6. Hisobotmazmuni:
1. Rеlszanjirisxеmasinituzish (tasvirlash).
2. Oʻqituvchitomonidanbеlgilanganyoʻnalishboʻyichadoimiytokdagiimpuls-simliavtoblokirovkasxеmasinituzish.
7-rasm. IPAB modеlining tashqi koʻrinishi Nazorat savollari: 1. Avtomatik blokirovkada svеtoforlar bilan chеgaralangan blok-uchastkalarga poyеzdning kirishi oldidan ushbu svеtoforlarning qanday koʻrsatkichlari avtomatik ravishda yoqiladi?
2. Impuls-simli avtoblokirovkada rеls zanjirini qurish tamoyili.
3. Qanday rеlеlar IPAB sxеmasiga kiradi?
5 – Laboratoriya ishi Impuls o‘tkazgichli avtoblokirovkaning releli deshifratori tadqiqoti 1. Ishning maqsadi: 1. Impuls o‘tkazgichli avtoblokirovkaning releli deshifratori sxemasini o‘rganish.
2. ПИ1, И, И1, ПИ, П relelari.
2. Umumiy qoidalar Releli deshifrator to‘rtta relega ega: impulsli relening И takrorlovchisi - И1; asosiy yo‘l relesi va uning takrorlovchisi - ПИvaПИ1. Bu relelarning kontaktlari avtoblokirovka zanjiriga qo‘shilgan. Rels zanjiri band bo‘lganda barcha relelar toksiz. Poyezd rels zanjirini birinchi impulsdan ozod qilgan zaxoti impulsli yo‘l relesi ishga tushadi. Rele И old kontakti va rele ПИ1 ort kontakti orqali takrorlovchilar И1 va ПИ zanjiri yoqiladi. Rele И va ПИ ning keyingi impulsli ishidan o‘z-o‘zidan blokirovkalanadi va VD2 diodi bilan hosil qilinadigan otpuskning sekinlashishi evaziga yakerni tortgan xolatda ushlab turadi. Rele P ort kontakti va rele ПИ va П1 old kontakti orqali ikkinchi impulsdan rele ПИ1 tiklanadi. Rele ПИ1 o‘z-o‘zidan blokirovkalanadi va И1 ning keyingi ishidan VD3 diodi bilan hosil qilinadigan otpuskning sekinlashishi evaziga yakerni tortgan xolatda ushlab turadi. И va И1 relelaridan ort kontakt va ПИ va ПИ1 relelaridan old kontakt oraqali zanjir bo‘yicha o‘tuvchi impulslar orasidagi ikkinchi oraliqda rele П tiklanadi. So‘ngra uning takrorlovchisi П1 ishga tushadi. Rele П va И1 larning normal impulsli ishidan rele ПI va ПИ1 har bir impulsdan, rele П esa har bir intervaldan to‘yinadi va deshifratorning barcha relelari tok ostida. Rels zanjirining band bo‘lishi zaxoti impulslarning kelishi to‘xtaydi va rele И va И1 ishlashdan to‘xtaydi. Sekin to‘yina olmaganligi uchun rele ПИ va ПИ1 yakorni tushuradi. Old kontakt bilan ular П va П1 relelarini o‘chiradi, svetoforda yashil chiroq qizilga almashadi. Rele И va rele И1, ПИ va ПИ1 kontaktlarini ko‘prikli tutashuvida relelar И va И1 old kontakt orqali uzluksiz ta’minot olib yakorlarni tortgan xolatda ushlab turadi, rele И1 orqa kontakt bilan rele П va П1 ni o‘chiradi, yakorni qo‘yib yuborib svetaforda qizil chiroqni yoqadi.Rele И1 kontaktlarining ko‘prikli tutashishida rele ПИ1 uzluksiz ta’minotni oladi va rels zanjirining xolatidan qat’iy nazar tiklangan xolatda qoladi. Tarkib rels zanjiridan chiqishi bilan rele И ning impulsli ishi to‘xtaydi, rele ПИ, П va П1 ta’minlanadi, va svetoforda qizil chiroq yonadi.