Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб таълими» кафедрасида 5522000 – Радиотехника ва 5140900 – Касб таълими ихтисосида таълим олувчи талабалар учун «аналог электрон šурилмалар схемотехникаси»



Download 2,16 Mb.
bet2/191
Sana11.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#352313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
metralogiya

MA’RUZALAR MATNI


-Ma’ruza. “Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi. «Metrologiya tо‘g‘risida» gi О‘zbekiston Respublikasi qonuni.

Reja.

  1. Fanni о‘rganishning asosiy maqsad va vazifalari.

  2. «Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish» fanining rivojlanish tarixi.

  3. «Metrologiya tо‘g‘risida» gi О‘zbekiston Respublikasi qonuni.



Tayanch sо‘zlar: metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, о‘lchash, antropometrik о‘lchash birliklari.

1.1 “Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifalari

Inson aql-idroki, zakovati bilan о‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yо‘nalishini olmaylik, albatta о‘lchashlarga, ularning turli usullariga, о‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu о‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona о‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yо‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bо‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qо‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo о‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz о‘rganilgan, izlangan hamda kо‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bо‘lgan birorta yо‘nalish yо‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatsiyalash asoslarini bilish, uni о‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qо‘llashtexnikavatexnologiyasoxalaridagibakalavriatyо‘nalishlari bitir uvchilarimuhim omillardan biri bо‘lib hisoblanadi.

"Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" fani texnika, menejment va marketing sohalari yо‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda о‘tilishi lozim bо‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bо‘yicha zarur va yetarli bо‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.

Metrologiya fan sifatida о‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bо‘lgan qator masalalarni о‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bо‘lib, о‘lchash, о‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi Umumiy tushunchasini oladigan bо‘lsak, metrologiya-о‘lchashlar haqidagi fan.

Inson aql-idroki, zakovati bilan о‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yо‘nalishini olmaylik, albatta о‘lchashlarga, ularning turli usullariga, о‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu о‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona о‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yо‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bо‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qо‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo о‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz о‘rganilgan, izlangan hamda kо‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bо‘lgan birorta yо‘nalish yо‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash asoslarini bilish, uni о‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qо‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yо‘nalishlari bitiruvchilari muhim omillardan biri bо‘lib hisoblanadi.

"Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" fani texnika, menejment va marketing sohalari yо‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda о‘tilishi lozim bо‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bо‘yicha zarur va yetarli bо‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.

"Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" fanini о‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xо‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bо‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bо‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" bо‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni о‘lchash va sertifikatlashtirish bо‘yicha fundamental ma’lumotlar о‘rganiladi.

Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bо‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baxolash kriteriyasi (kо‘satkichi) bо‘lishi kerak. Agarda xar bir inson о‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baxolash kriteriyasiga munosib ravishda ish kо‘rsa xayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bо‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga kо‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan. Bu sxemani chuqur о‘rganib va taxlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin.




Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish