Fizik kimyoviy analiz usullari
Fizik kimyoviy analiz - modda yoki sistemaning fizik xossalari bilan uning tarkibi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganadigan kimyoviy termodinamika usuli. Fizik kimyoviy analizda sistemaning turli fizik xossalari, koʻpincha fazaviy oʻtish trasi va boshqa issiklik xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiqdik sigʻimi, issiqlikdan kengayishi), elektr (elektr oʻtkazuvchanligi, dielektrik singdiruvchanligi), optik (sindirish koʻrsatkichi), zichlik, qovushqoqlik, qattiqlik kabi xossalari oʻrganiladi. Tekshirilayotgan obʼyektning rentgen strukturaviy analizi, mikroskopik metallografiya va boshqa usullari bilan aniqpanadigan tavsiflaridan ham foydalaniladi.
Fizik kimyoviy analizning asosiy usuli — xossa (tarkib) oʻzgarishi bilan holat oʻzgarishi (tarkib — tra, tarkib — bosim va h.k.)ning geometrik analiziga asoslangan. Chunki fazalar muvozanatlarini analitik aniqlash usuli qiyin boʻlib, fazalar sohasini taqriban aniqlay oladi. Diagrammalarni geometrik analiz qilish usuli faza strukturasi va tarkibining oʻzgarishini toʻgʻri aniklashga imkon beradigan yagona usul hisoblanadi. Bu Fizik kimyoviy analizning baʼzi koʻp fazali, koʻp komponentoy sistemalar — qotishmalar, minerallar, eritmalar, karbidlar, oksidlar, yarim oʻtkazgich va oʻta oʻtkazgich materiallar, organik birikmalardan iborat sistemalar va boshqalarni tadqiq qiluvchi muhim usulga aylanishiga keng yoʻl ochadi.
Fizik kimyoviy analiza. kimyo va kimyotexnologiyaning barcha sohalarida, shuningdek, metallurgiya, geol.mineralogiya tadqiqotlarida va boshqalarda qoʻllanadi.
Fizik kimyoviy anliz usullariga quyidagilar kiradi:
-Spektral va boshqa o’ptik analiz modda bilan elektromagnit nurlaming ta’siri natijasida turli o‘zgarishlami o‘lchashga asoslangan (emission spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi, spektrofotometrik analiz va boshqalar).
-Ajratish va konsentrlash analiz moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va hokazo).
-Elektrokimyoviy anliz elektrokimyoviy hodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o ‘zgaradigan elektrokimyoviy ko'rsatkichlarni o ‘lchashga asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).
Optik usullarda sistemaning tarkibi va optik xususiyatlari orasidagi bog’lanishdan foydalaniladi (yorug’lik yutilishi, yorug’lik sochilishi, yorug’likning sinishi, sindirish ko’rsatkichi va boshqalar).
Xromatografik metodlar ko’p komponentli sistemalarda shu komponentlarni bir - biridan ajratish va analiz qilishga asoslangan.
Xromatografiyaning ham turlari ko’p, ularga quyidagilar kiradi:
Ion almashish xromatografiyasi.
Gaz - suyuqlik xromotagrafiyasi.
Suyuqlik xromatografiyasi.
Yupka qatlamli xromatografiya.
Qog’ozdagi xromatografiya.
Bularning qishloq xo’jaligiga nima aloqasi bor. - degan savol tug’ilishi mumkin. Aloqasi shundan iboratki qishloq xo’jalik maxsulotlari va chorva maxsulotlarining hosili to’g’ridan-to’g’ri erning tarkibi, undagi makro, mikroelementlarni aniqlash, erga solingan o’g’itlar, zaharli moddalar va boshqalarga bog’liq. Ulardan tashqari qishloq xo’jaligi va chorva maxsulotlarining sifatini aniqlash va bilish muxim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |