38
YTHning masshtabli sxemasida
yo‘l chorrahasini, temir yo‘l
kesishmasini
yoki boshqa yo‘l bo‘lagida bo‘lgan YTHni katta masshtablarda barcha yo‘l
qatnashchilarini (transport vositasini, piyodani) sxematik ravishda joylashtirilib
ko‘rsatiladi. Sxemani tahlil qilish natijasida YTH nima sababdan vujudga kelgani
va har bir ishtirokchini hodisaning oldini olish bo‘yicha imkoniyatlari qay darajada
ekanligi aniqlanadi. Bu sxemada transport vositalari va piyodalarning harakatlanish
traektoriyalari ko‘rsatilib, keyinchalik hodisa ro‘y bergan joydagi yo‘l sharoitini
yoki harakatni tashkil etish bo‘yicha o‘zgartirish takliflari ishlab chiqiladi.
YTHni tahlil qilishda avtomobil - yo‘l xo‘jaliklarida
va davlat harakat
xavfsizligi xizmati tizimida ko‘pchilik hollarda amaliyotda uchraydigan savollarni
echish, sodda va tushunarli bo‘lishi
uchun jadval, grafik, gistogramma,
siklogramma yoki topografik ko‘rinishlardan foydalaniladi. Quyida xo‘jalik
faoliyatida keng tarqalgan jadval, grafik, gistogramma, siklogramma va topografik
ko‘rinishlaridan misollar keltiramiz.
Ikkinchi uslubning asosiy maqsadi esa YTH ning barcha davrlariga, xodisa
sodir bo‘lishining ob’ektiv sabablariga va har bir hodisa qatnashchisining hatti-
xarakatlariga ilmiy asoslangan tavsif berishdan iboratdir.
YTH ni alohida olib tahlil kilish natijasida u bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy
shart-sharoitlar, xavfli va halokat vaziyatining
vujudga kelgan oni, harakat
qatnashchilarining qaysi xatti-harakatlari halokat vaziyatini vujudga keltirgani,
hodisaning oldini olish uchun haydovchida texnik imkoniyat mavjud edimi degan
savollarga ilmiy asoslangan javoblar topiladi va ular xodisa qatnashchilarini
o‘zlarining aybdorlik darajasiga qarab fuqarolik, ma’muriy
yoki jinoiy
javobgarlikka tortilishlarida muhim isbotiy dalil vazifasini o‘taydi. YAna bitta
asosiy masala, har bir aloxida olingan hodisa tasodifiymi yoki tasodifiy emasmi
degan savolga faqat ikkinchi uslub yordamidagina javob topish mumkin.
Haydovchining tormoz tizimi texnik nosoz avtomobilda xarakatlanayotgani
aniqlansa, u amaldagi qonunlarga asosan ma’muriy jazoga tortiladi. Haydovchi
texnik nosoz avtomobilni
boshqarib borayotib, piyodani bosib ketgan bo‘lsin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday xollarda ko‘pincha haydovchi jinoiy jazoga
39
tortiladi. Aslida bunday xollarda avtomobil tormoz tizimining texnik nosozligi
bilan YTH sodir bo‘lishi sabab-oqibat aloqasi aniqlanishi va shundan so‘nggina
unga jazo berilishi kerak. Avtomobil texnik soz bo‘lganida hodisaning oldini olish
uchun haydovchida texnik imkoniyat mavjudmi yoki yo‘qmi degan masala faqat
ikkinchi uslub yordamidagina aniqlanish mumkin.Bu uslubni YTH ekspertizasi
deyiladi. Bu
alohida olingan fan hisoblanib, «Yo‘l harakatini tashkil etish»
mutaxassisligi 2-bosqich magistrlari uchun o‘tiladi.
YTH ni tahlil qilishning asosiy xususiyatlari qaysi usulni qo‘llanilishi va
olingan natijalarni nima maqsadda hamda kaysi masalalarni echishda
foydalanishga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi.
YTH to‘plamini tahlil qilish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi.
1. Tahlil uchun ko‘pgina YTH haqidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi (YTH
sonining eng kichik miqdori matematik statistika yordamida aniqlanadi).
2. Tahlillar ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, murakkab tizimlarni
modellashtirish va operatsiyalarni ishlash kabi amaliy matematika apparati
yordamida amalga oshiriladi.
YTH va YHQ buzilishi bo‘yicha tahlil avtokorxona xodimlari tomonidan
hodisaning yuz berish sharoitlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha
tadbirlar ishlab chiqish maqsadida olib boriladi. Tahlil
avtomobilda tashuvchi
harakat xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan YTH turi, haydovchi yoshi va
malakasi, YTH sodir bo‘lgan joyi va vaqti hamda YTH oldini olish tadbirlarini
ishlab chiqishga ko‘mak beradigan boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qiladi.
Quyida Yo‘l harakati bosh boshqarmasi ma’lumotlar banki asosida YTH
tahlilini keltirib o‘tamiz.
2012-2017 yillar mobaynida sodir etilgan YTH umumiy sonini taqqoslasak,
bu ko‘rsatkichlar yildan yilga kamayayotganligini ko‘rishimiz mumkin (3.2-
jadval).
YTH tahlil qilishda avtomobil - yo‘l xo‘jaliklarida va davlat harakat
xavfsizligi xizmati tizimida ko‘pchilik hollarda amaliyotda uchraydigan savollarni
40
echish, sodda va tushunarli bo‘lishi uchun jadval, grafik, gistrogramma,
siklogramma yoki topografik ko‘rinishlardan foydalaniladi va YTH tahlilini
bajarishda qo‘yilgan bir yoki ikki masalani ochish maqsadi qo‘yiladi. Jadvaldagi
ko‘rsatkichlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir yil ichida eng ko‘p
halok
bo‘lganlar Xitoyda bo‘lib 98740 kishini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha
ikkinchi o‘rinda Hindiston davlati bo‘lib, unda 94970 kishi har yili hayotdan ko‘z
yumishi kuzatiladi. Yo‘l-transport hodisasi (YTH) da 100 ming aholiga halok
bo‘luvchilar soni bilan solishtirilsa, unda Rossiya davlati eng yuqori ko‘rsatkichga
ega bo‘lib, 23700 kishini tashkil etadi. Lekin YAponiya, Angliya davlatlarida har
100 000 kishiga halok bo‘luvchilar soni 5,39–5,29 tani tashkil etib, Rossiya
davlatidagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,4 marotaba kichikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: