Elektrotexnika materiallari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana18.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#456790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
5c98acff2a7be

Titan ishlab chiqarish.
Titan hozirgi kunda sanoatning turli sohalarida
samolyotsozlikda, mashinasozlikda, metallurgiyada, raketasozlikda, kemasozlikda 
foydalanilmoqda. Chunki u aktiv muxitda xam korroziyaga chidamli materialdir. 
Titan tabiatda birikmalar va menerallar tarkibida uchraydi. Titan ishlab 
chikarishda foydalaniladigan menerallarga rutil, ilmenit, titanit, perovskatlar kiradi. 
Titan rо‘dalardan titan konsentratini olish uchun rо‘da avvalo boyitiladi, keyin bu 
konsentrat devori grafitdan yasalgan yoy pechlarida suyuqlantiriladi.Bu jarayonda 
konsentratdagi temir oksidlari qaytarilib, pech tubiga yigiladi, TiO
2
esa shlakka 
о‘tadi. Sovitilgan shlak kukun qilinadi va uglerodli boglovchi moddalar qо‘shib 
koriladida, keyin zichlanadi. Qizdirish (pishirish) yо‘li bilan ulardan briketlar 
olinadi. Titanni bu briket tarzidagi birikmadan ajratish jarayonini umumiy holda 
tubandagi ikki bosqichga bо‘lish mumkin: 1-bosqich: Titan briketlarini xlor bilan 
ishlab titan titroxlorid (TiCl
4
) olish; 2-bosqich: Titan titroxloriddan titanni ajratib 
olish; 
Briketlarni xlorlash uchun germetik pechlarda ularga argon muxitida xlor 
bilan ishlov beriladi. Pech silindr shaklida, devorning tashqi qismi temir listdan 
bо‘lib, uning ichiga dinas gishti terilgan. Pech pastki qismiga joylashtirilgan 
31
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 18-bet. 


39 
grafitdan yasalgan qarshilik elementlari vositasida qizdirila di.Rutil briketlari 
pechga maxsus yuklash bunkeri orkali vaqti-vaqti bilan kiritib turiladi. Elektrodlar 
orqali tok berilganda qarshilik elementlari vositasida pech tempraturasi 800-850
o

ga kо‘tariladi va tubandagi reaksiyalar borishi natijasida titan titroxlorid bug‘ 
tarzida ajraladi.
32
TiO
2
+2Cl
2
+C=TiCl
4
+CO
2
: TiO
2
+4Cl
2
+2C=TiCl
4
+2CO+2Cl
2
:
TiO
2
+2Cl
2
+2C=TiCl
4
+2CO: 
Bu protsessda titan bilan birga boshqa elementlar va oksidlar ham xlorlanadi 
va qaynash temperaturasi past bо‘lganlari esa gaz holatiga о‘tadi. Bug‘holatida 
ajraluvchi maxsulotlar, avval chang tutkichda changdan tozalanadi, sо‘ngra xlorid 
buglari kondensatorga о‘tib, sovib suyuqlanadi. Suyuqlangan holdagi TiCl 
tindirish va filtrlash yо‘li bilan qо‘shimchalardan tozalanadi. Toza titroxlorid - 
TiCl

dan titan maxsus pechlarda magniy, vodorod yoki natriy yordamida 
qaytariladi.Amalda, TiCl
4
dan titanni Mg bilan qaytarish usuli kо‘proq tarqalgan. 
Bu usul bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Pech stakaniga juda toza magniy 
bо‘lakchalaridan ma’lum miqdorda solinib, sо‘ngra reaktor kopkogi zich 
biriktiriladida, undagi havo sо‘rib olinib, о‘rniga argon, keyin maxsus turi orqali 
suyuq titroxlorid kiritiladi. Natijada titan qaytariladi. 
TiCl
4
+2Mg→Ti+MgCl
4
+Q kkal (kj) 
Yuqorida reaksiya vaqtida issiqlik ajralib chiqqani bilan u hali sovuq bо‘ladi, 
shu sababli reaksiya sust boradi. Shuning uchuni reaktorga magniy 950-1000
o

gacha qizdirib kiritiladi. Bunda bu reaksiyalar tezlashib, ajraluvchi issikliq miqdori 
reaksiyaning normal borishi uchun yetarli bо‘ladi. Reaktor stanokiga yuborib 
turiladigan TiCl
4
ning tezligi undagi temperaturaga qarab reaksiya tezligiga 
moslanadi, lekin reaktor stanokida temperaturaning haddan tashqari kо‘tarilib 
ketishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak, aks holda pech devorning tateriali qaytarilgan Ti 
bilan birikadi. Yuqoridagi protsessda qaytarilgan titan stakanga yig‘iladi.
33
32
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 37-bet 
33
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 21-bet. 


40 
Bu titan maxsus pechlarda 900-950
o
C temperaturada vakuumda tozalanadi. 
Titanni vakuumli pechda tozalash uchun konteyner titan bilan tо‘ldiriladi-da, 
pechning kopkogi berkitiladi, sо‘ngra tо‘nkarilib о‘z joyiga kо‘yiladi. Bunday 
ishlov berishda magniy xlorid va magniy metalli suyuqlanib bug‘lanib ketadi. 
Natijada toza titan qoladi. Juda toza texnikaviy titan tarkibida kо‘pi bilan 0,1% 
gacha kо‘shimchalar (Fe, Mn, Al, Si, Ni) bо‘ladi. Texnikaviy titan tozali darajasiga 
kо‘ra tubandagigacha markalanadi. TGOO, TGO, TGI, TG
d
. Titan tarkibida 
qushimchalar ortgan sari uning kattikligi ortib plastlikligi pasayadi. Masalan: 
TGOO markali titanning chо‘zilishidagi mustaxkamligi bv=38 kG/mm
2
(380 
Mt/m
2
) , nisbiy uzayishi b=36% , kattikligi NV=115 kG/mm
2
bо‘lsa, TG2 markali 
titanning bv=60 kG/mm
2
(600Mt/m
2
) , b=20% , NV=185 kG/mm
2


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish