Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Endokrinopatiyalar patogenezida endokrin munosabatlarning o‘rni



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Endokrinopatiyalar patogenezida endokrin munosabatlarning o‘rni.
Endokrin tizimning barcha bo‘g‘inlari o‘zaro yaqin aloqada ishlaydi. Gipofiz 
trop gormonlarining bo‘ysunuvchi bezga bevosita stimulyatsion ta’siri bezlarda 
quyidagicha namoyon bo‘ladi: tirotropin qalqonsimon bezdagi, kortikotropin 
buyrak usti bezlari po‘stloq moddasidagi, gonadotropinlar jinsiy bezlardagi 
faoliyatini kuchaytirib beradi. Bu endokrin tizimidagi vertikal tartibga solish 
aloqalari deb ataladi. Bundan tashqari ular gorizontal endokrin regulyatsiyaga ham 
ega. Ayniqsa tuxumdon estrogenlari qalqonsimon bezdagi qalqonsimon bez 
gormonlarini hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi (uzoq ta’sir) va oshqozon osti bezi V-
endokrinotsitlarida hosil bo‘lgan insulin qo‘shni A-endokrinotsitlarda glyukagon 
sekresiyasini ingibitsiya qiladi (parakrin regulyatsiyasi). Shuning uchun bitta ichki 
sekresiya bezining ishining buzilishi muqarrar ravishda gormonal o‘zgarishlar, 
zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ladi. Shu tarzda kombinatsiyalangan (korrelyatsion) 
endokrin kasalliklar paydo bo‘ladi: qandli diabetda jinsiy bezlarning 
etishmovchiligi, oshqozon osti bezi orolchalari V-endokrinotsitlarining funksional 


haddan tashqari kuchayishi, so‘ngra kamayishi, buyrak usti bezi po‘stlog‘i yoki 
mag‘iz giperfunksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Eksperimentda qalqonsimon bezni 
olib tashlash jinsiy bezlar va buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyati 
depressiyasini keltirib chiqaradi. Kastratsiyadan so‘ng buyrak usti bezi 
po‘stlog‘ining 
gipertrofiyasi 
rivojlanadi. 
Ushbu 
turdagi 
endokrinopatiya 
shuningdek, Shteyn-Levental sindromi bo‘lgan bemorlarda giperandrogenizm, 
giperinsulinemiya va insulinga chidamlilik bilan kombinatsiyani o‘z ichiga oladi, 
bu tuxumdon polikistozi kasalligi, amenoreya, semirish, bepushtlik bilan 
tavsiflanadi.
Endokrin bezning endokrin tizimdagi boshqa bir zvenoga birlamchi zarar 
etkazilishiga javoban ko‘pincha kompensatsion bo‘lib, gomeostazni saqlashga 
qaratilgan. Gormonlar fiziologik ta’siriga ko‘ra sinergistlarga va xuddi shu 
yo‘nalishdagi biokimyoviy jarayonlarga aksincha ta’sir qiluvchi antagonistlarga 
bo‘linadi. Shunday qilib, insulinning gipoglikemik ta’siri kortizol yoki adrenalin 
kiritilishi bilan neytrallanishi mumkin. Agar oshqozon osti bezi olib tashlangan 
itlarda buyrak usti bezlarini xam olib tashlansa, diabetning namoyon bo‘lishi 
kuchsiz bo‘ladi. Ba’zi gormonlar metabolizmga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatishi 
bilan ajralib turadi (masalan, giperglikemiya keltirib chiqaradigan adrenalin va 
glyukagon).
Insulin va kortizol qondagi glyukoza darajasiga turlicha ta’sir etsada, ular 
birgalikda ishlaydi maqsadi to‘qimalarga uglevodlar etkazib berishni yaxshilashga 
qaratilgan: kortizol qonda glyukoza konsentratsiyasini oshirishga yordam beradi, 
insulin uni xujayraga o‘tishini osonlashtiradi. Glyukokortikoidlar va somatotropin 
(o‘sish gormoni) oqsil metabolizmining antagonistlari sifatida o‘zaro ta’sir qiladi: 
birinchisi oqsillarning parchalanishiga yordam beradi, ikkinchisi esa anabolik 
xususiyatlarga ega. Shunga qaramasdan energiya almashinuviga ta’siri jihatidan 
ularni sinergistlar deb atash mumkin, chunki glyukokortikoidlar giperglikemiyani 
keltirib chiqaradi va somatotropin lipolitik ta’sirga ega, ya’ni ushbu gormonlarning 
umumiy ta’sirida uglevodlar va yog‘larning oksidlanishi ortadi. 
Gormonlarning antagonist va sinergistlar nisbati ba’zi endokrin 
kasalliklarning patogenezida asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday qilib, insulin 
antagonistlari: glyukagon, o‘sish gormoni yoki glyukokortikoidlarning ko‘payishi 
natijasida buzilgan glyukozaga tolerantlik va giperglikemiya rivojlanishi mumkin. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish