Elektr yuritma asoslari
Laboratoriya mavzular:
1-Laboratoriya ishi
Mavzu:O’zgarmas tok elektr yuritmasining salt ishlashda zalvorli momentini aniqlash
Laboratoriya ishidan maqsad: O’zgarmas tok elektr yuritmasining zalorli momentini aniqlashni o’rganish va tajriba o’tkazib tadqiq qilish.
Laboratoriya ishining dasturi
Elektrdvigatelga berilayotgan quvvatni salt ishlashda uning aylanishiga bog’lanishini tajriba o’tkazish yo’li bilan aniqlash.
Salt ishlashda elektr dvigatelining erkin to’htash jarayoni egri chizig’ini olish.
Elektr dvigatelda nobud bo’ladigan quvvatni uning aylanishiga bog’lanishini hisoblash yo’li bilan aniqlash.
1 va 3 banddagi bog’lanishlardan olingan ma’lumotlar asosida quyidagi bog’lanishlar egri chiziqlarini qurish: P=ƒ(ω) va ΔP=ƒ(ω)
Zalvorli momentning qiymatini aniqlash.
Elektr yuritmaning elektrmehanikaviy vaqt doimiysi qiymatini aniqlash.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
Laboratoriya ishi 5- stendda bajariladi (Shemasi 6.1-rasm).
Tajriba boshlanmasdan oldin dvigatelning yakori zanjiri qarshiligi Ryazq ni ampermetr va voltmetr usulida aniqlanadi.Buning uchun QF2 va QF3 ochiq holda turganda va ampermetr A4=0 ko’rsatganda, M3 dvigateli ishga tushiriladi.M2 generatorining qo’zg’atish toki o’zining eng kichik qiymatiga ega ekanligiga ishonch hosil qilib, QF3 avtomati ulanadi va dvigatel qo’zg’almas bo’lganda generatorning kuchlanishi uning tokini 0 dan 20 A gacha o’zgartiriladigan qilib rostlanadi.
Tajriba o’tkazilayotganda bir necha nuqtalar uchun kuchlanish va tokning qiymatlari yozib olinadi, so’ngra yakor zanjirini qarshiligi (Ryazq) hisoblab aniqlanadi.
Undan keyin QF2 avtomatini ulab, generator kuchlanishini oshira borib dvigatel yurgiziladi va uning tezligi nominal tezlikkacha oshiriladi; bunda tezlikning har 200ayl/min yakor janjirining kuchlanishi va toki yozib boriladi. Olingan ma’lumotlar 6.1-jadvalga yozib olinadi va bu ma’lumotlar bo’yicha dvigatelda nobud bo’ladigan quvvatni aylanish tezligiga bog’lanishi hisoblanadi.
6.1-jadval.
N
|
Asboblarning ko’rsatishi
|
Hisoblash natijalari
|
|
n
|
Iya
|
U ya
|
Pya=UyaIya
|
ΔPM=ηRyazd
|
ΔPay=Pya-ΔPM
|
ω=πn/30
|
|
|
A
|
V
|
Vt
|
Vt
|
Vt
|
rad/s
|
123
|
|
|
|
|
|
|
|
Undan keyin QF3 avtomati yordamida dvigatel M1 generator M2 dan uziladi va dvigatelning tormozlanish jarayonida elektr yuritmaning tezligi o’zgarishi egri chizig’i qayd qilinadi. Olingan ω =ƒ(t) bog’lanishini masshtabda millimetrli qog’ozga ko’chiriladi. 6.1-jadvaldagi ma’lumotlar asosida qurilgan ΔPay=ƒ(ω) egri chiziqdan foydalanib ΔPay=ƒ(t) bog’lanish quriladi (6.2-a-rasm). Elektr dvigatelning rotorida yig’ilgan energiya ΔPay=ƒ(t) egri chizig’ining tagidagi maydon yuzasi orqali aniqlanadi.
Aay=S·mΔpay·mt,
Bu erda:
S-yuza, mm2 (6.2,b-rasmda shtrihlangan yuza),
mΔpay-grafikda nobud bo’ladigan quvvat masshtabi, Vt/mm,
mt-grafikda vaqt masshtabi, c/mm.
Rotor inersiyasining momenti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
J=2Aay/ωboshl,
Rotorning zalvorli momenti quyidagicha hisoblanadi:
GD2=4J
Dvigatelning elektrmehanikaviy vaqt doimiysining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
TM=Jωn/Mn
6.2-rasm.
Sinash stendining sxemasini chizing.
O’lchov asboblarining ko’rsatishlarini va hisoblash natijalari jadvalini keltiring.
Elektr dvigatelining inersiya momentini va zolvorli momentini hamda elektr mehanikaviy vaqt doimiysini hisoblang.
Laboratoriya ishida foydalanilgan mashinalarning katalogda berilganlari
Mashinalarning nomi
|
Pn
kVt
|
Un
V
|
In
A
|
Rya
Om
|
nn ayl/min
|
Dvigatel P-42
|
4,72
|
220
|
2,15
|
0,63
|
2850
|
Tahogenerator ET-7
|
0,2
|
110
|
0,21
|
1,8
|
1500
|
O’zlashtirishni tekshirish uchun savollar.
6-1. Elektr yuritmaning zalvor momenti deganda nimani tushunasiz?
6-2. Zalvor momenti tajriba usulida qanday aniqlanadi?
6-3. Zalvor momentining o’zgarishi elektr yuritmaning elektrmehanikaviy vaqt doimiysiga ta’siri qanday?
6-4. Elektrmehanik vaqt doimiyligining oshishi va kamayishi elektr yuritma o’tkinchi jarayoniga qanday ta’sir ko’rsatadi?
Adabiyotlar.
V.I.Klyuchev . Elektr yuritmalari nazariyasi. M.:Energoatomizdat. 1985 y, 24-39 betlar.
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalari asoslari. M.G.Chilikin, M.M.Sokolov, V.M.Teherov, A.V.Shinyanskiy. M.: Energiya. 1974 y, 18-22 betlar.
Andreev V.P.Sabinin Yu.A.Elektr yuritma asoslari. L-M. Gosenergoizdat. 1963 y.
2-3-Laboratoriya ishi
Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelining statik tavsiflarini tadqiq qilish.
Laboratoriya ishidan maqsad: Mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelining dvigatel va tormozlanish rejimlarida elektromehanikaviy va mehanikaviy tavsiflarini o’rganish, hisoblash natijasida aniqlangan ω=ƒ(I) va ω=ƒ(M) bog’lanishlarini laboratoriya sharoitida tajriba o’tkazish yo’li bilan tekshirish.
Laboratoriya ishining dasturi.
I.Qurilmaning elektr jihozlari bilan tanishish va elektr mashinalarining pasportida berilganlarni yozib olish.
Hisoblash va qurish lozim:
1.Dvigatelning tabiiy mehanik tavsifini,
2.Quyida berilgan qiymatlar uchun dvigatelning sun’iy mehanikaviy tavsiflarini:
yakor zanjiriga Rn1va Rn2 qo’shimcha rezistorlar kiritib tajriba o’tkazib, ularni qiymatlari: Rn1=2,8 Om, Rn2=5,6 Om.
Yakorni shuntlaydigan rezistorlar ulab:
Rsh1 va Rsh2 bo’lganda Rsh1=const,
Rn1 va Rn2bo’lganda Rsh1=const,
Rsh1 =5,6 Om, Rsh2=8,4 Om.
v) dvigatelning magnit oqimini o’zgartirib: iq1va iq2, iq1=0,9iqn va iq2=0,8iqn, Rn1=8,4 Om
Dvigatelning tormozlanish rejimi tavsiflarini hisoblash va qurish lozim:
Denamik usul tormozlash uchun Rd1 va Rd2 rezistorlarning qiymatlari hisoblansin, bunda qandaydir ωn tezlikda tormozlanganda yakor toki Id1=Iyan, Id2=1,2Iyan dan oshmasligi lozim.
Teskari ulab tormozlash uchun Rnr1 va Rnr2 rezistorlarining qiymatlari hisoblansin, bunda yakor toki quyidagi qiymatlardan ortiq bo’lmasligi lozim:
Inr1=Iyan,
Inr2=1,2 Iyan.
II. Dvigatel rejimida elektor mehanikaviy va mehanikaviy tavsiflarini olish
Dvigatelning tabiiy va sun’iy tavsiflarini olish uchu elektr shemasi yig’ilsin.
Tabiiy tavsifi olinsin va qurilsin:
U=Un=const, iq=iqn=const, Rn=0 bo’lganda ω=ƒ(Iya), ω=ƒ(M).
Dvigatelning yakor zanjiriga rezistorning ikki hil qiymatlari Rn1 va Rn2 lar ulanganda reostatli tavsiflari qurilsin.
U=Un=const, iq=iqn=const, bo’lganda sun’iy tavsiflari yakor rezistorlar bilan shuntlanganda quyidagi hollar uchun:
Rsh1 va Rsh2 bo’lganda Rn1=const,
Rn1 va Rn2 bo’lganda Rsh1=const.
Rn=2,8 Om bo’lganda qo’zg’atish tokining iq1 va iq2 qiymatlari uchun dvigatelning oqimi o’zgarganda sun’iy tavsiflari.
2,3,4,5 punktlarga binoan turli hil nagruzka rejimi o’rnatib o’lchov asboblarining ko’rsatishlarini 1.1-jadvalga yozib oling. So’ngra lozim bo’lgan hisoblashlarni bajaring, grafiklarni quring va ularni hisoblash natijasida qurilgan grafiklar bilan solishtiring.
1.1-jadval
A*1
|
-0,4
|
-0,2
|
0
|
0,4
|
0,8
|
1,0
|
1,2
|
V*1
|
|
|
|
|
|
|
|
V*mr
|
|
|
|
|
|
|
|
V*2
|
|
|
|
|
|
|
|
A*2
|
|
|
|
|
|
|
|
M*1
|
|
|
|
|
|
|
|
M*2
|
|
|
|
|
|
|
|
ω*
|
|
|
|
|
|
|
|
Ilova: Utg asbobining ko’rsatishini koeffitsent K=1,8 ga ko’paytirish lozim, bunda sinalayotgan dvigatelning tezligini rad/s da olamiz ya’ni IV=1,8 I/s
Bajarilgan laboratoriya ishidan hisobot tuzing.
III. Tormoz rejimida elektrmehanikaviy va mehanikaviy tavsiflari.
Dvigatelning tormoz rejimida tavsiflarini olish uchun shema yig’ilsin.
Quyidagi tavsiflarni oling va quring:
Rd1 va Rd2bo’lganda dinamik usulda tormozlash uchun;
Sinalayotgan dvigatelning yakori zanjiriga Rn1 va Rn2 rezistorlarni kiritib teskari ulash yoli bilan tormozlash uchun.
Dinamikaviy tormozlash, teskari ulab tormozlash va dvigatel tarmoqdan uzilganda o’z holicha to’htash vaqtlarini o’lchang va ularni solishtirib ko’ring. Dinamikaviy va teskari ulab tormozlash vaqtini o’lchashda hisoblangan rezistorlardan foydalaning.
Nagruzka rejimini turlicha o’zgartirib (2 punkt a,b ga binoan) o’lchov asboblarining ko’rsatishlarini 1.2-jadvalga yozib oling. So’ngra lozim bo’lgan hisoblashlarni bajaring, grafiklarni quring va ularni hisoblash natijasi asosida qurilgan grafiklar bilan solishtiring.
1.2-jadval
A*1
|
0
|
0,25
|
0,5
|
0,75
|
1,0
|
1,2
|
V*1
|
|
|
|
|
|
|
V*m&
|
|
|
|
|
|
|
V*2
|
|
|
|
|
|
|
A*2
|
|
|
|
|
|
|
M*1
|
|
|
|
|
|
|
M*2
|
|
|
|
|
|
|
ω*
|
|
|
|
|
|
|
Bajarilgan laboratoriya ishi haqida hisobot tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |