Kattalikning birligi deb -ta’rif bо‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun kо‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari о‘zaro о‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bо‘lib, quyidagi har xil о‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir.
Kattalikning birligi ham, kattalikning о‘ziga о‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bо‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi debbirliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga tо‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlikdeb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |