Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi


HALQA TIPIDAGI TAQSIMLASH QURILMASINING SODDALASHTIRILGAN SXEMALARI



Download 0,94 Mb.
bet12/35
Sana06.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#432473
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
SP maruza 2021

HALQA TIPIDAGI TAQSIMLASH QURILMASINING SODDALASHTIRILGAN SXEMALARI


Reja:
6.1.Bittadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimlarga ega bo‘lgan shinalar sxemasi.
6.2. Halqa sxemalar
Tayanch so‘z va iboralar:
Bittadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimlarga ega bo‘lgan shinalar sxemasi, seksiya, xalqa, uchburchak, to‘rtburchak, oltiburchakli sxemalar
6.1.Bittadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimlarga ega bo‘lgan shinalar sxemasi
Yuqori kuchlanishdagi ulanishlar soni kop bo‘lsa, yakka seksiyalangan tizimli shinalar sxemasini qo‘llash mumkin. Biroq bu sxema qator muhim kamchiliklarga ega, chunonchi, liniya yoki ta’minlash manbaini uning zanjiridagi o‘chirgichini ta’mirlash uchun ketadigan butun vaqt davomida uzish lozim bO‘ladi. 35 kV kuchlanishdagi liniyalarning uzish vaqti uzoq bo‘lmaydi, chunki odatda o‘chirgichlarni ta’mirlash tez bajariladi. Shu vaqt ichida iste’molchilarni tok bilan ta’minlash uchun tarmoqdagi zahiradan foydalaniladi. 110 va undan yuqori kV li kuchlanishlarda o‘chirgichlarni, ayniqsa havo o‘chirgichlarini ta’mirlash vaqti ortadi, shu sababli zanjirlarni butun ta’mir vaqti davomida uzish mumkin emas, shuning uchun odatda, 35 kV li TQ uchun qo‘llaniladi.
Sxemalarga qo‘yiladigan muhim talablardan biri, yuqori kuchlanish tomonidagi o‘chirgichlarni reviziya hamda tekshirish uchun, ishni to‘xtatmasdan olib boriladigan sharoitlar yaratishdan iborat. Bu talablarga aylanib o‘tuvchi tizimli shinalar sxemasi javob beradi (6.1–rasm). Normal rejimda shinalarning aylanib o‘tuvchi tizimi–AO kuchlanish ta’sirida bo‘lmay, QS ajratkichlari, biriktiruvchi liniyalar bilan AO li transformatorlar uzilgan bO‘ladi. Sxemada aylanib o‘tuvchi o‘chirgich QO nazarda tutilib, ikkita ajratkichdan iborat razvilka yordamida yastagan seksiyaga ulanadi. Seksiyalar bu holatda bir–biriga parallel joylashadi. QO o‘chirgichi istagan boshqa o‘chirgichlarni almashtirishi mumkin, buning uchun quyidagi operatsiyalarni bajarish lozim:

6.1–rasm. Bitta ish va aylanma tizimli shinalar sxemasi:
a–aylanma va seksion o‘chirgichli sxema; b–liniya o‘chirgichini aylanma o‘chirgich bilan almashtirish rejimi; v–aylanma va seksion o‘chirgichlari birlashgan sxema.
AO ning shikastlanmaganligini tekshirish uchun aylanib o‘tuvchi o‘chirgich QO ni ulash; QO ni uzish; QSO ni ulash; QO ni ulash; Q1 O‘chirgichni uzish; QS1 va QS2 ajratkichlarni uzish lozim.
Ko‘rsatilgan operatsiyalar bajarilgandan so‘ng liniya shinalarning aylanib o‘tuvchi tizimi bilan birinchi seksiyadagi QO o‘chirgichi orqali ta’minlanadi (6.1b–rasm).
Kam sonli ulanishga ega bo‘lgan podstansiyalarda tejamkorlikni orttirish maqsadida, seksion o‘chirgichning funksiyasi aylanib o‘tuvchiniki bilan umumlashgan sxemani qo‘llash mumkin (6.1v–rasm).
Normal holatda O‘chirgich QV–QO seksion bO‘lib, ajratkich QSZ, QS6 ulangan, QS4, QS5 esa uzilgan bO‘ladi. Q1 ni ta’mir qilishda QV–QO, QS6 uziladi, so‘ngra QS5 va aylanib o‘tuvchi o‘chirgich vazifasini bajaruvchi QB–QO ulanadi. Bunday rejimda W1, W2 va WZ, W4 liniyalarning parallel ishlashi buzilib, bu energetik tizim uchun qisman yoki butunlay to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Sxemadagi (6.1v–rasm) transformatorlarning zanjirlarida uzgich yoki yuklama o‘chirgichlari o‘rnatilgan. Transformatorda buzilish bO‘lganda (masalan, T2 da) WZ, W4 liniyaning o‘chirgichi va seksion QV–QO uziladi. QR2 (yoki yuklama o‘chirgichi QW2) uzilgandan so‘ng o‘chirgichlar avtomatik ulanib, WZ, W4 liniyalar ishini tiklaydi. Bunday sxema ekspluatatsiyada noqulay hisoblanadi va liniyalar soni to‘rttadan oshmagan podstansiyaning 110 kV li tomonida tarmoqni ikkita mustaqil ishlovchi qismlarga ajratish mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi.
Bir tizimli shinalar sxemasining katta kamchiligi, shina ajratkichlar yoki shinalarni ta’mirlash uchun shu seksiyaga ulangan hamma zanjirlarni uzishdan iborat. Liniya yoki transformatorda qisqa tutashuv bo‘lsa, o‘chirgichning ishlamay qolishi ham, shuningdek seksiyaning uzilishiga olib keladi. Seksiya o‘chirgichi buzilsa yoki ishlamay qolsa, ikkala seksiya uziladi.
Istagan seksiyani ta’mirlaganda generatsiyalash manbai butun ta’mir davomida uzuq bo‘ladi. Bu katta quvvatli elektr stansiyalar uchun ruxsat etilmaydigan holdir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish