Mavzu: "Электр подстанция қурилмаларининг электр йиғиш ишлари" o’quv amaliyotining maqsad va vazifalari. Mehnat muxofazasi, texnika,elektr va yong’in xavfsizligi qoidalari.
Reja:
Kirish.O’quv amaliyotining maqsad va vazifalari
Elektr yig’ish ishlarida ishlatiladigan asbob-uskunalari
Mehnatni muxofaza va Xавфсизлик техникаси қоидалари
4. Elektr va yong’in xavfsizligi qoidalari.
Elektr qurilma - bu shunday qurilmaki, unda elektr energiya ishlab chiqarilidi, yoki elektr energiyani bir turdan - o‘zgaruvchan tokdan ikkinchi turga - o‘zgarmas tokka yoki teskariga aylantiriladi, kuchlanishi yo chastotasini o‘zgartiriladi, yoki elektr energiya taksimlanadi yoki iste’mol qilinadi. Elektr kurilmaning ishlash tartibi va vazifasini uning elektr sxemasi belgilaydi.
Taqsimlovchi qurilmalar RU (raspredelitelnыe ustroystva) elektr kurilmalar safiga kirib, nominal kuchlanishli elektr energiyani qabul qilish va taqsimLash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibiga kommutatsiya apparatlari, yordamchi kurilmalar hamda shinali tok o‘tkazgichlari kiradi. Taqsimlovchi kurilmalar atmosfera havosida ishlovchi ochiq qurilma ORU (otkrыtoe raspredelitelnoe ustroystvo) va qisilgan havo yoki elegaz to‘ldirilgan metall qobiqda ishlovchi yopiq qurilma ZRU (zakrыtoe raspredelitelnoe ustroystvo) turida baja- riladi. YOpuq kurilma topщi havo kira olmaydigan germetik zich qilib berkitilgan holda bajarilgan bo‘lsa, u GRU (germeticheskoe raspredelitelnoe ustroystvo) deb ataladi.
Elektr nimstansiya elektr kurilmalar to‘plami bo‘lib, unda elektr energiyaning kuchlanishi, tokining turi - o‘zgarmas yo o‘zgaruvchan, chastotasi bo‘yicha o‘zgartirilib, iste’molchilar fiderlarlariga bo‘lib taqsimlanadi. Nimstansiya tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: elektr energiyaning kuchlanishini o‘zgartirish uchun uchun xizmat qiladigan kuch transformatorlari; elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi o‘zgartgich kurilmalar PU (preobrozovatelnыe ustroystva); elektr energiyani taqsimlash qurilmalari RU; boshqarish qurilmalari; himoya apparatlari ZU (zaщitnыe ustroystva) va o‘lchash asboblari IU (izmeritelnыe ustroystva) hamda yordamchi inshootlardan. Nimstansiyalarning tashqi elektr ta’mi- noti kuchlanishi 500 kV, 220 kV, 110 kV, 35 kV havo elektr uzatuvchi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Elektr transporti tizimida nimstansiyalar, xizmat burchiga qarab, tortish va pasaytirish yoki birlashgan tortish- pasaytirish guruhlariga ajratiladi. Ular er osti yoki er ustida joylanishi mumkin.
Tortuvchi nimstansiya TP (tyagovaya podstansiya) bu elektr energiyaning iste’molchi nimstansiyasi bo‘lib, u elektrlashgan temir yo‘l transporti va metropoliten, trolleybus, tramvaylarning kontakt tarmog‘ini yuqori sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlab turishga mo‘ljallangan. Tortuvchi nimstansiyalardan notortuvchi boshqa istmolchilar ham elektr energiya bilan ta’min- lanadilar. Tortuvchi nimstansiya kontakt tarmog‘i orqali transport vositalarining elektr tortish tizimlarini elektr energiya bilan ta’minlashni amalga oshiruvchi nimstansiyadir.
Tortuvchi nimstansiyalar quyidagi sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi va bo‘linadi: - tashqi energiya ta’minoti tizimiga ulanishi bilan: tayanch (opornыe TP), oraliq - tranzit (promejutochnыe ili tranzitnыe TP), shahobcha yoki ulama (otvetvlennыe ili otpaechnыe TP) va chekka yoki boshi berk (kotsevыe ili tupikovыe TP) tortuvchi nimstansiyalarga; elektr tortishga xizmat ko‘rsatuvchi amaldagi elektr energiya tizimlari bilan: 1) 27,5 kV yuqori kuchlanishli 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tizimi; 2) 2x27,5 kV yuqori kuchlanishli 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tizimi; 3) 3,3 kV yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok tizimi; 4) o‘zgaruvchan tok va o‘zgarmas tok to‘qnashuvchi oraliq tizimiga ega tortuvchi nimstansiyalarga; 5) kich raytirilgan chastotali o‘zgaruchan tokli tortuvchi nim- stansiyalarga; - tok o‘zgartirgich (preobrazovatel) turlari bilan: o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi to‘g‘ri- lagichli (vыpryamitelnыe TP) va to‘g‘rilagich ham inven- torli (vыpryamitelno - inventornыe TP) tortuvchi nim- standiyalarga; - trasformatsiyalash usuli bilan: bir pog‘onalik va ikki pogonalik tortuvchi nimstansiyalarga; - tortuvchi nimstansiyalarga kirib keluvchi tarmoq kuchlanishi bilan: (6)10 kV, 35 kV 110 kV, 220 kV nimstansiyalarga; - boshkarish sxemasi bilan: masofadan teleboshqari- luvli va mikroprotsessor boshqaruvli nimstansiya; tele- boshqaruvsiz, ya’ni ko‘lda boshqariluvi (s ruchnыm upravleniem), nimstansiyaga; - xizmat ko‘rsatish usuli bilan: navbatchi xizmatchisi yo‘q nimstansiyaga; navbatchilikni uyda bajaradigan xiz- matchili nimstansiya; muayyyan navbatchi xizmatchili nimstansiyaga; - harakat turi bilan: turgun nimstansiya va harakat- lanuvchi nimstansiyaga.
Tortuvchi nimstansiyalarga 35 kV kuchlanish kirib kelsa, o‘zgartgichga qarab 1,52÷3,79 kV kuchlanish beradigan bir pogonali transformator o‘rnatiladi. Agar uning shina- larga 110 kV kuchlanish kirib kelsa, uni maxsus transformator yordamida avvalo 10 kV yoki 35 kVga pasaytirib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |