Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo`llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida o`quvchi va o`quvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari. Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish testlari etuk mutafakkirlar hamda ilg’or pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan. Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida ro`y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat jihatidan keskin o`sib borishi o`z- o`zidan o`quvchilarga ular borasida tezkor sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo`ymoqda. Ushbu talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni o`zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo`lgan ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o`quv manbalari (o`quv dasturi, rejasi, darslik, qo`llanmalar) saviyasi, shuningdek, pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |