Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet13/35
Sana06.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#432473
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
SP maruza 2021

Ikkitadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimga ega bo‘lgan shinalar sxemasi
Ulanishlar soni ko‘p bo‘lgan 110 kV va undan yuqori kuchlanishli TQ uchun zanjiriga bitta o‘chirgich mo‘ljallangan ikkita ish va aylanib o‘tuvchi shinalar tizimi qo‘llaniladi (6.2a–rasm). Odatda, 110 va undan yuqori kVli tizilmalarda ulanishlar belgilangan holatda taqsimlanib qo‘llaniladi: W1, W2 liniyalar va I’1 manba birinchi shinalar tizimi (A1) ga ulangan, WZ, W4 va I’2 ta’minlash manbai ikkinchi shinalar tizimi (A2) ga ulangan, QS ajratkichi bilan peremichka (tutashtirgich) ulangan va aylanib o‘tuvchi o‘chirgich bir vaqtning o‘zida shinani biriktiruvchi (AOQ) hisoblanadi.
AOQ ni aylanib o‘tuvchi sifatida qo‘llash lozim bo‘lsa, ish shinalari tizimini ajratib, uni uzish kerak, so‘ngra esa ajratkich QS ni uzish lozim. Shundan so‘nggina AOQ aylanib o‘tuvchi o‘chirgich sifatida ishlatilishi mumkin.
6.2. Xalqa sxemalar.
Halqasimon sxemalar (ko‘p burchakli sxemalar) dagi o‘chirgichlar o‘zaro halqa hosil qilib ulanadi. Har bir element—liniya, transformator ikkita qo‘shni o‘chirgichlar orasida ulanadi. Uchburchak sxemasi eng oddiy halqasimon sxema hisoblanadi (6.3a–rasm). W1 liniyasi sxemaga Q1, Q2 O‘chirgichlari bilan W2 liniyasi Q2, QZ O‘chirgichlari bilan, transformator Q1, QZ o‘chirgichlari bilan ulangan. Umumiy sxemaga har bir elementning kop marta ulanishi sxemaning ixchamligi bilan ishlash ishonchligini oshiradi, bunda o‘chirgichlar soni esa ulanishlar sonidan oshmaydi. Uchburchak sxemasida uchta ulanishga uchta o‘chirgich to‘g‘ri kelganligi uchun u tejamkor sxema hisoblanadi.
Masalan, W1 liniyada qisqa tutashuv bO‘lsa va rele ximoyasi aybi bilan, yuritma yoki o‘chirgich buzilganda Q1 o‘chirgichi ishlamasa, Q2 bilan QZ o‘chirgichlari uziladi. Bunda ikkala liniya bilan transformator o‘chgan bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, liniyaning buzilishi bilan o‘chirgichni reviziya qilishning bir–biriga to‘g‘ri kelish ehtimoli o‘chirgichni ta’mirlash davomiyligiga bog‘liq. Ta’mirlash orasidagi davr bilan o‘chirgichlarning ishlash ishonchliligini ortishi shuningdek, ta’mir davomiyligining kamayishi esa sxemaning ishonchliligini ancha orttiradi.

6.3–rasm. Halqali sxemalar:
a–uchburchaklik sxemasi; 6–to‘rtburchaklik sxemasi; v–oltiburchaklik sxemasi.
Halqasimon sxemada o‘chirgichlarning ishlash ishonchliligi boshqa sxemalarga nisbatan yuqori, chunki normal ishlash davomida istagan O‘chirgichni tekshirish imkoniyati mavjud. O‘chirgichni uzib, tekshirilsa, ulangan elementlarning ishiga xalaqit bermaydi va sxemada hech qanday qayta ulash talab etilmaydi.


O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
1. Bittadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimlarga ega bo‘lgan shinalar sxemasini tushuntiring
2. Ikkitadan ish va aylanib o‘tuvchi tizimlarga ega bo‘lgan shinalar sxemasini izohlang?
3. Xalqasimon sxemalariga qo‘yiladigan talablar?
4. Uchburchakli sxemalarning avzallik tomonlarini sanang?
5. To‘rtburchakli va oltiburchakli sxemalar qaysi kuchlanishlar uchun tavsiya etiladi?


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish