Energetika fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 205 Kb.
bet7/14
Sana11.07.2022
Hajmi205 Kb.
#777229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
EEE BMI Uslubiy

2.2.8. Foydalanilgan adabiyotlar
Bitiruv malakaviy ish tushuntirish qismining oxirida foydalanilgan axborot manbalarining (adabiyotlarning) standart talablariga mos ravishda yozilgan ro‘yxati beriladi.



    1. Bitiruv malakaviy ishning grafik qismi



Grafik qismida malakaviy ishda xal etilgan texnikaviy echimlarni tushuntiruvchi quyidagi chizmalarni bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:


  1. Ish mavzusi bo‘yicha eng yaqin va mavjud qurilma, ishlanma yoki yechimlarning chizmada keltirish lozim, deb hisoblangan bo‘limlari. Texnologik jarayon yoki tizimning tarkibiy funksional chizmasi.

  2. Taklif qilinayotgan yechim yoki ishlanmaning variantlari chizmalari. Ularning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Tajriba yoki tadqiqot natijalarini tushuntiruvchi grafiklar, diagrammalar, jadvallar va formulalar keltirilishi mumkin.

  3. Ishlanmaning (qurilma, tizim, tadqiqot) to‘la prinsipial elektr chizmasi.

  4. Muhim qismlar va ularning ish diagrammalari ham plakatning bir qismida joylashtirilishi mumkin. Ishlanmaning montaj chizmasi, bosma-platalar chizmasi, detallarning joylanishi keltiriladi.




    1. Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish



2.4.1. Tushuntirish qismi

Bitiruv malakaviy ishni tushuntirish qismi, varaqlari 297210 mm formatli oq, chizilmagan qog‘ozlardan iborat, muqovalangan kitob yoki broshyura tarzidagi papka sifatida rasmiylashtiriladi.


Tushuntirish qismi quyidagi tartibda yig‘ilgan bo‘ladi.

  • bosh varaq (titul varag‘i);

  • malakaviy ishga topshiriq varaqasi;

  • annotatsiya;

  • mundarija;

  • kirish;

  • ishning topshirig‘iga mos barcha bajarilgan bo‘limlari;

  • xulosa;

  • foydalanilgan axborot manbalarining ro‘yxati;

Bosh varaqni to‘ldirishi standart shriflar bilan amalga oshirilishi kerak. BMI ning mavzusi instituti bo‘yicha chiqqan buyruqqa mos holda yozilishi shart. Bu erda malakaviy ish rahbarining, maslaxatchilarning hamda kafedra mudirlarining ismi sharifi, ularning ilmiy darajasi va unvoni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Topshiriq varaqasi talabaning qo‘l yozuvida to‘lg‘azilgan, unda rahbar va studentning imzosi qo‘yilgan hamda u kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Mundarijada tushuntirish qismining barcha bo‘limlari va paragraflarining nomlari hamda ularning varaq nomerlari keltiriladi.
Nomerlash bosh varaqdan boshlanib, adabiyotlar ro‘yxati bilan tugatiladi.
Tushuntirish qismi aniq, toza va tushunarli yozilgan bo‘lishi, so‘z va ular birikmalarining qisqartmalari davlat standartlariga mos kelishi kerak. Barcha fizik holatlar tushunarli va qisqa ifodalanishi, unga mos keluvchi hisob ishlari esa kerakli adabiyotlarga murojaati bilan bo‘lishi shart.
Formulalar dastlab xarflar bilan, so‘ngra raqamlar bilan, olingan natijalar esa o‘lchov birliklari bilan ifodalanishi kerak. Ko‘p qaytarilgan hisoblar esa bir marotaba keltirilib, qolganlarini jadval sifatida ko‘rsatlishiga ruxsat beriladi.
Tushuntirish xati oq varaqning bir tomoniga qo‘l yozma yoki kompyuterda word dasturida Times New Roman grafika 14 shirft bilan yoziladi. Bunda varaqdagi yozuv maydoni: chapdan 30-mm, o‘ngdan 10mm, yuqoridan 15mm, pastdan 20 mm qoldirilgan o‘lchamga ega bo‘lishi kerak.
Tushuntirish xatida har bir bo‘lim yangi varaqdan boshlanilishi shart. Bo‘limlar sarlavxasi katta, paragraflarda esa ularni kichik xarflar bilan yozilishi talab qilinadi. Sarlavxada so‘zni ko‘chirish hamda ularni tagiga chizishga ruxsat berilmaydi. Sarlavxa oxirida esa nuqta qo‘yilmaydi.
Bo‘limlarga rim raqamlari bilan tartibi nomerlari berilib, raqamdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Agar bo‘limda pragraf mavjud bo‘lsa, unga ham nuqtadan keyin tartib nomer qo‘yiladi. (Masalan: 2.1. –bu 2- bo‘limning 1 paragrafi ekanligini ko‘rsatadi).
Matematik, fizik va boshqa kattaliklarning harfiy belgilari davlat standartlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Asosiy formulalarga yumaloq qavs ichida nomer beriladi. Matndagi formulaning tartib nomerini yozish ham yumaloq qavs ichida beriladi. Formula ichiga kirgan simvollar va son koeffitsientlarining mazmuni kerakli ifodalardan keyin keltirilishi kerak. Masalan:
Liniyadagi aktiv quvvatning yo‘qotilishi
R=[(R2+Q2)/U2]R*10-3 (2.1)
bu erda R va Q –aktiv va rekativ quvvatlar, kVt, kVar; R –liniyaning aktiv qarshiligi, Om; U –liniya kuchlanishi, kV.
Tushuntirish xatida barcha illyustratsiyalar (eskizlar, sxemalar, grafiklar) rasm deb nomlanadi va ular arab raqamlari bilan nomerlanadi, ya’ni 1.1-rasm yoki 3.1-rasm kabi yoziladi. Birinchi raqam bo‘lim nomeriga, ikkinchisi bo‘limdagi rasmlarning nomeriga to‘g‘ri keladi. Jadvallar ham xuddi shunday nomerlanadi. Illyustratsiya va jadvallarga murojaat quyidagicha bo‘ladi ... qarang 1.5-rasm. Jadvallarning sarlavxasi uning ustiga yoziladi.
Sxemalar, grafiklar, jadvallar va xakozolarni matn ichiga mazmuniga mos holatda joylashtirilishi kerak. Ular sarishta bajarilishi hamda ulardagi elementlarning belgilanishi va nomerlanishi chizmalardagilarga mos kelishi shart.
Adabiyotlarga murojatlar ham matn ichida kvadrat qavslar ichida tartib bilan bajarilishi kerak, masalan –[7]. Varaqlarning nomerlash (varaqlash) bosh varaqdan (titul varag‘idan), boshlanishi kerak. Varaqning raqami (nomeri) esa, uning o‘ng yuqori burchagiga qo‘yilishi kerak.



Download 205 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish