7–modda. Energiya sarflash normativlari Ushbu Qonun 5–moddasida sanab o‘tilgan ob’ektlar uchun energiya sarflash normativlarini O‘zbekiston Respublikasi Xukumati yoki u vakolat bergan organlar belgilaydi.
Energiya sarflash normativlari energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob–uskunalar hamda maxsulotlarning texnika pasportlariga, tuzatish–ta’mirlash va rejim varaqalariga, ulardan foydalanish yo‘riqnomalariga kiritiladi. Binolar va inshootlarni isitish, ularning havosini almashtirish xarorati va namligini bir xilda saqlab turish uchun energiya sarflash normativlari qurilish normalari va qoidalarida belgilab qo‘yiladi. Energiya sarflash normativlari xar besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi va ilg‘or texnologiya yutuqlarini hisobga olgan xolda o‘zgartirilishi lozim.
8–modda. Sertifikatlash Quyidagilar normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan energiya jihatgadan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiklik bo‘yicha majburiy sertifikatlashtiriladi:
energetika resurslari;
–ommabop maxsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va
xizmatlar ko‘rsatish;
–energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob–uskunalar hamda maxsulotlar;
–Majburiy sertifikatlash Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
–Ishlab chikaruvchi asbob–uskunalarni, shu jumladan ro‘zgorda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob–anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir qismida tamg‘alashni normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi;
9–modda. Metrologiya Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, shuningdek energiyani sertifikatlash paytida majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida o‘lchashning bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora–tadbirlar normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlaridir:
o‘lchov vositalari;
axborot–o‘lchov tizimlari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda tarmoq lari;
o‘lchash uslublari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ob’ektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati "O‘zstandart" agentligi zimmasiga yuklatiladi.