Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash. Reja: Sinusoidal tok


-§. Sinusoidal  funksiyalarni   vektor  diagrammasi  va kompleks  sonlar  orqali ifodalash



Download 0,72 Mb.
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#299407
1   2   3   4
Bog'liq
ELEKTR ZANJIRLARGA SINUSOIDAL SIGNAL TA

7.5-§. Sinusoidal  funksiyalarni   vektor  diagrammasi  va kompleks  sonlar  orqali ifodalash.

            Har qanday chiziqli elektr zanjirlarida, elementlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ular orqali o‘tayotgan garmonik kuchlanish garmonik shakldagi tokni hosil qiladi. Har qanday xolatlarda chiziqli elektr zanjirlariga garmonik signallar ta’sir etsa ular hosil qilgan signallar garmonik shaklida bo‘ladi.

Shunday ekan, tok va kuchlanishlarning oniy qiymatlari ham garmonik shaklda bo‘ladi. Agar chiziqli elektr zanjiri bir nechta elementlardan tashkil topgan bo‘lsa sinusoidal grafiklar soni ko‘payib ketadi va ularni taxlil qilish murakkablashadi.

Shuning uchun murakkablashgan elektr zanjirlaridagi garmonik signallar ta’sirlarini sinusoidal grafiklar orqali emas, balki vektor diagrammalar orqali taxlil qilish osonroq bo‘ladi.

Vektor diagrammasida vektor uzunliklari, burchak va fazalar miqdorlari proporsional ravishda olinadi. Bizga ma’lumki, Kompleks tekislikda har bir nuqta radius, ya’ni vektor orqali aniqlanadi,

Vektorning boshlanishi koordinata o‘qining boshlanish nuqtasiga to‘g‘ri kelsa, uning oxiri esa koordinata uchiga, ya’ni kompleks miqdorga to‘g‘ri keladi. Demak bir nechta chizilgan sinusoidal grafiklar o‘rniga VEKTORLAR yig‘indisi garmonik signallarning elektr zanjirlar elementlariga ta’sirini ifodalaydi.

  

   


7.7-rasm. Vektor deogrammada ko’rinishi.

 Vektor diagrammasida biron bir burchak boshlang‘ich nuqtadan biron bir burchakka orqada qolayotgan bo‘lsa, u xolda vektor soat strelkasi yo‘nalishiga mos xolda buraladi, agar ilgarilab ketayotgan bo‘lsa soat strelkasiga teskari yo‘nalishda buraladi.

vektor diagrammasi deb – sinusoidal o‘zgaruvchan, fazalar bo‘yicha bir – biriga nisbatan to‘g‘ri joylashgan, chastotalari bir xil qiymatga ega bo‘lgan kompleks tekislikdagi vektorlar yig‘indisiga aytiladi.

 Yuqorida keltirilgan rasmda uchta har xil fazadagi, lekin bir xil amplitudaga ega bo‘lgan diagramma ko‘rsatilgan. 

Ushbu grafikda birinchi kuchlanishning vektor qiymati koordinataning gorizontal o‘qiga mos keladi, ikkinchi kuchlanishning vektori     burchakka soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha buriladi, uchinchi kuchlanishning vektor qiymati esa    burchakka soat strelkasi yo‘nalishiga  teskari tomonga burilgan bo‘ladi (7.1.) rasm.

Vaqt bo‘yicha diagramma garmonik funksiya qiymatlarini har qanday vaqtda quyidagi     tenglama orqali ko‘rsatadi.

 

7.8-rasm. Vektor diagrammasini vaqt bo’yicha ko’rinishi.

  Vektor diagrammasi orqali esa garmonik funksiya qiymatlarini ifodalash uchun  garmonik funksiyani soat strelkasiga qarama qarshi  yo‘nalishda       burchak chastotasi bilan aylanayotgan   vektor orqali  ifodalanadi.  Bunda aylanayotgan vektor proeksiyasini koordinataning vertikal o‘qiga nisbatan olamiz.

Hosil bo‘lgan proeksiya xuddi vaqt diagrammasi kabi sinusoidal funksiya orqali ifodalanadi, ya’ni:

                                                    (7.7)

  Bu xolatda vektorning soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha aylanishi MUSBAT, soat srelkasiga qarama qarshi yo‘nalishi MANFIY deb yuritiladi. Misol tariqasida vektor diagrammasi orqali kuchlanishning oniy qiymatini aniqlaymiz. Grafikning chap tomonida vektor diagramma, o‘ng tomonida vaqt diagrammasi keltirilgan.



7.9-rasm. Grafikning chap tomonida vektor diagramma, o‘ng tomonida vaqt diagrammasi keltirilgan.

Boshlang‘ich faza burchagi nolga teng bo‘lsin.

bu xolatda  t = 0 bo‘lganda kuchlanishning oniy qiymati ham nolga teng bo‘ladi, vaqt diagrammasiga mos bo‘lgan vektor esa  musbat yo‘nalishga ega bo‘lgan absissa o‘qi yo‘nalishiga mos tushadi. shu vektorning proeksiyasi koordinataning vertikal o‘qida ham nolga teng bo‘ladi, ya’ni vektor proeksiyasining uzunligi sinusoidaning oniy qiymati bilan mos tushadi.



vaqt o‘tgandan keyin burchak fazasi 45 gradusga teng bo‘ladi, kuchlanishning oniy qiymati esa quyidagi qiymatga teng bo‘ladi:

Shu vaqt oralig‘ida vektor ham 0.707um qiymatga teng bo‘ladi. endi      vaqt o‘tgandan keyin kuchlanishning oniy qiymati  um  ga teng bo‘ladi, vektor esa 90   gradusga buriladi.

vektorning vertikal o‘qqa nisbatan proeksiyasi vektorning o‘ziga teng bo‘lib qoladi, uzunligi esa kuchlanishning oniy qiymatining maksimum qiymatiga teng bo‘ladi. xuddi shunday asosda har qanday vaqt oralig‘ida kuchlanishning oniy qiymatlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.

xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki: sinusoidal funksiyalar qiymatlarini aniqlash vaqtida ularning grafiklari orqali emas, balki ularning tasvirlari, ya’ni vektorlari orqali aniqlanadi.

misol tariqasida quyida keltirilgan elektr zanjiri va unga mos bo‘lgan vektor diagrammasi keltirilgan (7.10. rasm).

7.10- rasm. a)Elektr zanjiri, b),d),elektr zanjirigamos vector diogrammalar.

Misol uchun: bir xil yo‘nalishga ega bo‘lgan vektorlarning natijaviy vektori ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi. Agar bitta koordinata o‘qida joylashib teskari yo‘nalishga ega bo‘lsa ular yig‘indisi musbat va manfiy ishoralar bilan olinadi.  Bu xolatlar koordinata burchaklari 0 yoki 180 gradus bo‘lgan xolatlar uchun to‘g‘ri bo‘ladi (7.11. rasm).

7.11-rasm. Koordinata o’qida 0 yoki 180 gradus oralig’ida ko’rinishi.

 Boshqa xolatlar uchun quyidagi vektor diagrammasi to‘g‘ri bo‘ladi.

7.12-rasm. garmonik funksiyaning vaqt diogrammasi.

Yuqoridagi jarayonni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak quyidagi xulosa qilinadi:    garmonik funksiyaning vaqt diagrammasi vektor diagrammasi bilan almashtiriladi va ularning har biri gorizontal va vertikal o‘qlar bo‘yicha joylashtiriladi.

Vektorning gorizontal va vertikal o‘qlardagi qiymatlari hisoblab chiqiladi va natijaviy vektor va uning boshlang‘ich fazasi aniqlanadi. Garmonik funksiyalar qiymatini hisoblashning bunday yo‘li grafik usulga qaraganda oson tuyuladi, lekin gorizontal va vertikal o‘qlardagi vektorlar qiymatini matematik ifodalalarini hisoblash ancha murakkab jarayon hisoblanadi.


Mustaqil tayyorlanish uchun savollar

  1. Sinusoidal tok nima?

  2. Sinusoidal EYuK ni hosil qilish.

  3. Sinusoidal tokda aktiv R qanay aniqlanadi?

  4. Sinusoidal tokda induktiv L qanday aniqlanadi?

  5. Sinusoidal sig'im C nima uni tushuntiring?

  6. Sinusoidal kattaliklarning vektor tavsiflari va ularning mohiyati qanday.

  7.  Sinusoidal  funksiyalarni   vektor  diagrammasi qanday chiziladi?

  8.   Sinusoidal  funksiyalarni   kompleks  sonlar  orqali ifodalash?

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish