Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste'molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim ta’sir koʻrsatadi


-rasm. Energetika tizimi sutkali yuklanish grafigi



Download 1,68 Mb.
bet4/13
Sana02.07.2022
Hajmi1,68 Mb.
#732415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
fazliddin yangi

2-rasm. Energetika tizimi sutkali yuklanish grafigi
Ushbu rasmdan shuni anglash mumkinki, iste’molchini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash uchun elektr stanstiyalarda doimiy zahira generatorlari boʻlishi shart va bu zahira har onda ishga tushirishga shay boʻlishini ta’minlash shart. Elektr energetika tizimlarida bunday zahiralar sifatida, aksariyat, gidro elektr stanstiya generatoridan foydalaniladi. Chunki issiqlik elektr stanstiyasidagi (IES) generatorni ishga tushirish, GES lar generatorini ishga tushirishga nisbatan vaqt boʻyicha ancha muddat talab etadi.
Kichik GES lar turlari
Kichik GES larning yuqorida keltirilgan afzalliklaridan tashqari yana bir bir yaxshi xususiyati – ularni ham baza rejimida, ham zahira rejimida ishlatish mumkin ekanligidir. Gidro elektr stanstiyalar ishlab chiqarayotgan quvvati miqdoriga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
-quvvatli GES lar - oʻrnatilgan quvvati 25 MVt va undan katta;
-oʻrta quvvatli - 25 MVt gacha;
- kichik GES lar - 5 MVt gacha.
GES larning quvvatlari suv bosimi va generatorning f.i.k. ga bevosita bogʻliq. Tabiat qonunlariga muvofiq, yil fasillari oʻzgarishi va boshqa bir qator omillarga koʻra, suvning sathi doimo oʻzgarib turishi sababli, gidro elektr stanstiya quvvati sifatida quvvatning stiklli qiymati qabul qilingan. Masalan, gidro elektr stanstiyaning yillik, oylik, haftalik yoki sutkali ishlash stikllari qabul qilingan. Hozirgi kunga kelib kichik gidro elektr stanstiyalarning barcha mamlakatlar uchun mos boʻlgan ta’rifi yoʻq. Oʻzbekistonda mikroelektr stanstiyalar sirasiga oʻrnatilgan quvvati 30 MVt dan kam boʻlgan GES lari kiradi. Rossiyada kichik GES lar qatoriga quvvati 0,2 MVt dan 5 MVt gacha boʻlgan mini-GES lar va quvvati 0,2 MVt gacha boʻlgan mikro-GES lar kirsa, bir yilda (1982) ishlab chiqargan elektr energiyasining 99% ni GES lar yordamida olgan Norvegiyada kichik gidroenergetika quyidagi toifalarga boʻlinadi: mikro-GES - 0,1 MVt gacha; mini-GES lar 0,1 -1,0 MVT. Jahon banki kichik gidro elektr stanstiyalar toifasiga quvvati 10 MVt dan kam boʻlgan stanstiyalar kiritadi. Bugungi kunda gidro energetikani quyidagicha toifalashga keng e’tibor berilmoqda: 1,0 MVt gacha mikro-GES lar; 1,0 MVt dan 10 MVt gacha quvvatga ega boʻlgan stanstiyalar kichik GES lar.
Togʻliklarda joylashgan sharqiy qoʻshni davlatlardagidan farqli ravida, Oʻzbekiston hududida, katta daryolar nisbatan tekis erlarda oqib oʻtadi. Shu sababli, ularda katta quvvatli GES lar qurish imkoniyati kam. Biroq, oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, davlatimiz hududining gidro energetik potenstiali 4 GVt dan yuqori ekan. Bu esa bizning hududda na faqat oʻrta quvvatli GES larni qurish, montaj qilish va ishlatish mumkin ekan, balki kichik (mini-) va mikroGESlardan ham foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud ekanligini bildiradi. Bunga misol sifatida davlatimizda kelajak ikki yil mobaynida kichik GES lar qurilishini rejalashtirilishini keltirish mumkin. Davlatimizning bunday katta gidroenergetik potenstiali togʻli viloyatlarning kichik daryolarida minglab mini va mikro GESlarni oʻrnatish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston olimlari tomonidan yaratilgan arzon va amaldagi elektr tarmogʻiga ulashning oson usulini qoʻllab ishlatiladigan mini- va mikro-GESlarni xalq xoʻjaligi va tadbirkorlarning korxonalarida ishlab chiqarilishni va sotishni yoʻlga qoʻyish taklif etildi.
Ushbu masalaning mohiyati shundaki, hozirgi kungacha mini- va mikro-GES lar, aksariyat, avtonom rejimda ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, taklif etilayotgan qurilmalar esa, zarur boʻlganda avtonom rejimda ishlatilishi mumkin, GES egasida elektr energiyaga boʻlgan ehtiyoj kamayishi bilan uni oson yoʻl bilan tarmoqqa ulash mumkin. Natijada xususiy tadbirkorlar mini- va mikro-GES larni sotib olib, oʻz xususiy korxonalarida oʻrnatib, elektr energiyasiga boʻlgan oʻz ehtiyojlarini qondiradilar, qolgan elektr energiyani esa tarmoqqa uzatib, elektr energiyani taqsimlovchi korxonalarga sotishni yoʻlga qoʻyish ishlari yuqori samara berishi aniq. Kichik GES lar toʻgʻonli va tez oqar suvlarda toʻgʻonsiz usulida qurilishi (oʻrnatilishi) mumkin.

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish