ilmiy-texnikaviy adabiyotlar, me’yoriy va normativ hujjatlardan, hisob va loyihalashtirish ishlarida kompyuter vositalaridan foydalanish saviyasini o‘stirish. Malakaviy ish, korxona, uning sexi, bo‘limi, aloqa sohasi, maishiy, xizmat, transport, meditsina va boshqa sohalarga tegishli elektron qurilma, dastgoh va qismlarni loyihalash, yaratishga bag‘ishlanadi. Bunda yaratilayotgan tizimning texnik-iqtisodiy afzalliklari, ishlab chiqarishni uzluksiz va ishonchli elektron tizim bilan ta’minlash, korxonaning istiqbolli rivojlanishi, shuningdek, atrof-muhit va mehnat muhofazasi, ekologiya masalalari ham keng yoritilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning natijalari Davlat attestatsiyasining boshqa ko‘rinishlarining natijalarini hisobga olgan holda bitiruvchilarga malaka berish va ularga tayanch oliy ta’lim to‘g‘risida tegishli diplom berish masalasini hal qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari malakaviy ishining natijalari asosida yo‘nalish talabalarini tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham tayyorlanadi.
I. Bitiruv malakaviy ishni bajarish va himoyaga tayyorlash tartibi
1.1. Bitiruv malakaviy ishning mavzusi, uni bajarishga rahbarlik qilish Bitiruv malakaviy ishning mavzularini tanlash va tasdiqlash, rahbar tayinlash, talabalar ishini tashkil qilish, himoyaga ruxsat berish va himoyani «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi amalga oshiradi. Malakaviy ishlar mavzusi Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari tizimi muammolarining zamonaviy holati va ishlab chiqarishning istiqbolini aks ettirishi kerak. BMI lar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar e’lon qilinadi. Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarining mavzularini tanlash xuquqi beriladi. Talabaning o‘qishi uchun to‘lov – shartnoma mablag‘ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan BMI lar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini berishi mumkin. Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedralarning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ish rahbari BMI ning mavzusiga muvofiq talabaga ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan malakaviy amaliyotni o‘tkazish davrida ham) maxsus blankda topshiriq beriladi. Topshiriq tugallangan ish bilan Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim qilinadi. Malakaviy ish rahbarlari bitiruvchi kafedralar o‘qituvchilari hamda tayanch korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi. BMI rahbarlari: topshiriq beradi;
ishni bajarish jarayonini rejalashtiradi;
asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o‘tkazadi;
talaba bajargan ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Malakaviy ishning iqtisodiy qismi, mehnat va atrof-muhitn i muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limlariga tegishli kafedralarning o‘qituvchilari konsulptantlar (maslahatchilar) qilib tayinlanadi. Konsulptantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar va bu qismlar uchun mas’uldirlar.
Malakaviy ish kafedralarning, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, ish tayanch korxonalardagi kafedra filiallarida, ilmiy, loyihalash muassasalarida ham bajarilishi mumkin. Bunda talaba rahbar va konsulptantlar bilan uchrashib, tushunmagan savollar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar oladi.
Malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini dekanat nazorat qiladi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba ishning bajarilishi xaqida rahbar va kafedra mudiri oldida javob beradi. Kafedra ishning bajarilish holati xaqida maxsus jadval chiqarib, unda har bir rahbar – o‘qituvchi o‘ziga biriktirilgan talabalar ishni qanday bajarayotganligini har xaftada % larda belgilab boradi. Ish bajarilishining birinchi xaftasi davomida kafedra himoya oldi tekshiruvi hamda tugallangan ishning himoyasi jadvalini e’lon qiladi.
Talaba – ish muallifi, tanlangan echimlarning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, ishda ko‘chirmakashlik holatining yo‘qligiga javob beradi. SHuning uchun unga ishni tashkil etishda quyidagi umumiy ko‘rsatmalar tavsiya etiladi:
Bitiruv malakaviy ishni bajarish uchun kerak bo‘ladigan normativ hamda maxsus texnik adabiyotlarni tanlash va ular bilan tanishish;
Loyiha ustida ishlashda, rahbar tomonidan tuzilgan shaxsiy jadvaldan o‘zib ketuvchi jadval – reja tuzish va uning bajarilishini mustaqil nazorat qilish;
Malakaviy ish rahbari bilan hamkorlikda, xaftadan uch martadan kam bo‘lmagan konsulptatsiyalar o‘tkazishning aniq jadvalini tuzish (kun vasoatlarni ko‘rsatib). Xavfsizlik texnikasi va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha konsulptatsiyalar vaqtini ham, kerakli kafedralardan malakaviy ishni tayyorlashning birinchi xaftasida bitiruvchining o‘zi borib bilib kelishi zarur. Ish rahbariga bitiruvchi har bir konsulptatsiyada kalendarp – jadval bajarilishining holati xaqida hisobot beradi;
Hisoblarni bajarish davomida ishning chizma qismini ham eskiz sifatida bajarish tavsiya etiladi. Barcha chizma ishlari elektronika va elektr jixozlari sistemalari elementlarning zamonaviy belgilashlaridan foydalangan holda bajarilishi shart;
Bitiruv malakaviy ishning oxirgi xaftasi davomida bitiruvchi o‘zi tomonidan to‘plangan va yig‘ilgan materiallarni (bitiruv amaliyoti hisobotini) kafedraga topshirishi kerak;
Davlat attestatsiyasi komissiyasi xuzurida bitiruvchining malakaviy ishni himoya qilish kuni tomonidan belgilanadi. Belgilangan muddatda malakaviy ishni rahbar orqali kafedraga topshirmagan bitiruvchi joriy o‘quv yilida himoyaga qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |