Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi



Download 1,54 Mb.
bet7/8
Sana09.06.2022
Hajmi1,54 Mb.
#647209
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekzogen jarayonlar shamolning geologik ishi

19-rasm. Taqir.
Adirli (lyossli) sahrolar ham qumli sahrolarning chekka qismlarida rivojlanadi. Bunda shamol uchirib kelti-rilgan chang zarralari to‘planadi. Turli qalinlik-dagi lyossli jinslar to‘pla-nadi. Adirlarning yuzasi vaqtinchalik oqar suvlarning faoliyati tufayli odatda notekis bo‘ladi. Kuchli jarlanganlik kuzatiladi. Lyossli jinslar vertikal ajralish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli jarlarning borti har doim tik bo‘ladi (125-rasm).
Lyosslar (lyoss nemischada sariq tuproq ma’nosini anglatadi) sarg‘ish-qo‘ng‘ir, sarg‘ish-kulrang va bo‘zrangli, yumshoq va g‘ovakli jinslar bo‘lib, kontinental yotqiziqlarning muhim genetik turi hisoblanadi. Ulaning tarkibida 90% dan ortiq kvars va boshqa silikatlarning hamda glinozemning changsimon zarrachalari bo‘ladi. 6% ga yaqinini odatda noto‘g‘ri shakllardagi ohakli uyushiqlarni (sho‘x) tashkil etuvchi kalьsiy karbonat tashkil etadi. Lyosslarning o‘ziga xos belgilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:




20-rasm. Adirdagi lyossli jinslar.

- changsimon zarralardan tuzilgan bo‘lib, ko‘proq 0,05 mm dan 0,005 mm diametrli alevrit zarralaridan tashkil topgan;
- qatlamlanish xususiyati yo‘q, butun qalinligi bo‘yicha yaxlit tuzilgan;
- karbonatli g‘uddalar va uyushiqlarga egaligi;
- vertikal ajralish xususiyatiga egaligi;
- yuqori darajadi (50 - 60% gacha) g‘ovakligi;
- namlanganda va yuk ostida cho‘kish qobiliyati.
Lyosslarning eng ko‘p qismi Ukrainadan Janubiy Xitoygacha cho‘zilgan hududlarda tarqalgan. Lyosslarning qalinligi bir necha metrdan yuzlab metrgacha boradi. Xitoydagi lyosslar juda qalin bo‘lib 250 - 350 m gacha etadi. O‘zbek olimlaridan akademik R.O.Mavlonov O‘rta Osiyodagi lyosslarni aksariyati shamol yordamida hosil bo‘lganligini isbot qilgan.
Lyossli adirlar O‘rta Osiyoda, Kavkazortida, Ukrainada va Afg‘onistonda keng tarqalgan.
Sho‘rxokli (sho‘rlangan) sahrolar grunt suvlarining yotish chuqurligi katta bo‘lmaganda kuzatiladi. Tuproqdagi namlik kapil­lyarlar orqali yer yuzasiga so‘rilib, bug‘lanib ketadi. yerosti suvla­rining mineralizatsiyasini tashkil etuvchi tuzli birikmalar yer yuzasini oppoq, yumshoq, g‘ovakli po‘stloq bilan qoplab oladi. SHo‘rxokli sahro AQSHdagi “O‘limlar vodiysi” va Markaziy Qizilqumdagi Minbuloq, Qoraqota botiqliklarida, Kaspiy va Orol dengizi oralig‘ida joylashgan Ustyurt platosida keng tarqalgan. Markaziy Qizilqumdagi Lavlakon sho‘rxoklari bir qancha sho‘r ko‘llardan iborat bo‘lib, jazirama issiqda faol bug‘lanish natijasida tuz qatlami hosil qilib, qurib qoladi. Ularning to‘yinishi yer yoriqlaridan chiqayotgan sho‘r Yerosti suvlari bilan bog‘liq.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish