17
2. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari
Reja:
2.1.Evroittifoq
mamlakatlarida
yo‘l harakati xavfsizligini oshirish
siyosatining bosqichlari
2.2. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning uslubiy yondoshuvlari
2.3. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari
Tayanch iboralar:
yo‘l harakati xavfsizligi, rivojlangan davlatlar, Evropa
ittifoqi, jamoatchilik, hukumat, ekspertlar, Xeddon matritsasi,
ta’lim, tez tibbiy yordam, muhandislik tadbirlari, majburiy tadbirlar, yo‘l harakati
qoidalari, huquqiy-me’yoriy asoslar, xavfsiz shahar, tadbirlar.
Rivojlangan
davlatlarning
tajribalarini
tahlili,
natijalaridan
soha
muammolarini echishda foydalanish maqsadga muvofiqdir, masalan, Evroittifoqqa
(EI) a’zo bo‘lgan qator mamlakatlarda yo‘l harakati xavfsizligi siyosati tarixi
quyidagi bosqichlardan iborat[15]:
1.Boshlang‘ich bosqich -EI da YHX siyosati asoslarini
yaratish bosqichi
(1986-1993yy).
2.Birinchi harakatlar rejasi (1993-1996yy).
3.Ikkinchi harakatlar rejasi (1997-2001yy).
4.Oq kitob.2010 yilga Evropa transport siyosati.Muammoni hal qilish vaqti.
5.Uchinchi harakatlar rejasi (2003-2010yy).
6.YHX ni ta’minlash bo‘yicha 2011-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi.
Evroittifoq davlatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
siyosatining asosiy maqsadi 10 yil ichida YTH oqibatida halok bo‘lganlar sonini
50 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichgacha kamaytirishdan iboratdir.
Xorijiy mamlakatlarning yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan
amaliy harakatlar tajribasi, shuni ko‘rsatadiki, quyidagi holatlarda sezilarli va
qat’iy natijalarga erishish mumkin:
18
1.Jamoatchilik yo‘llardagi halokatlilik muammosidan
xavotirda va uning
jiddiyligini tushunishadi.
2.Davlat rahbarlari va siyosiy liderlari yo‘llardagi holatlarni yaxshilash
majburiyatlarini olishadi.
Jamoatchilik tomonidan muammoni qanchalik past darajada tushunilsa,
hukumat tomonidan bu muammoga qiziqish va uning echimiga rag‘bati shunchalik
past bo‘ladi.
Butun jahon Banki yo‘l harakati xavfsizligini oshirish faoliyatini yaxshilash
xalqaro tashkiloti sifatida milliy tushunishga “tayyorgarlikning” yo‘l halokati
muammosini echishga qaratilgan uchta darajasi aniqlangan:
1.Harakat
xavfsizligining
dolzarbliligini
past
darajada
tushunish.
YTH
to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimli to‘planmaydi, ma’lumotlar bazasi aniq
emas.Aholi o‘rtasida tavakkalchilik guruhlari va tendensiyalari o‘rganilmagan.
Muammoga hukumatlarning umumiy
qiziqishlari yuqori emas,biroq alohida
notinch kishilar doimiy ravishda bu muammoni ko‘tarib turadi.Halokat
muammosini tizimli ravishda tahlil qilib turuvchi kishilar soni juda kam, xaqaro
darajadagi mutaxassislar esa umuman yo‘q .Jamoatchilik mazkur darajada yo‘l
halokati muammosini hal qilishga tayyor emas.
2.Hukumat yo‘l halokati muammosini zarur deb hisoblaydi,
shunga
qaramay
muammoga milliy ustunlik berilmaydi.Harakat xavfsizligini oshirish muammolari
bilan shug‘ullanuvchi guruhlar mavjud, ular xalqaro Kengashlar tomonidan tashkil
etilgan bo‘lib, natijasiz faoliyat olib borishmoqda.Ba’zi vazirliklar muammo
echimiga jalb etilgan,lekin ular muammoning faqat bir qismigagina javobgarlik
bilan qarashadi va doimiy faollikda bo‘lishadi.Ommaviy axborot vositalari doimiy
ravishda muammoni ko‘taradi,biroq ba’zi tashkilotlargina
alohida savollar
bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadilar. Millat yo‘l halokati muammosini echishga
qaratilgan ilk qiziqishlarini ko‘rsatadilar, ammo tizimlilik yo‘q.
3.Hukumat muammoni tashqaridan ekspert qo‘llab quvvatlashlarini tan oldi,
shunga qaramay unga milliy ustunlikni bermadi. YTH ma’lumotlar bazasi
yaxshilandi,mutaxassislar yo‘l xavfsizligi savollari bo‘yicha zamonaviy bilimlarga
19
ega bo‘lishlari uchun malakalarini oshirishdi. Yo‘l tarmog‘ining YTH ko‘p sodir
bo‘ladigan
qismini aniqlash, sodir bo‘lish sabablarini tahlil qilish, yo‘l harakati
ishtirokchilarining tavakkalchi zvenolarini aniqlash bo‘yicha ishlar olib
borilmoqda. Milliy Dastur qabul qilinmoqda, yo‘l harakati havfsizligi bo‘yicha
milliy Sovet uning bajarilishini muvofiqlashtiradi, hududiy darajada ularni qo‘llab
quvvatlab turadi.Haydovchilar
tayyorlashni yaxshilash, transport vositalarining
sifatli texnik ko‘rigini o‘tkazish, bolalarni o‘qitish va bolalar jarohatining oldini
olish bo‘yicha profilaktika ishlari, qonunchilikni takomillashtirish va yo‘l
harakatining
boshqa
ishtirokchilariga
xavf
tug‘diradigan yo‘l harakati
ishtirokchilariga nisbatan qatiy choralar ko‘rish kuchaytirilmoqda.
SHunday qilib, shakllanayotgan va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha olib
borilayotgan siyosat – ko‘p tabaqali jarayon bo‘lib, muammo to‘g‘risidagi
signaldan boshlanadi (statistika va uning boshqa mamlakatlar
statistikasi bilan
solishtirilishi asosida). Keyin signal muammoni hal qilish uchun mutaxassislarni
jalb etadi, mutaxassislar esa muammoga ommaviy axborot vositalari(OAV)
ishtirokini faollashtiradi. OAV esa muammoga jamoatchilik va hukumat e’tiborini
jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: