36
a) b)
1.33-rasm.Mis rudalari
xaydadigan furma teshiklaridan oqib ketmasligi kerak. Keyin esa uning ogzidan
avvalo suyuq shteyn, uning yuzasiga esa flyus (qumtuprok)
solinadi, sungra 0,8-
1,2 at bosimdagi havo trubadan furma orqali xaydalib konvertor ish xolatiga
keltiriladi. Shu vaqtdan ish jarayoni boshlanadi. Shteynning zichligi misnikidan
kichik bulganligi uchun ish davomida bir necha bor tuldirilib turish bilan konvertor
sigimidan tо‘la foydalaniladi.
Konvertorda о‘tadigan jarayonni 2 ta bosqichga bо‘lish mumkin.
1) Bu bosqichda temir (II)-sulfid oksidlanadi va hosil bulgan temir (II)-oksid
qumtuprok bilan birikib shlak hosil qiladi.
29
2FeS+3O
2
=2FeO+2SO
2
↑
+Q
2) Bu
davrda konvertorda qolgan Cu
2
S havo kislorodi bilan reaksiyaga
kirishishi uchun qulay sharoit tugiladi.
2Cu
2
S+3O
2
=2Cu
2
O+2SO
2
↑
+Q kkal (kj)
Hosil bо‘lgan Cu
2
O qolgan Cu
2
S bilan reaksiyaga kirishib misni qaytaradi.
Cu
2
S+2Cu
2
O =6Cu+2SO
2
↑
-Q kkal (kj)
a) b) c)
1.34-rasm. Misdan tayyorlangan maxsulotlar
29
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 24-bet.
37
Bu jarayon 15-20 soat davom etadi va maxsulot konvertorning og‘zidan
chiqariladi. Homaki misning 98,5-99,5 foizi mis, qolgani qо‘shimcha metallar (Fe,
Ni, Pb, va boshqalardan iborat bо‘ladi) (1.34-rasm).
Xomaki misdan quyma
plitalar olinadi. Undan texnika maqsadlari uchun foydalanib bо‘lmaydi, chunki
uning tarkibida 0,05-1,5% gacha qо‘shimchalar bо‘lganligi uchun bunday misning
mexanikaviy va fizikaviy hossalari yomon bо‘ladi. Bunday mislarni texnikada
ishlatish uchun, qо‘yidagi 2 usulda tozalanadi. a) termik usul: b)
elektrolez yuli
bilan.
a)
Homaki misni termik usulda tozalash
:
Homaki mis tarkibida juda oz miqdorda nodir metallar – oltin, kumush bо‘lsa,
olinadigan metaldagi bekorchi qо‘shimchalar miqdoriga u qadar katta talab
qо‘yilmasa, bu usuldan foydalaniladi. Bu protsess katta sig‘imli (250T gacha)
mazut yoki kukun yokilgi yokiladigan alangali pechlarda olib boriladi.Pechga
solingan xomaki mis tо‘la suyuklangach, 20-30 mm diametrli temir trubalari orkali
metalga 1-2 at bosimda havo haydaladi. Havo kislorodi qо‘shimchalarni va kisman
misni ham oksidlaydi.
30
Hosil bо‘lgan oksidlarning bir qismi (Sb
2
O
3
, PbO, ZnO, SO
2
)
pech gazlari
bilan atmosferaga chiqib ketsa, boshqalari (Fe
2
O
3
, Al
2
O
3
, SiO
2
) shlakka о‘tadi.
Oltin va kumush esa metallda suyuqlangan bо‘ladi. Hosil bо‘lgan mis oksidlari
suyuq metallda va shlakda eriydi. Shuning uchun ham
misni qaytarishdan avval
metall yuzasidagi shlak sо‘rib olinib, qayta ishlash uchun konvertorga uzatiladi.
Metall oksidlanmasligi uchun uning yuzasiga pista kо‘mir kukuni sepiladi. Sо‘ngra
misni qaytarish va undagi erigan gazlardan kutilish uchun metall diametri 250-350
mm, uzunligi 7-10 m keladigan hо‘l tayoqlar bilan aralashtirilib turiladi. Bu
operatsiya misning tо‘laroq kaytarilishiga imkon beradi. Bu protsessni qо‘yidagi
tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
Cu
2
O+C→2Cu+CO; Cu
2
O+CO→2Cu+CO
2
; Cu
2
O+H
2
→2Cu+H
2
O
Misni qaytarish plastik mis olinguncha davom ettiriladi, sо‘ngra undan
qо‘ymalar olinadi yoki elektrolez usulida yanada tozalash uchun zarur bо‘lgan
30
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 15-bet.
38
anod plitalar olinadi. Bu usulda olingan misda qо‘shimchalar miqdori 0,3-0,5%
dan ortmaydi.
b)
homaki misni elektrolez yо‘li bilan tozalash
.
Homaki misni elektrolez yо‘li bilan tozalash
usulidan yukori sifatli mis
olishda va undan nodir metallarni (oltin, kumush va boshqalar) ajratib olishda
foydalaniladi. Bu protsess maxsus elektrolit qо‘yilgan qо‘rg‘oshin list yoki
plastmassa bilan futerovkalangan (yogoch yoki beton) vannalarda olib boriladi.
Mis kuporosining suvdagi 12-15% li eritmasi (CuSO
4
·5H
2
O) ga10-15%
li sulfat
kislota (H
2
SO
4
) aralashmasi qо‘shib elektrolit tayyorlanadi. Elektrolitli vannaga bir
necha anodiy va katodiy plastinkalar ketma-ket tushiriladi. Anod sifatida о‘lchamli
1x1 m, qalinligi 40-50 mm li homaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa 0,5-0,7
mm qalinlikdagi elektrolitik misdan foydalaniladi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: