VTO ning Bosh direktorini
tayinlaydi. Tashkilotning ijrochi organi
VTO ning Kotibiyati
bo‗lib hisoblanadi, u Jenevada (Shveysariya) joylashgan va
uning tarkibiy bo‗linmalarida 500 dan oshiq odam ishlaydi. VTO ning ishchi tillari
– ingliz, fransuz va ispan tillaridir.
Butunjahon Savdo Tashkilotiga
qo‗shilish protsedurasi
GATT/VTO ning
yarim asrlik amal qilish davrida ishlab chiqilgan bo‗lib, ko‗p planli bo‗lib
hisoblanadi va bir nechta bosqichdan tashkil topadi. Da‘vogar mamlakatlarning
tajribasining ko‗rsatishicha, bu jarayon o‗rtacha 5-7 yil davom etadi.
Birinchi bosqichda maxsus
Ishchi Guruhlar
doirasida (O‗zbekistonning
qo‗shilishi bo‗yicha Ishchi Guruhga barcha asosiy savdo sheriklarini ham hisobga
olgan holda 67 ta mamlakat kirgan) qo‗shiladigan mamlakatning iqtisodiy
mexanizmi va savdo-siyosat rejimining VTO ning me‘yorlari va qoidalariga
muvofiqligini ko‗p tomonli darajada detalli ko‗rib chiqish sodir bo‗ladi. Shundan
keyin da‘vogar mamlakatning ushbu tashkilotga a‘zo bo‗lish shartlari to‗g‗risida
konsultatsiyalar va muzokaralar boshlanadi. Bu konsultatsiyalar va muzokaralar,
qoidaga ko‗ra, Ishchi Guruhning barcha manfaatdor a‘zo mamlakatlari bilan ikki
tomonli darajada o‗tkaziladi.
Muzokaralar ―tijorat jihatidan ahamiyatli bo‗lgan‖, qo‗shilayotgan mamlakat
VTO a‘zolariga o‗zining bozorlariga kirish (tovarlar va xizmatlar bozorlariga
kirish bo‗yicha ikki tomonlama Protokollar bilan rasmiylashtiriladi), shuningdek
bitimlar bo‗yicha VTO a‘zoligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni zimmasiga
olish formatlari va muddatlari bo‗yicha taqdim qilishga tayyor bo‗lgan yon
bosishlarga talluqli bo‗ladi.
O‗z navbatida qo‗shilayotgan mamlakat, qoidaga ko‗ra, VTO ning qolgan
barcha a‘zolari ega bo‗lgan huquqlarni qo‗lga kiritadi, bu tashqi bozorlarda uning
diskriminatsiyalanishiga chek qo‗yilishini bildiradi. Tashkilotning qandaydir bir
a‘zosi tomonidan huquqqa qarshi harakatlar sodir qilingan taqdirda har qanday
mamlakat mos keluvchi shikoyat arizasi bilan kelishmovchiliklarni hal qiluvchi
193
Organga murojaat qilishi mumkin, uning qarorlari VTO ning har bir a‘zosi uchun
milliy darajada ijro qilish uchun majburiy bo‗lib hisoblanadi.
O‗rnatilgan protseduraga muvofiq bozorlarga kirishni liberallashtirish
bo‗yicha o‗tkazilgan barcha muzokaralarning natijalari va VTO ga qo‗shilish
shartlari quyidagi rasmiy hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
-
Ishchi Guruhning bildiruvnomasi, bu erda da‘vogar mamlakat muzokaralar
yakuni bo‗yicha zimmasiga oladigan barcha huquq va majburiyatlarining
butun paketi ifodalanadi;
-
tovarlar sohasida va qishloq xo‗jaligini qo‗llab-quvvatlash darajasi bo‗yicha
yon berish majburiyatlarining ro‗yxati;
-
xizmatlar bo‗yicha spetsifik majburiyatlarning ro‗yxati va ko‗proq qulay
rejimdan olishlar ro‗yxati;
-
qo‗shilish to‗g‗risidagi Protokol, erishilgan kelishuvlarni ikki yoki ko‗p
tomonli darajada yuridik jihatdan rasmiylashtiradi.
Yangi mamlakatlarning VTO ga qo‗shilishining asosiy shartlaridan biri
ularning milliy qonunchiligi va tashqi iqtisodiy tartibga solish amaliyotini Urugvay
raundi kelishuvlari paketining qoidalariga muvofiq holga keltirish bo‗lib
hisoblanadi.
Qo‗shilishning yakuniy bosqichida da‘vogar mamlakatning milliy
qonunchilik organi tomonidan Ishchi Guruh doirasida kelishilgan va Bosh
Kengash tomonidan tasdiqlangan butun hujjatlar paketini ratifikatsiyalash sodir
bo‗ladi. Shundan keyin ko‗rsatilgan majburiyatlar VTO va milliy qonunchilik
hujjatlarining bir qismiga aylanadi, nomzod mamlakat esa VTO a‘zosi maqomini
oladi.
Rossiyga keladigan bo‗lsak, VTO ga a‘zo bo‗lish ko‗p yillar davomida
asosiy vazifalardan biri bo‗lgan.
Rossiy uchun qo‗shilishning konkret maqsadlari deb quyidagilarni hisoblash
mumkin:
-
Rossiyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xorijiy bozorlarga kirishi uchun
eng yaxshi va nodiskriminatsion shart-sharoitlarni qo‗lga kiritish;
194
-
qonunchilik tizimini VTO me‘yorlariga muvofiq holga keltirish natijasida
xalqaro savdo kelishmovchiliklarini hal qilish mexanizmiga erishish, xorijiy
investitsiyalar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish;
-
Rossiy investorlar uchun VTO ga a‘zo mamlakatlarda imkoniyatlarni,
xususan bank sferasidagi imkoniyatlarni kengaytirish;
-
Rossiy bozoriga kirib keladigan xorijiy tovarlar va xizmatlar oqimini
ko‗paytirish natijasida Rossiyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
sifati va raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
-
o‗zining milliy manfaatlarini hisobga olish bilan xalqaro savdo qoidalarini
ishlab chiqishda ishtirok etish;
-
Rossiyning dunyodagi mavqe‘ini xalqaro savdoning teng huquqli a‘zosi
sifatida yaxshilash.
VTO ning oldingi avlodi – tariflar va savdo bo‗yicha Bosh Kelishuv
(GATT) bilan aloqalarni o‗rnatishga bo‗lgan dastlabki urinishlar sobiq ittifoq
davrida – 1986 yilda bo‗lgan. Sobiq ittifoq parchalanib ketgunga qadar bor-yo‗g‗i
GATT ga qo‗shilishga ariza berishga ulgurgan, biroq qo‗shilish protsedurasini
boshlamagan. 1993 yilda Rossiy Federatsiyasi Sobiq Ittifoq ning GATT ga
qo‗shilish to‗g‗risidagi arizasini tasdiqlagan va 1994 yilda qo‗shilish protsedurasini
amalga oshirishni rasmiy ravishda boshlagan. Biroq 1994 yilda GATT a‘zolari
tomonidan 1995 yil 1 yanvardan boshlab Kelishuvni VTO ga aylantirish to‗g‗risida
qaror qabul qilingan. Tashkilotni tarqatish paytida yangi arizalarni ko‗rib chiqish
to‗xtatilgan. Jarayon 1997 yilga kelib yangilangan, biroq real ishlar juda kam
amalga oshirilgan, chunki 1998 yil avgust oyida Rossiyda defolt sodir bo‗lgan va
shundan keyin VTO Rossiyning arizasini ko‗rib chiqishni qarz bilan bog‗liq
bo‗lgan vaziyat hal bo‗lguncha kechiktirishini ma‘lum qilgan. Faqat 2000 yilga
kelibgina O‗zbekistonning arizasini ko‗rib chiqish protsedurasi yangilangan va
VTO ga a‘zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar boshlangan. Ular
ayniqsa AQSH, Evropa Ittifoqi va Xitoy bilan murakkab kechgan. 2005 yilda,
Rossiy
Kiot
Protokoliga
qo‗shilgandan keyin Evropa Ittifoqi bilan
kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga muvaffaq bo‗lingan. Shuningdek 2005 yilda
195
Xitoy ham Rossiyning VTO ga a‘zo bo‗lishiga to‗sqinlik qilishni to‗xtatgan.
AQSH bilan muzokaralar eng uzoq – olti yil davom etgan. Asosiy
kelishmovchiliklar moliya bozorlari, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari yetkazib berish
va intellektual mulk huquqini himoya qilishga tegishli bo‗lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |