‘laydi. YAngi elektr o‘tkazuvchi liniya yotqizilishi uchun 60 mln. AQSH dollari sarflandi. Bungacha Farg‘ona vodiysi qisman Qirg‘izistondan elektr energiya xarid qilardi. Bundan tashqari bugungi kunda Farg‘ona shaharida elektr tarmoqlari tizimi modernizasiya qilinmoqda. “Oybek” podstansiyasidagi o‘n ming kVt quvvatli transformator o‘n olti ming kVt quvvatlisiga almashtirildi. Elektr quvvati havo uzatma liniyalari yangilandi, hisoblash va elektr quvvati iste’moli nazorati ham zamonaviy uslubga o‘tkazilyapti. “Elektr hisoblagich” qo‘shma korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, 6,4 milliard so‘mga 9 mingta zamonaviy hisoblagichlar xarid qilinib, xonadonlarga o‘rnatildi.
Mamlakatimiz energetika bazasini umumiy quvvati 12,5 million kilo vatt bo‘lgan 39 elektr stansiyasi tashkil etadi. Ayni paytda investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobidan energetika tarmog‘i keng ko‘lamda modernizasiya qilinmoqda. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish shular jumlasidandir. Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini joriy qilish yo‘li bilan elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizasiyalash jarayoni bosqichma bosqich amalga oshirilishi yakunlanmoqda. Birinchi bosqichida–Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida Osiyo taraqqiyot bankining zayom mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi. Ikkinchi bosqich–Toshkent shahrida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirish ishlarining umumiy qiymati 323 million 77 ming AQSH dollarini tashkil qildi. SHuningdek, 180 million AQSH dollari Jahon bankining zayom mablag‘laridir. Keyingi bosqichlar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlari da ko‘zda tutilgan va oxirgi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilmoqda.