Ammo, ayrim holatlarda tajribali pedagoglar ham pedagogik vaziyatni to`g’ri anglashga e’tiborsiz qaraydilar. Natijada pedagogik faoliyatda nomutanosibligi vujudga keladi: pedagog o`z faoliyatining pedagogik maqsadlarni hal etilishini ta’minlay olish-olmasligini o`ylab o`tirmay, o`quvchilarni faollashtiradi, ko`rgazmali qurollardan foydalanadi, bilimlarni nazorat qiladi. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi mazmun mohiyati. Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi muhim kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan shaxsiy sifatlariga, kasbiy va tayanch layoqatlarga ega jahon standartiga mos, raqobatbardosh, kadrlarni tayyorlashdir. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi yuqorida qayd etilgan jihatlarni sakllantirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |