9-rasm. Barxan qumlari.
Sahrolarda juda kam yomg‘ir va qor yog‘adi (yiliga 200 mm dan kam). Quruq havo yog‘in-sochinlar miqdoridan 10-15 marta ortiq bo‘lgan namlikni bug‘lantirishi mumkin. Bunday kuchli bug‘lanish sababli kapillyar bo‘shliqlar orqali doimo sizot suvlarining yer yuzasiga qarab vertikal harakati sodir bo‘ladi. Bu suvlar tuproqdan temir va marganetsning oksidli birikmalarini eritib olib chiqadi va qoyali tog‘ jinslarining yuzasida qo‘ng‘ir yoki tim qora rangli yupqa plenka hosil qiladi. Ular «sahro toblanishi» deyiladi.Shamol ishining xarakteri bo‘yicha sahrolar deflyasion va akkumulyativ turlarga ajratiladi.
Deflyasion sahrolar (Afrikada gammada, O‘rta Osiyoda qir deb yuritiladi). Ular g‘aroyib shakllarga ega bo‘lgan qoyalardan yoki qoyali toshlarning to‘plamlaridan iborat bo‘ladi.
Bunday sahrolarga AQSHdagi Monumentlar vodiysi (119-rasm) va Kalaxari sahrosini (Kalahari Desert) misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Kalaxari Janubiy Afrikadagi qo‘shni Botsvana, Namibiya, JAR davlatlari hududlarida joylashgan.
10- rasm. Deflatsion sahro (Monumentlar vodiysi).
|
Kalaxari – yirik sahrolardan biri bo‘lib, uning 600 ming km2 li katta qismi Botsvana hududida joylashgan.
Kalaxari sahrosidagi qumlar asosan qizil, qizg‘ish-qo‘ng‘ir, pushti ranglarga ega. Kalaxari chekkalarida o‘simliklar o‘sadi va hayvonlar yashaydi. Sahro shu nomli botiqlikda joylashgan.
Akkumulyativ sahrolar tarkib topgan materiallari bo‘yicha barxanli (qumli), taqirli (gilli), adirli (lyossli) va sho‘rxokli (sho‘rlangan) turlarga bo‘linadi.
Barxanli sahrolar eng keng maydonlarni egallab yotadi. Dunyoda eng yirik sahro Afrikaning Shimoliy qismidagi Sahroi Qabir hisoblanadi. Uning maydoni 9 million km2 dan ortiq. U butun Shimoliy Afrikani: Misr, Tunis, Marokkash, Mavritaniya, Niger, Sudan, Chad, Liviya, Jazoir va boshqa davlatlar maydonini egallagan bo‘lib, Afrika kontinentining 30% maydonini tashkil etadi. Bu Yerda Shimoliy-sharqdan kuchli shamollar esadi. Sahroi Qabirning to‘rtdan birini vulkan tog‘lari, ikkinchi choragini qumlar, qolganini graviyli tekisliklar, o‘simlikli vohalar tashkil etadi (120-rasm). O‘rta Osiyoda Qoraqum va Qizilqum sahrolari asosan barxanli qumlar bilan qoplangan.
Barxanli sahrolar odatda deflyasiya va korraziya mintaqalariga yaqin joylarda hosil bo‘ladi. Barxanli sahrodagi qumlar yuqori darajada saralanganligi va yaxshi dumaloqlanganligi bilan boshqa genezisdagi qumlardan farq qiladi. SHuningdek ularning yuzasida tirnash izlari kuzatiladi va xira bo‘ladi. Qum zarrachalarining o‘lchami odatda 0,25 - 0,1 mm dan oshmaydi. Ularda kvars minerali ko‘p, kamroq dala shpati uchraydi. Eol qumlarining rangi oqish, sarg‘ish va ba’zan qo‘ng‘ir bo‘ladi. Eol qumlarida parallel emas, balki qiya va to‘lqinsimon qatlamlanish kuzatiladi. Qiya sYeriyalarning og‘ish tomoni bo‘yicha shamol esgan yo‘nalishni aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |