Rezistorlarning nochiziq xossalari. Rezistorning qarshiligi, shuningdek, uning ish rejimiga ko`ra (qo`yilgan kuchlanishi, o`taѐtgan tok, o`zgaruvchan maydonning qandayligi – uzluksiz ѐki impul’s tarzidaligi) o`zgarishi mumkin. Bu hollarda qarshilikning o`zgarishi kuchlanish ѐki tok birligining foizlari hisobida ѐki kuchlanish ѐki tokka o`tishda faqat foizlar hisobida ѐki uzluksiz ishlash tartibidan impul’s tarzida ishlashga o`tishda foizlar hisobida ifodalanadi va tegishlicha kuchlanish, yuklama koeffitsientlari ѐki impul’s yuklama koeffitsienti orqali ifodalanadi.
Umumiy maqsadlarda qo`llaniladigan rezistorlar
Umumiy maqsadlarda qo`llaniladigan rezistorlar o`rtacha aniqlikdagi (5 ÷ 20%) apparatlar elementlari sifatida ishlatiladi va qarshiligining nominal qiymatlari 1 Om ÷ 10 MOm bo`lib, yuzlab vol’t oralig’idagi ish kuchlanishiga, 0,125 ÷ 2 Vt va undan yuqori nominal sochilish quvvatlari diapazoniga, o`nlab magagertsgacha bo`lgan chastota diapazoniga, 103·1/0C tartibidagi o`rtacha QTK qiymatiga ega. Ularning qarshiligi ishlash (saqlash) muddati oxirida ko`pi bilan ±10% ga o`zgaradi.
SHu guruhdagi rezistorlar keng miqѐsda ishlatiladigan REAlarda, aniqligiga, barqarorligiga va yuqori chastotaligiga katta talablar qo`yilmaydigan, maxsus ishga mo`ljallangan apparatlarning elektr zanjirlarida ishlatiladi.
O`zgarmas rezistorlar. Sanoatda ishlab chiqariladigan juda ko`p turdagi rezistorlarning ko`pchiligi umumiy ishlarga mo`ljallangan o`zgarmas rezistorlardir. Ularning konstruktsiyalarida tok o`tkazuvchi elementlarning deyarli barcha turlari ishlatiladi. Mikroelektron apparaturalarda ishlatiladigan rezistorlar kichik massa va o`lchamga ega bo`lishi lozimligidan katta nominal sochilish quvvatiga ega bo`lgan rezistorlar asta – sekin kamaymoqda va aksincha, millivatt quvvatlardagi rezistorlar paydo bo`lmoqda. SHuni nazarda tutib umumiy ishlarga mo`ljallangan, nominal quvvati 2 Vt dan katta bo`lmagan o`zgarmas rezistorlarni ko`rib chiqamiz. SHunday rezistorlardan ba`zilari 1.2–rasmda ko`rsatilgan.
Uglerodli rezistorlar radiotexnika va elektron apparatlarning o`zgarmas, o`zgaruvchan va impul’s zanjirlari uchun mo`ljallangan bo`lib, keramik tsilindrsimon sterjenlarga gektanni termik bug’lantirish yo`li bilan tayѐrlanadi va sirtqi rezistorlar turiga kiradi. Ularning sirtiga yashil rangli suv yuqtirmaydigan emal surkaladi va oddiy hamda tropik iqlimga moslashtirilgan holda ishlab chiqariladi. Ularning ko`pchiligi 100 0C maksimal ishchi temperaturaga va yuklama koeffitsienti, masalan, birga teng bo`lganda, 40 0C ishchi temperaturaga ega bo`ladi; tropik iqlimga mo`ljallanganlari uchun bu temperaturalar, mos ravishda, 125 va 70 0C ga teng bo`ladi.
1.2–rasm. Umumiy maqsadlarda qo`llaniladigan o`zgarmas rezistorlar.
Ushbu guruh rezistorlari chastotasi ancha yuqori, chunki ularda tok o`tkazuvchi qatlamning yupqaligi (mikrometrning yuzdan bir bo`laklari) dan rez’ba o`ramlarida kichik parazit sig’im yuzaga keladi. Bundan tashqari ular kichik o`lchamli va barqarordirlar (ularda QTK o`rtacha va doimo manfiy). Metall pardali rezistorlar oddiy va tropik iqlimga mos holda ishlab chiqarilgan bo`lib, issiqlikka va namlikka chidamli apparaturalarning o`zgarmas, o`zgaruvchan va impul’s toklari zanjirlari uchun mo`ljallangan, yuqori mustahkamlikka ega va keng ko`lamda hamda maxsus maqsadlarda ishlatiluvchi REAlarda keng qo`llaniladi. Bu rezistorlar, narxlari nisbatan yuqori bo`lmagan holda, uglerodli va kompozitsion rezistorlarga qaraganda yaxshi elektr parametrlarga ega. SHu sababli ham ular keng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |