238
sifatlarni yaxshilovchi usullar bor. Bu usullar qabul qiluvchining oxirida
generatorning qo‘zg‘atuvchi parametrlarini yaxshilashga tegishli.
Shuning uchun, bashoratlash tizimining uchta komponentidan - nutqni
aproksimatsiya, bashoratlash va qayta tiklash usullari (generatorlar
qo‘zg‘atuvchisidan)- barcha chiziqli bashoratlash uslubi keyingi
kompanentga tegishli. Shuning uchun ular ba’zan
gibrid koderlar
deyiladi, chunki ular signal vokoderi va koderdan iborat. Ularni
qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Ko‘p impulsli kodlashda bashoratlar uzatuvchi va qabul qiluvchi
impulslarning parametrlari uchun bajariladi, bu ko‘proq moslashuvchan
kodlashga o‘xshaydi. Oldingilariga nisbatan impulslar ketma-ketligi
bashoratlanadi. Bu usulda ovoz fragmenti turi (vokalli ovoz yoki yo‘q)
va asosiy ton parametrlarini aniqlash shart emas.
Bunday kodlash turi
Internet tizimidagi keng qo‘llaniladigan Skype dasturida ishlatiladi.
Ushbu kodlash turi ovoz signallarini 9,6 kbit/s tezlikgacha uzatish
imkonini beradi.
Qisqartirilgan qoldiq signalning qo‘zg‘atichli chiziqli bashorati
(RELP
LTP
-
Residual
Excited
Linear
Predication
Long
TermPrediction). Qayta ishlanish natijasida avvalgisidan ovoz
spektrining pastki qismi kodlanishi va bashoratlanishi
bilan farqlanadi
va bu qayta ishlanadigan va bashorat qilinadigan hisoblar sonini
kamaytiradi. Yevropa mobil tizimlarida RELP ni qo‘llash kanaldagi
uzatish tezligini 16 dan 9,6 Kbit/sga ovoz sifatini sezilarli
kamaytirmasdan tushirishga yordam beradi.
Kod qo‘zg‘atuvchili chiziqli bashorat (CELP - Code Excited Linear
Prediction). Ovoz koderlarining ushbu turi
signal shakli koderlari va
parametrik vokoderlar o‘rtasidagi tur hisoblanadi. Ovoz parametrlari
tahlili 10-30ms oraliqda amalga oshiriladi, bu esa o‘z navbatida 4dan 16
kbit/s.gacha bo‘lgan tezliklarda CELPdan samarali foydalanish imkonini
beradi. CELP koderi struktura sxemasidan ko‘rinib turibdiki, signallarni
kodlash o‘rniga har bir hisobdan keyin koderda “qo‘zg‘atuvchi kodlar
kitobi” qo‘llaniladi. Ushbu holatda har bir farq signali uchun maxsus
satr signali (namuna) biriktiriladi. Ushbu
satr xatoliklarning qabul
qilingan qiymatlari asosida uzatilayotgan qoldiq ketma-ketlikga mos
keluvchi hisoblar jamlanmasidan tashkil topgan. Qabul qiluvchi
tomonda ham farq signallari dekoderi o‘rniga “qo‘zg‘atuvchi kodlar
kitobi” ham qo‘llaniladi.
239
8.4-rasm. CELP koderini umumiy sxemasi
Ko‘pgina
kodlash
bo‘yicha
kitoblar
mavjud,
ularning
klassifikatsiyalari quyidagicha:
-
kodlarning
vektorini
qidirish
prinsipi
bo‘yicha (to‘liq
ortiqchalilik, ikkilik yoki navbatdagi qidiruv va h.k. );
-o‘qitish usuli bo‘yicha (Ruxsat etilgan yoki moslashtirilgan);
- saqlanadigan ma’lumot turi bo‘yicha (nutq tanlash yoki shovqinni
amalga oshirish ).
CELP algoritmi nutqni yuqori sifat bilan qayta ishlash imkonini
beradi. Lekin bu algoritm katta hisoblash resurslarini talab etadi,
shuning uchun uning asosida ko‘pgina koderlar qurilgan.