Elektr energiyasi poezdlarni tortish uchun qo'llangan ilk tajribalarda energiya manbai va elektr dvigatel` harakatlanuvchi birlikda joylashar edi



Download 6,19 Mb.
bet12/26
Sana25.02.2022
Hajmi6,19 Mb.
#289902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Maruza

4. Nayzasimon tayanch izolyatorlar.
Izolyatorlarning asosiy turlari Izolyatorlar tok o`tuvchi qismlarni bir–biridan va yerdan elektr va issiqlik, ya’ni teplo, izolyasiya qilishga, tok o`tuvchi qismlarni mustahkam mahkamlashga hamda tok o`tuvchi qismlardan qisqa tutashuv toklari oqqanda yuzaga keladigan elektrodinamik zarbalarning ta’siriga chidamli bo`lishga mo`ljallangandir.
Izolyatorlar yuqori sifatli farfor, chinni (keramika), shisha, epoksid kompundi, polimerlardan yasaladi.
Izolyatorlar, jixozlarida ishlatiladigan jixoz izolyatorlariga, taqsimlash qurilmalarida ishlatiladigan stansiya izolyatorlariga, havo elektr uzatgich yo`llarida ishlatiladigan likobcha izolyatorlar va ularning girlyandasiga bo`linadi.
Stansion izolyatorlar o`z navbatida ochiq havoda va bino ichida o`rnatiladigan tayanch izolyatorlari va kirma izolyatorlariga bo`linadi (68a,b-rasm, rangli ilovaga qarang, 344 bet) [13]. Tayanch izolyatorlar shina konstruksiyalari va tok o`tuvchi boshqa qismlarni mahkamlash uchun ishlatiladi. Kirma izolyatorlarda izolyator quvuri ichidan o`tkazilgan mis tayoqcha yoki shinalar bo`ladi. Kirma izolyatorlardan tok o`tuvchi qismlarini taqsimlash qurilmasining tokchalaridan, yopmalaridan va devorlardan o`tkazish uchun foydalaniladi. Izolyatorlardagi metall detallar ularni tayyorlash vaqtida sement surkamasi va chinni kukuni yordamida mustahkam biriktiriladi, ya’ni armirovka qilinadi.
Bino ichida o`rnatiladigan stansiya tayanch va kirma izolyatorlari 6 kV, 10 kV, 35 kV kuchlanishlarga moslab to`rt guruhda ishlab chiqariladi. Bu guruhlar sinish yuklamalariga ko`ra quyidagicha tavsiflanadi: A guruh–sindiruvchi yuklamasi 375 kg; B guruh–sindiruvchi yuklamasi 750 kg; V guruh–sindiruvchi yuklamasi 1250 kg; D guruh–sindiruvchi yuklamasi 2000 kg.
Ruxsat etilgan yuklama sindiruvchi yuklamaning 60 % teng bo`ladi.
Izolyator materialiga talablar. Izolyator sirti bo`ylab oqadigan zaryad yo`lini uzaytirish uchun izolyator sirtida maxsus shakldagi do`nglik qovurg`alar (rebra) hosil qilinadi. Chinnining elektr chidamliligi 30 ё 40 kV/mm, shishaniki – 45 kV/mm. Chinining 1,5 mm da mexanik chidamliligi qisishga 45 MPa, tortishga 30 MPa, bukishga 70 MPa dan qolishmaydi. Namlanishdan saqlash uchun chinni izolyator sirti oq yoki jigarrang glazur bilan qoplanadi. Izolyator materialining sirti gigraskopik, yani namlik yutuvchi, bo`lmasligi, meteorologik sharoit ta’sirda o`z hossalarini o`zgartirmasligi hamda yuqori darajada trekingga chidamli bo`lishi shart.
Izlyatorlar bajaradigan vazifasiga qarab quyidagilarga bo`linadi: tayanch izolyator; osma izolyator; kirma izolyator.
Tayoqcha tayanch izolyator. Tok o`tkazuvchi chisha yoki kontakt detallarni o`rnatishda qo`llanadi(67b,v-rasm).
Tuzilishi: uzunchoq chini yoki farfor tananing ikki uchiga metall biriktirgich sement bilan mustahkam o`rnatilgan. Ichki qurilmaga tanasi to`la yoki g`ovak chinnilik 35 kV gacha chiqariladi.
Belgilanishi: OF–35–375; O–tayanch (oporniy), F–farfor, nominal kuchlanish Un=35 kV, bukish kuchi 375 kN. Ichki qurilmalarda ishlatiladigan stansion tayanch izolyatorlar 67v-rasmda hamda 68-rasmda (rangli ilovaga qarang) keltirilgan.

Tashqi qurilmada ishlatiladigan izolyatorga sirt qovurg`alari ko`pincha kuchlanish 35 kV, 110 kV bo`lgandagina yasaladi. Belgisi: ONS–35-2000 bo`lib, unda O–tayanch, N – tashqi, S – tayoqcha, Un=35 kV, parchalash kuchi F=2000 kN. Tayanch izolyatorlar qisqa tutashuvda paydo bo`ladigan katta elektrodinamik kuchlarga chidashi kerak.
Nayzasimon tayanch izolyatorlar. Yuqori kuchlanishli simlarni tayanchlariga o`rnatishda ishlatiladi.
Tuzilishi: farfor tananing tagida metall nayzasi o`rnatiladigan mahsus chuqurcha va tepasida sim biriktiruvchi ariqcha va simni ushlab turuvchi botiqlik bor (67a – rasm va 69a-rasm).

68-rasm. Izolyatorlar shodasining ko’rinishi Bunday izolyatorlarning 6 kV, 10 kV uchun tanasi bir elementlik va 35 kV uchun tanasi bir-biriga mustahkam biriktirilangan bir necha elementli bajariladi. Belgisi: SHF–6 va SHS–6. Dielektrik materiali: SH – nayza (shtir’), F – farfor, S – shisha, nominal kuchlanishi Un=6 kV.
Likobcha osma izolyator havo elektr uzatish yo`llari va temir yo`l kontakt tarmog`ining tok o`tkazuvchi simlarni tayanch konstruksiyasiga osish maqsadida ishlatiladi.



69-rasm. Izolyatorlarning tashqi ko`rinishi: a) - nayzabоp tayanch izоlyatоrlar; b) - likоbcha оsma izоlyatоr.
Tuzilishi: metall tutgichli likobchasimon osma izolyator 69b-rasmda keltirilgan. Chinni, farfor yoki shisha tana tepasiga metall do`ppi 1 va tagiga ilgakli metall tayoqcha 3 sement bilan izolyator 2 ga biriktirilgan bo`ladi. Likobchaning yomg`ir va qorda ham quruq holda qoluvchi pastki qismiga ko`pincha bir, ikki va uch dona qovurg`alar yasaladi. Kuchlanish 6 kV va 10 kV bo`lganda ko`pincha yakka izolyator, 35 kV, 110 kV, 220 kV va 500 kV da 2 ё 20 dona likobchasimon izolyatorli izolyatorlar shodasi-girlyanda shaklida ishlatiladi (70-rasm). Hisob uchun kerak bo`ladigan girlandaning bitta izolyatori elektrodlari 1 va 3 orasidagi

C sig`im, izolyator elektrodi 1 bilan metall tyanchi orasidagi C1 sig`im va yuqori kuchlanishli sim orasidagi C2 sig`imi ko`rsatilgan. Girlyanda sharnirli bo`lgani uchun u faqat tortish kuchiga ishlaydi, ammo izolyator chinnisi ichida metall do`ppi va tayoqcha shunday joylashtirilganki, chinni mexanik mustahkamligi yuqori bo`lgan faqat qisilish kuchi ta’siriga ishlaydi.
Likobchasimon osma izolyatorning tepa sirti tekis bo`ylab, 5o-10o konus shaklida yasaladi, va yomg`ir suvini to`xtamay oqib tushishini ta’minlaydi (69b-rasm).
Izolyatorning ostki sirti zaryad yo`lini uzaytirish uchun bir necha do`ngalak qovurg`ali yasaladi. Likobcha osma izolyatorni ishdan chiqishiga do`ppi bilan tayoqcha orasida chinni yoki shisha hajmini elektr teshib o`tilishi sabab bo`lsada, ammo mexanik chidamliligi o`zgarmay qolgani uchun sim yerga tushmaydi. Belgilanishi: PS– 16B; P –osma (podvesnoy) S–shisha dielektrikli, 16– tortish kuchi F=160kN va B–izolyatorning tuzilishini ko`rsatadi. Likobchasimon osma izolyatorlar havo elektr uzatish yo`li simlarning va unga ilashgan muzning tonnalab og`irligini ko`tarishga qodir.
Tayoqcha osma izolyator. Tuzilishi: ko`rinishi-cho`zinchoq, sirti-qovurg`ali shakldagi farfor tayoqchaning ikki uchiga metall do`ppi biriktirilgan (71a-rasm). Polimer va uzinasiga shisha tola bilan pishiqlashtirilgan epoksid kompaundidan yasalgan izolyator ham keng qo`llaniladi. Jumladan, shisha tolali- epoksid materialidan yasalgan tayoqcha osma izolyatorlardan havo elektr uzatish yo`llarining faza simlari orasidagi hamda ko`p simlik fazalardagi simlar orasidagi havo masofasini o`zgarmasligini ta’minlashda foydalanilmoqda. Osma tayoqchasimon izolyatorlar havo elektr uzatish yo`llari simini osib qo`yishda kam qo`llaniladi, chunki izolyator sinsa, sim yerga tushib ketishi mumkin.



suyuq dielektriklar tuzilishida uglerod atomi kremniy atomi bilan almashtirilgan bo`ladi. Sintetik suyuq dielektriklarning ishlash temperaturasi anchi yuqori 400 ё 500 0C bo`lib, tabiiy dielektrik esa 100 ё 150 0C gacha ishlaydi.
Izolyasiyani koordinasiyalash-muvofiqlash–deb izolyasiya elektr mustuhkamligi bilan unga ta’sir etuvchi kuchlanish orasidagi zaruriy moslashuvni ekspluatasiyada ta’minlashga aytiladi. Bunda izolyasiyani iqtisodiy asoslangan kichik shikastlanish va javobgarligi kamroq iste’molchilarni elektr ta’minotida uzulish extimoli ko`zda tutiladi.
6-Mavzu: Шиналарга техник хизмат кўрсатиш. Шиналарни монтаж қилиш.
Reja:
1.Elektr havfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
2.Tok o’tkazish shinalar va shinalar shakilari.
3.Shinalarni boltli ulash asbob anjomlar.
4.Shinalar turlari yuqori kuchlanish shina qurulmalari.

Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish