187
2. Suv transporti uchun qoidalar:
FAS, FOB, CFR, CIF
.
INKOTERMS 2010 da elektron hujjatlar o‗zining yuridik kuchi bo‗yicha
qog‗oz eltuvchilarda bajarilgan an‘anaviy hujjatlarga
teng ekanligi va
tomonlarning kelishuviga ko‗ra ulardan foydalanish mumkinligi rasmiy ravishda
belgilab qo‗yilgan.
7.5. Butunjahon Savdo Tashkiloti (VTO) xalqaro logistik tizim sifatida
Butunjahon Savdo Tashkilotiga 153 ta mamlakat a‘zo bo‗lgan (2008 yil 23
iyul holatiga) va yaqin yillar ichida ularning soni yanada ortadi. Bu amalda
zamonaviy, samarali iqtisodiyotni yaratish va jahon savdosida teng huquqli
ishtirok etishni da‘vo qilayotgan har qanday davlat VTO ga a‘zo bo‗lishga
intilishini bildiradi. Mamlakatlarning bunday yagona
tizimga integratsiyalanishi
o‗zining maqsadlari, funksiyalari va vazifalariga ega bo‗lgan yirik global logistik
tizimga misol bo‗lib xizmat qila oladi.
Butunjahon Savdo Tashkiloti (VTO), 1947 yildan buyon faoliyat
ko‗rsatayotgan tariflar va savdo bo‗yicha Bosh Kelishuvning (GATT) qabul
qiluvchisi bo‗lib hisoblanadi, u o‗z faoliyatini 1995 yil 1 yanvardan boshlagan.
VTO ko‗p tomonli savdo muzokaralarining Urugvay Raundi (1986-1994 yillar)
Kelishuvlari paketi asosida ishtirokchilarning savdo-siyosat
munosabatlarini
tartibga solishga yo‗naltirilgan. Bu hujjatlar zamonaviy xalqaro logistikaning
huquqiy bazasi bo‗lib hisoblanadi.
VTO ni ta‘sis qilish to‗g‗risidagi Kelishuv mamlakatlarning ko‗p
tomonli
savdo munosabatlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi muammolarni tartibga solish va
Urugvay raundi kelishuvlari va shartnomalarining amalga oshishini nazorat qilish
uchun a‘zo mamlakatlarning doimiy faoliyat ko‗rsatuvchi
forumini yaratishni
ko‗zda tutadi. VTO ko‗p jihatdan xuddi GATT kabi faoliyat ko‗rsatadi, biroq
bunda savdo bitimlarining anchagina keng spektrini nazorat qiladi (xizmatlar bilan
savdo qilish va intellektual mulk huquqining savdo aspektlari masalalarini ham o‗z
ichiga olgan holda) va qarorlar qabul qilish protsedurasi, tashkilot a‘zolari
tomonidan ularning bajarilishi takomillashganligi munosabati bilan anchagina katta
188
vakolatlarga ega. Savdo kelishmovchiliklarini hal qilish mexanizmi VTO ning
ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi.
1947 yildan buyon liberallashtirish va jahon savdosini kelgusi rivojlantirish
global muammolarini muhokama qilish GATT rahbarligi ostida ko‗p tomonli
savdo muzokaralari (MTP) doirasida bo‗lib o‗tadi. MTP ning 8 ta raundi
o‗tkazilgan, Urugvay raundi ham shular qatoriga kiradi, to‗qqizinchi raund ham
boshlangan. Bu obro‗li xalqaro iqtisodiyot tashkilotining
bosh maqsadi jahon
savdosini liberallashtirish bo‗lib hisoblanadi.
GATT/VTO ning asos bo‗lib hisoblanadigan tamoyillari va qoidalari
quyidagilar hisoblanadi:
-
diskriminatsiyasiz savdo qilish, ya‘ni savdoda ko‗proq qulay rejimni o‗zaro
taqdim qilish;
-
xorijiy kelib chiqishli tovarlar va xizmatlarga milliy rejimni o‗zaro taqdim
qilish;
-
savdoni ko‗proq tarif uslublari bilan tartibga solish;
-
miqdoriy va boshqa cheklashlardan foydalanishdan voz kechish;
-
savdo siyosatining transparentligi;
-
savdo kelishmovchiliklarini konsultatsiyalar va muzokaralar yo‗li bilan hal
qilish va hokazolar.
VTO ning barcha a‘zo mamlakatlari ―Ko‗p tomonli savdo bitimlari‖ (MTS)
atamasi bilan birlashtirilgan asosiy bitimlar va yuridik hujjatlarni bajarish
majburiyatini zimmasiga oladi. Shunday qilib,
huquqiy nuqtai-nazardan VTO
tizimi o‗zida o‗ziga xos ko‗p tomanli shartnomani (bitimlar paketini) taqdim
qiladi, uning me‘yorlari va qoidalari bilan jahon bo‗yicha tovarlar va xizmatlar
bilan savdo qilishning qariyb 97% i tartibga solinadi.
Urugvay raundining bitimlar paketi jamlanmada 50 dan oshiq ko‗p tomonli
savdo bitimlari va boshqa huquqiy hujjatlarni birlashtiradi.
Ulardan asosiylari
VTO ni ta‘sis qilish to‗g‗risidagi kelishuv va unga ilova qilinadigan ko‗p tomonli
savdo bitimlari bo‗lib hisoblanadi (7.3-jadvalga qaralsin).
190
GATT-1994 ning VI moddasini
qo‗llash bo‗yicha Kelishuv
(aksildemping)
Dempingga qarshi kurashish choralarini qo‗llash
shartlari va protseduralarini belgilaydi
Himoya choralari bo‗yicha
Kelishuv
O‗sib boruvchi importga qarshi kurashish
choralarini qo‗llash shartlari va protseduralarini
belgilaydi
Do'stlaringiz bilan baham: