7.3. О‘lchash asboblarining tabaqalanishi. Analogli о‘lchash asboblari.
Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan о‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, о‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiya tartib raqamlari berilgan bо‘ladi:
7.1-jadval
-
Guruh
|
Guruh nomi
|
Kichik guruh
|
Kichik guruh nomi
|
V
|
Kuchlanishni о‘lchash asboblari
|
V1
V2
V3
V4
V7
|
V-metrlarni qiyoslash qurilmalari
О‘zgarmas tok voltmetrlari
О‘zgaruvchan tok voltmetrlari
Impulsli voltmetrlar
Universal voltmetrlar
|
E
|
Zanjir va uning elementlarinin g parametrlarini о‘lchash asboblari
|
E1
E2
E3
E7
E7
CH1
|
Qiyoslash qurilmasi
Aktiv qarshilik о‘lchovlari
Induktivlik о‘lchovlari Induktivlik asboblari Sig‘imni о‘lchash asboblari
Qiyoslash qurilmasi
|
CH
|
Chastotani о‘lchash asboblari
|
|
CH2
CH3
CH5
|
Rezonans chastotomerlar
Elektron hisoblash chastotomerlari
Kvarsli chastotomerlar
|
S
|
Signal spektrni о‘lchash asboblari
|
va
|
S1
S2
S4
|
Elektron nurli ossillograflar
Modulyatsiya chuqurligi asboblari
Spektr analizatorlari
|
7.4. Elektromexanik turidagi analogli asboblar tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
О‘lchash asbobi deb, о‘lchash uchun qо‘llaniladigan va meyorlangan metrologik xossalarga ega bо‘lgan texnik vositaga aytiladi. Analogli о‘lchash asboblari yoki bevosita kо‘rsatuvchi asboblar elektr о‘lchashlar va umuman о‘lchash texnikasida keng о‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda kо‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda о‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liqlikda bо‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi 7.1-rasmda kо‘rsatilgan.
Х
7.1 rasm. Analogli о‘lchash asbobining struktura sxemasi
Bevosita kо‘rsatuvchi elektr о‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni о‘lchash zanjiri va о‘lchash mexanizmidan iborat deb qarash mumkin.
О‘lchash zanjiri о‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish, quvvat, chastota va xokazoni) unga proporsional bо‘lgan va о‘lchash mexanizmiga ta’sir qiluvchi kattalikka о‘zgartirib beradi.
О‘lchash mexanizmi unga beriladigan elektr energiyasini qо‘zg‘aluvchan qicm va u bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘rsatkich harakatining mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Elektromexanik о‘lchash mexanizmlari magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, induksion va elektrostatik mexanizmlardan iborat bо‘ladi.
О‘lchash asboblari qaysi tizimga taaluqli mexanizmdan iborat bо‘lishidan qat’iy nazar, asbob qо‘zg‘aluvchan qismining xarakatlanishi elektromagnit maydon energiyasining о‘zgarishiga bog‘liq.
О‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bо‘lib, asbob kо‘rsatkichini kо‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib, u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
M=dWe /d, (7.1)
bu yerda We - elektromagnit maydon energiyasi, - asbob qо‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi.
Yuqoridagi ifodani (7.1) boshqacha kо‘rinishda yozish mumkin:
M=F(X1),
ya’ni aylantiruvchi momentni о‘lchanadigan kattalik va asbob qо‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi funksiyasi deb qarash mumkin. О‘lchash asbobining qо‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bо‘lmaganda edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bо‘lar edi. Aks ta’sir etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama-qarshi yо‘nalgan bо‘lib, qо‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment M aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=M) qо‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment tasiridan buriladi. Kо‘p elektr о‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta’sir etuvchi moment qо‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga tо‘g‘ri proporsional bо‘ladi, ya’ni M=-W, bu yerda W tortqi yoki prujinaning materiali va uning о‘lchamlariga bog‘liq bо‘lgan о‘zgarmas kattalik, bu burchagining birligiga (1° yoki 1 radianga) mos keluvchi moment bо‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi.
Asbob qо‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holati aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlarning tengligidan topiladi M=M va u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
= 1 F( X ,) (7.2)
W
bu holatni 7.2-rasmda kо‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |