Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash. Reja: Sinusoidal tok


-§. Sinusoidal EYuK ni hosil qilish



Download 0,72 Mb.
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#299407
1   2   3   4
Bog'liq
ELEKTR ZANJIRLARGA SINUSOIDAL SIGNAL TA

7.2-§. Sinusoidal EYuK ni hosil qilish.

O‘zgaruvchan tokning eng ko‘p tarqalgan manbalaridan biri mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Sinxron generatorda sinusoidal EYuK olish uchun doimiy magnit maydonida ramka ko’rinishidagi chulg'am o‘zgamas burchak tezligida aylantiriladi. O‘zgaruvchan tok



7.2-rasm. Generator

generatorlari ikki asosiy qismdan iborat (7.2-rasm). Qo‘zg‘almas qism — stator 1 va aylanuvchi qism-rotor 2 dir. Ularning birida (ko‘pincha rotorda) doimiy elektromagnit joylashtiriladi va uning chu lg‘amlari o‘zgarmas tok manbaidan ta’minlanadi. Silindrsimon statorning ichki yuzasidagi pazlarda joylashgan chulg ‘amlarda rotorning aylanishi natijasida e=Blv EYuK paydo bo‘ladi, bu yerda V-o‘tkazgich simga ta’sir etuvchi magnit maydon induksiyasi, l-o'tkazgich simning uzunligi, v-aylanuvchi magnit maydonning chiziqli tezligi. Agar l va v kattaliklarni o'zgarmas deb olsak, u holda chulg‘amlardagi EYuK e(t) ning o'zgarish qonuni magnit induksiyasi V ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish qonuni bilan aniqlanadi. EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog‘i chetidagi havo oralig‘i uning markaziga nisbatan 1,5...2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan, magnit induksiyaning o‘zgarish qonuni stator bilan rotor oralig‘ida sinusoidal bo‘ladi, qutb boshmoqlarining o’rtasida magnit induksiyasi maksimal bo‘ lib, qutb boshmoqlarining chetiga qarab kamayib boradi. Agar juft magnit qutblari soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo’lsa , u holda o‘zgaruvchan EYuK ning chastotasi:

Elektrotexnikada o‘zgaruvchan tokning keng qo’llanishi elektr energiyani markazlashgan holda ishlab chiqarish va uni uzoq masofalarga uzatish masalasi yechilganidan keyin boshlandi. Energiyani uzatish va taqsimlash iqtisodiy tarafdan hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan uzatish uchun yuqori kuchlanishni va taqsimlash uchun esa nisbatan past kuchanishni talab etadi. 0‘zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgartirish nihoyatda sodda statik apparat — transformator yordamida bajariladi. Agar birxil chastotali birnecha sinusoidal funksiyalar(masalan, EYuK va tok) sinusoidalarining boshlanishlari mos kelmasa, u holda bu sinusoidalar faza jihatidan bir biriga nisbatan siljigan deyiladi. Faza siljishi tok va EYuK boshlang'ich fazalarining ayirmasi bilan o’lchanadi, ya’ni



Agar bir xil chastotali sinusoidal funksiyalar boshlang‘ich fazalari bir xil bo‘lsa, u holda sinusoidalar faza jihatidan mos tushadi. Agar fazalar ayirmasi ± /2 ga teng bo‘lsa , u holda sinusoidalar bir biriga nisbatan kvadraturada deyiladi.

O'zgarmas tok metallarda erkin elektronlarning barqaror ilgarilanma harakatidan iboratdir. Agar elektronlar tebranma harakatda bo'lib, tok vaqt birligi ichida ham qiymati, ham yo'nalishini davriy o'zgartirib tursa, bunday tok o'zgaruvchan tok deb yuritiladi.





Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish