215
rasmdagidan farqli ravishda o‘lchamlar logarifmik masshtabda, ya’ni
desibellarda keltirilgan. Logarifmik masshtabda tovush energiyasining
so‘nishi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga aylanadi. Shunday qilib,
tovush
kuchi sekundiga desibellarda ifodalangan miqdorda ma’lum tezlikda
pasayadi. Tovush energiyasining pasayish tezligini grekcha τ (tau) harfi
bilan belgilaymiz, ya’ni uning qiymati qanchalik katta bo‘lsa,
reverberatsiya vaqti shunchalik kichkina bo‘ladi, AB chiziq keskin
tushadi.
. Tovush energiyasining pasayishi
Reverberatsiya vaqti, tovush kuchi
va tovush energiyasining
pasayishi o‘rtasida quyidagi bog‘liqlik mavjud:
T
L
,
(7.1)
bunda L- tovush kuchining manba o‘chirilgunga qadar eshitish
bo‘sag‘asidan balandligi; T- reverberatsiya vaqti,s.
Reverberatsiya davomiyligini belgilovchi qiymatlar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tovush energiyasi xona devorlaridan
har bir qaytishida yutiladi (so‘nadi). Tushunarli, shuning uchun tovush
qanchalik
tez-tez qaytsa, shunchalik tezroq so‘na boradi va shunchalik
reverberatsiya qisqaroq davom etadi.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi, qaytish to‘lqin chastotalari
oshganda reverberatsiya kamayadi.
216
Shularni e’tiborga olgan holda quyidagi 7.1- jadvalni tuzamiz:
№
Reverberatsiya oshadi,
agarda:
Tushuntirish
1
Xona hajmi oshsa
Xona
hajmi oshganda, devor,
pol va shift orasidagi masofa oshadi,
demak
ketma-ket
qaytayo-tgan
ikkita tovush to‘lqinlari orasidagi
vaqt
ham
oshadi.
Qaytayotgan
tovush
to‘lqinlari
chastotasi
pasayadi
2
Xonada
tovush
yutish
koeffitsienti kamaysa
Yutiladigan energiya qismining
har bir qaytishda kamayishi,
uning
ma’lum vaqt oralig‘ida susayishini
kamaytiradi. Tovush energiyasining
har bir qaytishida energiyaning bir
qismi
kamayadi, natijada uning
ma’lum vaqt orasida pasayi-shini
kamaytiradi.
3
Tovush kuchi oshsa
Tovush energiyasi pasayish tez-
ligi o‘zgarmagan holda,
baland
tovush eshitish bo‘sag‘asiga yetib
borguncha ko‘proq vaqt ketadi.
4
Xona yuzalari kichraysa
Xona
yuzalari
kamayganda,
tovush to‘lqini xona yuzasi bilan
to‘qnashuv
ehtimoli
kamayadi.
To‘lqin qaytish chastotasi pasayadi.
5
Tovush tezligi pasaysa
Tovush tezligi pasayganda,
ikkita ketma-ket to‘lqin qaytishlari
oralig‘i ortadi. To‘lqin qaytish
chastotasi pasayadi. Qaytish
chastotalari pasayadi.
Ushbu jadval sahifasini yanada kengroq davom ettirish mumkin edi
ammo, yuqorida keltirilgan oddiy shart va sharoitlarning bajarilishini
davom ettirishni, zukko va bilimdon o‘quvchilar hukmiga havola etamiz.
217
Muallif aminki shu yo‘sinda olib borilgan o‘xshash
misol va
masalalarni tuzish, hamda yechim variantlarini keltirish Aziz
o‘quvchilar hukmiga havola etiladi!
Reverberatsiyaning statistik nazariyasiga murojat qilinganda tovush
signalining quyidagi tushuncha va parametrlaridan foydalaniladi:
- erkin o‘tish yo‘lining o‘rtacha uzunligi;
- yo‘lni erkin o‘tish o‘rtacha vaqti;
- o‘rtacha yutish koeffitsienti;
- reverberatsiya vaqti;
- birinchi qaytishlarning kechikish vaqti;
- aniqlik va ravshanlik;
- akustik nisbat;
- jarangdorlik radiusi.
Avval
Do'stlaringiz bilan baham: