3-rasm. Toʻgʻonli kichik gidro elektro stanstiya
SO-suv ombori; SQ-suv qabul qilgich; MZ-mashina zali; T-turbina; G-generator; EUL-elektr uzatish liniyasi; Tr-transformator; D-daryo; B-poydevor bilan togʻ jinsi orasidagi stement qatlami
GES toʻgʻonini qurish na faqat murakkab va mashaqqatli ish, balki koʻp harajatli hisoblanadi. Dunyo boʻyicha katta quvvatli GES lar qurish tajribasi shuni koʻrsatadiki, sarflanayotgan kapital mablagʻlarning yarmini toʻgʻonni qurish va suv omboridagi erni kovlash ishlari uchun sarflanar ekan. Shu sababli, Yer shari gidro energetik potenstialining kichik bir qismigina insoniyat uchun xizmat qilib kelmoqda.
Mini va mikro GES lar tuzilishi.
Kichik GESMini- va mikro-GES lar xususiyatlari birbiriga juda yaqin ekanligini e’tiborga olib, ularni talaffuz qilishda qiyinchilikni kamaytirish maqsadida umumiy atama, ya’ni kichik GES lar deb atash qabul qilingan. Mamlakat hududinig togʻli tumanlaridagi daryolar, aksariyat, sharshara hosil qilib (ba’zan sharsharasiz) yuqoridan tushayotgan suvning kinetik energiyasi generator yordamida elektr energiyaga aylantiriladi. Bunda sharsharaga kelayotgan daryo D1 ning suvi (4-rasm), oʻzining hajmi va bosimi miqdorlariga koʻra tanlangan diametrdagi bosimli suv keltirgich (BSK) yoki quvur (truba) vositasida GES ning T turbinasiga keltiriladi.
4-rasm. Toʻgʻonsiz kichik GES
Mashina zali (MZ) da joylashgan generator G turbina T bilan bir valda mahkamlangan. Turbinada ishlatilgan suv pastki quvur (5- rasmda, kanal) orqali daryo D2 ning quyi oqimiga qaytariladi.
5-rasm. Mikro-GES suv keltirish quvuri.
Kichik GES lar, aksariyat, katta quvvatli GES larning barcha afzalliklarini saqlab qolish bilan birga, katta GES larning ba’zi kamchiliklaridan ham ozod boʻlgan. Masalan, tashqi muhitga negativ ta’sirining kamayganligi yoki mutloq yoʻqligidir. Kichik GES lar energetika tizimi bilan parallel ishlab, unga elektr energiya uzatish bilan bir qatorda, avtonom rejimda ham ishlab, kichik regionlarning resurslarini ishlatish imkonini ham beradi. Kichik GES lar daryo suvining sathi elektr energiya ishlab chiqarish uchun etarli boʻlganda faoliyat koʻrsatadilar. Avtonom rejimda, agar kichik GES akkumulyator tizimi bilan ta’minlangan boʻlsa, u holda ishlab chiqarilgan elektr energiya jamlanishi (akkumulyastiyalanish) imkoniyati yaratiladi va elektr energiya tanqisligi kamaytiriladi yoki toʻla bartaraf etiladi. Kichik GES lar rivojlanayotgan davlatlar uchun alohida qiziqish uygʻotadilar, chunki qimmat baho jihozlarni sotib olish uchun zarurat boʻlmaydi. Kichik energetika har bir hududning oʻz resurslarini ishlatish imkoniyatini beradi. Bugungi kunda jahon boʻylab birnecha minglab kichik gidro energetik stanstiyalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda elektr uzatish liniyalari etib bormagan aholi punktlari yoʻq deb aytilsa ham, biroq elektr energiya ishlab chiqaruvchi stanstiyalar va elektr tarmoqlari jihozlari eskirib ketganligi sababli, uzoq chekkalardagi aholi punktlarida elektr energiya tanqisligi seziladi. Ayniqsa, togʻ zonalarida joylashgan, gidro energiya potenstiali mavjud boʻlgan, uzoq chekkalardagi kichik aholi punktlarini elektr energiya bilan ta’minlashda kichik daryolarga oʻrnatilishi mumkin boʻlgan kichik energetikadan katta umid qilish mumkin. GES lar qurilishida suv omborlarining ekologik zarari oldi olish, stanstiyalar qurilishida kichik kapital sarflar boʻlishi va kapital xarajatlarni tezda (5 yilgacha) qaytarish imkoniyatlari kichik energetikaning dunyo boʻyicha rivojlanishini keyingi oʻn yilliklarda avj oldirib yubordi. Shu sababli aynan kichik GES lardan foydalanib, ularni zarur boʻlganda avtonom rejimda ishlatib, qolgan vaziyatlarda tarmoqqa elektr energiya uzatish uchun oson ulanishlar yordamida tarmoq bilan parallel ishlatish, oqilona ish hisoblanadi. Bundan tashqari, kichik gidroenergetika:
-ishonchli, ekologik toza va muqobil energiya manbaidir;
-ishlab chiqarishda oddiy;
-suv havzalari va atrof-muhitni ifloslantirmaydi;
-maksimal soddalashtirilgan konstrukstiyaga va minimal rostlovchi organlariga ega;
-toʻla avtomatlashtirilgan, ya’ni ekspluatastiya jarayonida xizmat qiluvchi personal mavjud boʻlishi shart emas;
-ekspluatastiya jarayonida oʻrnatish yoki xizmat koʻrsatish uchun minimal xarajatlar talab etiladi;
-ishlab chiqarilayotgan elektr energiya barcha parametrlari (tok chastotasi, kuchlanish) boʻyicha standartga mos boʻlib, ham avtonom rejimda, ham tarmoq tarkibida boʻlishi mumkin;
- stanstiya ishlashining toʻla resursi - 40 yildan kam emas (kapital ta’mirlagunga qadar kamida 5 yil).
Do'stlaringiz bilan baham: |