Elektr stansiya va podstansiyalarni elektr jihozlari fanidan o’qitish materiallari to’plami



Download 12,3 Mb.
bet9/131
Sana19.02.2023
Hajmi12,3 Mb.
#912902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131
Bog'liq
Elektr stansiya elektr jihozlari O\'qitish materiallari

To’g’onli-derivatsiya sxemasi. Bu sxemada yuqorida keltirilgan ikkala sxemaning ham imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bu variant bo’yicha daryo o’zanida suv ombori qurilib, to’g’ondan keyingi qismda derivatsiya inshootlaridan foydalaniladi. To’g’onli-derivatsiya sxemasi suv manbayining nishabligi har xil bo’lganda qo’llaniladi. Manbaning nishabligi kichik bo’lgan
joyida to’g’on bunyod etiladi, nishablik katta bo’lganda (1 .8, a-rasm) derivatsiya sxemasidan foydalaniladi.
Ushbu sxema bo’yicha to’g’on SES binosidan qanchalik yuqoriga joylashsa, uning o’lchamlari, shuningdek, suv ombori o’lchamlari shunchalik kichik bo’ladi. Lekinbuholda derivatsiya inshootlarining uzunligi ancha oshadi. Demak, bosim yo’qolish qiymati ham oshadi. Shu sababli to’g’onli-derivatsiya sxemasi bo’yicha inshoot o’lchamlari texnik-iqtisodiy hisoblar bilan aniqlanadi.
SESning asosiy parametrlari. SESning asosiy parametrlari sifatida uning bosimi, suv sarfi, quvvatini ko’rsatish mumkin.
Yuqori sathdagi (suv omborining to’g’on oldidagi qismi) va quyi (to’g’on ortidagi suv manbayi yuzasi) suv sathi qiymatlarining farqi geometrikyoki statik bosimdeb ataladi.



1.8, a-rasm. To’gonli derivatsiya sxemasi:


1 - daryo o’zani; 2 - suv ombori; 3 - to’g’on; 4 - derivatsiya; 5 - suvstatik
sath; 6 — pyezometrik chiziq; 7 - turbina quvuri; 8 — SES binosi; Δh A-B –
A va V nuqtalar orasidagi bosim yo’qolish qiymati.


SES suv sarfi Q, m³/s. Bu qiymat manbaning suv sarfi, suv omboridagi suv hajmi, energetika tizimining iste’moliga bog’liq bo’ladi. Agar SES foydalanilayotgan suvtexnik inshootlarda qurilgan bo’lsa, unda SES suv sarfi inshootning suv berish grafigiga mos holda aniqlanadi. SESdagi maksimal suv sarfi uning barcha turbinalarining suv o’tkazish qobiliyati bilan aniqlanadi. Bu qiymat SES turiga qarab katta oraliqda o’zgaradi. Masalan: Samara SESida 22 ta turbina o’rnatilgan bo’lib, ularning har biri 675 m³/s suvni o’tkazadi. SESning maksimal suv sarfi 15000 m³/s ni tashkil qiladi.
SES quvvati. Bu ko’rsatkich SESning energetik potensialini aniqlaydigan (1.8, b -rasm) ko’rsatkichlardan biridir. Ma’lumki, quvvat vaqt birligida bajarilgan ish miqdori bilan aniqlanadi. Demak, SESda bu - vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori. Uning o’lchov birligi - vatt (W), kilovatt (kW), megavatt (MW), gigavatt (GW) va teravatt (TW) qilib
qabul qilingan.
Agar hosil qilingan bosim N,m, inshootlar, turbina o’tkazishi mumkin bo’lgan suv sarfi Q,m³/s aniq bo’lsa, unda suv oqimining potensial quvvati quyidagicha aniqlanadi:
P = 9,8· HQ ·η.
Kichik turdagi SESlar. 0 ‘zbekiston DAK qoshida kichik
turdagi SESlarni rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda



1.8, b-rasm. Suv elektr stansiyasi potensialini aniqlash
Hozirgi kunda bunday SESlaming soni nihoyatda ortib bormoqda. Kichik turdagi SESlarning afzallik taraflari juda ko’p. Aslida bu turdagi SESlar Suv xo’jaligi vazirligi bilan kelishuv asosida quriladi. Bularni yuklamalar uncha ko’p
bo’lmagan, shahar yoki uzoq qishloq joylarga o’rnatish mumkin. Ularning energiya manbayi suv hisoblanadi. Uncha katta bo’lmagan to’g’ondan katta tezlikda quvurlar orqali suv oqadi va parraklami aylantiradi. Bu kabi kichik SESlardan, ayniqsa, yoz oylarida ko’proq foydalaniladi. Kichik SESlaming ishlash manbayi suv bo’lganligi uchun qishda yuklamalar uchun boshqa
turdagi manba ishlatiladi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda kichik SESlar uchun qurilgan to’g’onlar xalq xo’jaligida suvni to’g’ri yo’naltirish va rejali uzatishda ham ishlatiladi. Shunday qilib, SESlardagi suv generatorlarining quvvati kichik hisoblanadi.

Download 12,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish