Energetika fakulteti xakimjonov baxromjon xakimjon o‘G‘LI


II. Energiyadan oqilona foydalanishning davlat boshqaruvi asoslari



Download 360,66 Kb.
bet10/14
Sana21.07.2022
Hajmi360,66 Kb.
#833112
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
diser 2022 lotin

II. Energiyadan oqilona foydalanishning davlat boshqaruvi asoslari
10–modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
11–modda. O‘zbekiston Respublika xukumatining energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlari
12–modda. Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar
13–modda. Energetika tekshiruvlari
14–modda. Energetika ekspertizasi
15–modda. Energiyani hisobga olish
16–modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi
10–modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Quyidagilar energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir:
–Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqa dasturlari hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarish;
–milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiya hosil qilish ni va uni sarflashni barqarorlashtirish;
–energiya hosil qilish va uni sarflash rejimlarini eng maqbul darajaga keltirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
–energiya tejamli sarflanadigan asbob–uskunalar va energiya kam sarflanadigan maxsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish;
–energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob–uskunalar hamda maxsulotga taalluqli normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini kiritish;
–energiya sifati, ishlab chiqarishning energiya sarflanishi jihatidan samaradorligi va maxsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
–korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energiya jihatidan samaradorligi tekshirib borilishini tashkil etish;
–maxsulotlarning, ishlab turgan va qayta qurilayotgan ob’ektlarning, texnologiyalar va asbob–uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;
–energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun energiya jihatidan samaradorlik namoyish etiladigan zonalar barpo etish;
–energiya jihatidan samarador va ekologik jihatda sof texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish;
–energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvini tashkil etish.
11–modda. O‘zbekiston Respublika xukumatining energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi vakolatlari
Energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi xukumati:
–energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqadi hamda ularni ro‘yobga chiqaradi;
–energiya tejamli sarflanadigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni ro‘yobga chiqarishda vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi xukumati, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
–energiya jihatidan samarali texnika va maxsulotlar, ilg‘or texnologiya, bu sohadagi boshqaruv usullari va ilmiy tadqiqotlarni joriy etish bo‘yicha ikkilamchi energiya resurslari va chiqindilardan foydalanish bo‘yicha loyihalar, shuningdek kuyosh, shamol, suv oqimlarining tabiiy harakati energiyasi va boshqa energiya manbalaridan (matnda bundan buyon qayta tiklanadigan energiya manbalar deb yuritiladi) foydalaniladigan texnologiyalar ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashadi;
–energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologik jihatdan xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqaruvchi sanoat bazasi rivojlantirili–shiga yordam beradi;
–energetika tadqiqotlari va ekspertizalari sohasidagi faoliyatga litsenziya beradi;
–energiya sarflashning maxsus rejimini o‘rnatishga rozilik beradi;
–energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob–uskunalarini ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratishga ko‘maklashadi;
–jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida xabardor qilib boradi;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12–modda. Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda majburiydir.
Quyidagilar tegishincha Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq, mintaqaviy dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladilar:
O‘zbekiston Respublikasi xukumati;
–Vazirliklar va idoralar;
–Qoraqalpog‘iston Respublikasi xukumati, viloyatlar va Toshkent shahar davlat xokimiyati organlari;
–Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar besh yil va undan uzoqroq muddat uchun ishlab chiqiladi, O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan tasdiqlanadi va ustuvor hisoblanadi. Ularni ro‘yobga chiqarish mas’uliyati tegishincha O‘zbekiston Respublikasi xukumati, vazirliklar va idoralar, maxalliy davlat xokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi;
13–modda. Energetika tekshiruvlari
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash samaradorligini baxolash maqsadida o‘tkaziladi. Har yili umumiy hajmi olti ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
14–modda. Energetika ekspertizasi
Energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob–uskunalar, shuningdek ishlab chiqarilishida energiyadan foydalaniladigan maxsulotlar energiya jihatidan samaradorligi va energiya sarflanishi miqdorini baxolash uchun energetika ekspertizasidan o‘tkaziladi.
YAngi va rekonstruksiya qilinayotgan ob’ektlarning, texnologiyalar va asbob–uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan o‘tkazish majburiydir.
Energetika ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi xukumati belgilaydigan tartibda o‘tkaziladi.
15–modda. Energiyani hisobga olish
Hosil qilinadigan va sarflanadigan energiya jami hajmi albatta hisobga olinadi. Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta’minlash qoidalari, elektr va issiqlik energiyasidan, tabiiy gazdan, neftni qayta ishlash maxsulotlaridan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan belgilanadi.
Energiyani hisobga olish normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxonalar, muassasalar va tashkilotlar raxbarlarining yoki shunga vakolat berilgan boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.
16–modda. Energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash hajmi hamda uning tarkibiy tuzilishi, energiyadan oqilona foydalanilishi ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi xukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi.

Download 360,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish