Bu bosqichida o`qituvchining mustaqil, shu bilan birga o`quvchi bilan hamkorlikda o`quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati etakchi o`rin tutadi. Demak, pedagogik jarayonni loyihalash aniq maqsad, mazmun va faoliyat o`rtasidagi bog’liqlikni ask ettirishi lozim. Loyihalar predmet va uning yo`nalishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo`yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat, oldindan ko`ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo`ladi. Tashhis, oldindan ko`ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog’ozda taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |