Elektron asboblar va mikroelektronika


Nominal sochiluvchi quvvat (



Download 10,04 Mb.
bet14/70
Sana27.05.2022
Hajmi10,04 Mb.
#610984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Elektron asboblar va mikroelektronika

Nominal sochiluvchi quvvat (PNOM). Bu kattalik rezistorning o`z parametrlarini belgilangan chegaralarda saqlangan holda muayyan ishlatish sharoitida uzluksiz elektr yuklamada uzoq vaqt sochib turishi mumkin bo`lgan maksimal quvvatni bildiradi.
PNOM (Vt) qiymatlari 0,01; 0,025; 0,05; 0,125; 0,25; 0,5; 1; 2; 5; 8; 10; 16; 25; 50; 75; 100; 160; 250; 500 qatoridan tanlanadi. Odatda, nominal sochilish quvvati qancha katta bo`lsa, rezistorlar o`lchami ham shuncha katta bo`ladi.
CHegaraviy ish kuchlanishi (UCHEG). Rezistorning chiqish simlariga qo`yilgan elektr parametrlarini buzmaydigan maksimal yo`l qo`yilgan kuchlanish chegaraviy ish kuchlanishi deyiladi. Bu kattalik, odatda, normal ish sharoiti uchun berilgan bo`lib, rezistor uzunligi, spiralsimon kesim qadami, atrof – muhit temperaturasi va bosimiga bog’liq. Temperatura qanchalik yuqori va atmosfera bosimi qanchalik past bo`lsa, rezistorning issiqdan ѐki elektrdan buzilish va ishdan chiqish ehtimoli shuncha kata bo`ladi.
Qarshilikning temperatura koeffitsienti (QTK). Bu parametr rezistor qarshiligining atrof – muhit temperaturasi 10C ga o`zgargandagi nisbiy o`zgarishini ko`rsatadi va 1/0C larda ifodalanadi:
QTK= ΔR /(R o t)
bu erda: ΔR – rezistor qarshiligi (Om) ning (0S) temperatura diapazonida absolyut o`zgarishi; R0 – rezistorning normal temperaturadagi qarshiligi (Om); t – rezistorning chegaraviy ishlatish temperaturasi (0C).
SHovqinlar. Rezistorlarga o`zgarmas ѐki o`zgaruvchan kuchlanish berilganda ularda shovqin paydo bo`ladi. Bu shovqin rezistor kuchlanishining o`zgarmas holatiga qo`shiluvchi o`zgaruvchan tashkil etuvchidan iborat. Natijada signalning o`tishiga halaqit beradi. Radio qabul qilgichlarning kirish zanjirlarida ishlatiladigan rezistorlar shovqinlari, ayniqsa, zararlidir. CHunki ular qabul qilinaѐtgan foydali signal bilan birgalikda kuchaytiriladi.
Rezistorlarning xususiy shovqini ikki xil: issiqlik va tok shovqini bo`ladi. Issiqlik shovqinlari elektronlarning, tok o`tkazuvchi qatlamda tartibsiz harakati (―Broun harakati‖) ta`sirida paydo bo`ladi. Bu hol rezistorlar qarshiligining tasodifiy mikroo`zgarishlariga olib keladi, natijada, rezistorda kuchlanishning o`zgaruvchan pul’satsiyasi paydo bo`ladi.
Temperatura ko`tarilishi bilan issiqlik shovqinlari ortadi. Issiqlik shovqinlari barcha turdagi rezistorlarga xos bo`lsada, tok shovqinlariga nisbatan kamroq ta`sirga ega. SHuning uchun ular tok shovqinlari bo`lmagan simli rezistorlarda muhim rol’ o`ynaydi. Issiqlik shovqinlarining elektr harakatlantiruvchi kuchi (mkV) fuyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


E i sh =√(4kTRΔf)

bu erda k – Bol’tsman doimiysi, 1,38·10-23 J/grad. ga teng; T – temperatura (0K); R – qarshilik (Om); Δf – qo`llanaѐtgan rezistorning chastotalar polosasi.


Tok shovqinlari uglerodli, metall qoplangan va kompozitsion rezistorlarda paydo bo`ladi. Tok shovqinlari darajasi (mkV/V) tasodifiy tashkil etuvchi Ei.sh. qiymatining rezistorga qo`yilgan o`zgarmas U kuchlanishga nisbati bilan belgilanadi: D E U i sh / . .
Kompozitsion rezistorlar eng shovqinli xisoblanadi, shu sababli ular qabul qilish qurilmalarining kirish zanjirlarida kam ishlatiladi.

Download 10,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish