15
Mamlakatimiz aholisi yo‘l harakati xavfsizligi
tadbirlari samaradorligini
baholash tahlili bo‘yicha BMT tomonidan o‘tkazilgan anketa so‘rovnomasida
ishtirok etmagan bo‘lsada, ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda Yo‘l harakati
xavfsizligi bo‘yicha milliy strategiya shakllangan va Davlat darajasidagi qator
xujjatlarda
o‘z
aksini
topgan:
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi PF №4947-sonli “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarida belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
11
iyul
2017
yil
3127-sonli
“Yo‘l
harakati
xavfsizligini
ta’minlash
tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi 377-son “O‘zbekiston Respublikasi
yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 iyul 2017 yil
3127-sonli
“Yo‘l
harakati
xavfsizligini
ta’minlash
tizimini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida
belgilanganlarni bajarish
maqsadida 2018-2022 yillar-da O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati
havfsizligini ta’minlash Konsepsiyasi qabul qilingan.
Yo‘l harakati haydovchi, avtomobil, yo‘l, piyoda va muhit (HAYPM) o‘zaro
harakatdagi murakkab kompleksdan iborat. Tizimning birorta elementidagi
buzilish yoki me’yorlarning o‘zgarishi, agar haydovchilar bunday holatlarda tez va
to‘g‘ri
qarorni qabul qilishmasa, YTH olib keladi. YTH olib keluvchi omillarni
HAYPM tizimi elementlari bo‘yicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1
.Haydovchi
-haydovchi ruhiy hamda jismoniy holatining tez va birdaniga
o‘zgarishi oqibatida transport vositasini boshqarish nazoratining yo‘qotilishi,
haydovchi
malakasining pastligi, yo‘l-transport muhitidagi intizomi va
madaniyatining pastligi.
2.
Avtomobil
-transport vositasining nosozligi xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi.
16
3.
Yo‘l
- yo‘l qoplamasining nosozligi, ta’mirlash ishlarining
olib borilishida HX
talablarining buzilishi, xavfli yo‘l qismlarida yo‘l belgilarining o‘rnatilmaganligi,
yo‘l qurilishi me’yorlari talablarining bajarilmaganligi, sutkaning qorong‘i
vaqtlarida yo‘l qismlarining yoritilmaganligi.
4.
Piyoda
- piyodalarda yo‘l-transport tizimida harakatlanish
madaniyatining
shakllanmaganligi, YHQ bilmasliklari, piyodalarning ruhiy hamda jismoniy
holatlari.
5
.Muhit
-transport vositasi harakatlanayotgan muhitga barcha to‘g‘ri
va qarama-
qarshi harakatlanayotgan, yo‘lni kesib o‘tayotgan yoki ba’zi bir sabab bilan yo‘lda
turib qolgan transport vositalari kiradi.
YTH asosiy omillari quyidagicha guruhlanadi: haydovchining ruhiy hamda
jismoniy holatiga bog‘liq bo‘lmagan (yo‘l sharoitlari), haydovchining ruhiy hamda
jismoniy holatiga bog‘liq bo‘lgan (yoshi, staji, charchashi), haydovchiga bilvosita
bog‘liq ( ob-havo sharoiti, transport vositasi oqimining yo‘nalishi)
ko‘rsatkichlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: