Elektr stansiya va podstansiyalarni elektr jihozlari fanidan o’qitish materiallari to’plami



Download 12,3 Mb.
bet12/131
Sana19.02.2023
Hajmi12,3 Mb.
#912902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131
Bog'liq
Elektr stansiya elektr jihozlari O\'qitish materiallari

1-ilova



2-MAVZU:Issiqlik elektr stansiyalari.


REJA:
1. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi.
2. Issiqlik elektr markazlari.
3. IEMning xususiyatlari.




Tayanch tushunchalar:
Kondetssatsion,IEM,issiqlik elektr markazi,organik yoqilg’I,qozon ,turbina,elektir generstor sovitgich




2-Ilova

Guruhlar

Mavzu

Nimalarni bilasiz?

1-Guruhuchun

Issiqlik elektr stansiyasi




2-Guruhuchun

Kondetsatsion




3-Guruh uchun

IEM xususiyatlari




4-Guruh uchun

Kondetsatsion ishlash sxemasi






3-Ilova
1-Slayd

Turbinada ishlatib bo’lingan bug’ sovitgichga (K) yuboriladi. Bu yerda bug’ sovitgichdan ko’p miqdorda sovuq suvning (5-25°) o’tishi natijasida soviydi, ya’ni yana suv holatiga qaytariladi.



2-Slayd



Turbina qizib ketmasligi uchun undan barcha tartibda o’tuvchi bug’ning aniq miqdori ta’minlanishi kerak. Issiqlik va energiya iste’molchilari quvvatlarining IEM hollarda kondensatsion tartibida ishlaydi.


Uyga vazifa


O’tilgan mavzu haqida savol va testlar tuzish


2-mavzu: Issiqlik elektr stansiyalari.
Reja:
1.Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi.
2. Issiqlik elektr markazlari.
3. IEMning xususiyatlari.
An’anaviy energiya manbalariga - issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik energiya markazi, suv elektr stansiyasi, dizel elektr stansiyalari kiradi.
Issiqlik elektr stansiyalari - organik yoqilg’i yonganda ajraladigan issiqlik energiyasi hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaradigan energetik qurilmalardir.
IES quyidagi turlarga bo’linadi:
- foydalaniladigan yoqilg’ining turiga qarab - qattiq, suyuq, gazsimon va aralash yoqilg’ilarda ishlaydigan stansiyalar;
- issiqlik motorlari turiga qarab - bug’ turbinali, gaz turbinali va ichki yonuv motori - (dizel) elektr stansiyasi;
- iste’molchiga beradigan energiya turiga qarab - kondensatsion elektr stansiyasi (KES) va issiqlik energiyasi markazi (IEM);
- quvvat berish grafigiga qarab - asosiy, yil bo’yi bir me’yoriy maksimal quvvatda va cho’qqi keskin o’zgaradigan grafik bo’yicha ishlaydigan tansiyalar.
Issiqlik elektr stansiyalarining ishlash sxemasi quyidagicha.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi (KES). KESning prinsipial sxemasi 1.9-rasmda ko’rsatilgan. Qozon (1) ga yoqilg’i tayyorlash sexidan yoqilg’i (ko’mir, gaz, mazut, torf, slanes), isitilgan havo va suv aralashmasi keltiriladi.
Ta’minlovchi ventilator yordamida havo, ta’minlovchi (PN) nasos orqali suv beriladi. Yoqilg’i yonishi natijasida hosil bo’lgan tutun gazlami (qozondan tutun so’ruvchi yordamida so’rib olinadi va tutun balandligi 100-250 m bo’lgan truba orqali atmosferagachiqaribyuboriladi. Qozondan bug’ bug’ turbinasiga yuboriladi. U yerda bug’ bir nechta pog’onalardan o’tib mexanik ishni bajaradi - turbina bug 1 ta’sirida harakatga keladi. Turbina bilan elektr generatorining vali biriktirilgan bo’ladi.



1.9-rasm. Kondensatsion elektr stansiyasining ishlash sxemasi:


1 - qozon; 2 - o’ta qizdirgich; 3 - turbina; 4 - elektr generator; 5 - sovitgich;
6 — nasos; 7 - past bosimli qizdirgich; 8 - deaerator; 9 — suv tayyorlash sexi;
10 - yuqori bosimli qizdirgich.
Turbinada ishlatib bo’lingan bug’ sovitgichga (K) yuboriladi. Bu yerda
bug’ sovitgichdan ko’p miqdorda sovuq suvning (5-25°) o’tishi natijasida soviydi, ya’ni yana suv holatiga qaytariladi. Sovuq suv manbayi sifatida daryo, ko’l yoki sun’iy suv havzalari va maxsus sovituvchi minora (gradiriya) qurilmalari bo’lishi mumkin. U yerdan sovuq suv aylantiruvchi nasoslar (SN) yordamida sovitgichga yuboriladi. Yoriqlardan sovitgichga kiruvchi havo ejektor (E) yordamida chiqarib yuboriladi. Sovitgichda hosil bo’lgan suv KN suv nasosi yordamida deaeratorga yuboriladi. Deaerator ta’minlovchi suvdan birinchi navbatda kislorodni chiqarib yuboradi, chunki kislorod qozon turbinalarining korroziyasiga olib keladi. Deaeratorga kimyoviy tozalangan
suv yuboriladi. Deaeratordan so’ng suv ta’minlovchi nasos yordamida ozonga yuborilib, oldindan isitiladi. Isitish har xil bosimli isitgichlarda, qozon konomayzerida amalga oshiriladi. Bug’ning asosiy qismining sovitgichdan o’tishi qozonda ishlab chiqilgan issiqlik energiyasining 60-70 % befoyda almashuvchi
suv bilan chiqib ketishiga olib keladi.
KESlarning xususiyatlari.
1. Yoqilg’i manbayiga mumkin qadar yaqinroq joylarda quriladi.
2. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi (110-750 kV) yuqori kuchlanishli tarmoqlarga beriladi.
3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish erkin grafik bo’yicha kechadi.
4. Past o’zgaruvchanlik: turbinaning aylanishi va «sovuq» holatdan yuklamaga o’tish uchun taxminan 3-10 soat talab qilinadi.
5. Nisbatan past F.I.K. (77 = 30-40 %).

Download 12,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish