Havoning namligi. Tashqi muhit bilan odam orasida boradigan issiqlik muvozanatiga boshqa gigiyena omillar bilan bir qatorda havoni namligi juda katta ta'sir ko`rsatadi. Havoni namligi deganda 1 m3 havodagi suv bug`larining grammlar bilan ifodalangan miqdoriga aytiladi. Havoni namligini asosiy ko`rsatkichlari:
Havoning harakati.
Havoning hamma qismi bir xilda isimaganligi sababli havo doimo harakatda bo`ladi. Bu harakat ikkita ko`rsatkich bilan ta'riflanadi. Yo`nalishi va tezligi.Havoni harakat yo`nalishi shamol qaysi tomondan esayotganligiga bog`liq bo`ladi va yer tomonlari (rumb) bilan o`lchanadi, yer tomonlarining bosh harflari bilan belgilanadi: Sh- shimol, J- janub, Shq- sharq, G`- g`arb. Bularning orasidagi rumb lar ikkita harf bilan ifodalanadi. Shunday qilib, hamma gorizont sakkizta rumbga bo`linadi: shimoliy sharq, sharq, janubiy sharq, janub, janubiy g`arb, g`arb, shimoliy g`arb, shimol. Qurilayotgan sport inshootlarini qurish uchun yil davomida havoni harakat yo`nalishi qaysi tomonga bo`lishi alohida amaliy ahamiyatga ega (sanoat korxonalari, qishloq xo`jalik ob'yektlari, tozalash inshootlari, avtomobil va temir yo`l inshootlari).
Havoni harakat tezligi.Bu havo massasini vaqt birligida bosib o`tgan yo`li bilan belgilanadi. Bunda masofa metrda vaqt soniyada olinadi. Havoni harakat tezligini gigiyena tomondan amaliy ahamiyati odamni issiqlik muvozanatiga o`zini ta'sirini ko`rsatadi. Havoni harakati natijasida konvektsiya usulida issiqlik yo`qotishni darajasiga ta'sir qilib (sovuq havo ta'sirida issiq havo ohista ketaboshlaydi) va bug`lanish usulida ham issiqlik sarf bo`ladi. Shamolning odamga ta'siri uning bir joydan boshqa joyga harakat qilishiga to`sqinlik qiladi. Bu holat odamda qo`shimcha energiya sarfiga olib keladi, hamda jismoniy ish samaradorligini kamaytiradi. Misol uchun kuchli shamolga qarshi yurayotgan odamni tezligini 25% ga kamaytiradi. Bundan tashqari kuchli kuchli shamol nafas olishga ta'sir ko`rsatib, uni qiyinlashtiradi, ritmini o`zgartiradi, nafas olish mushaklariga bo`lgan ishni kuchaytiradi. Nafas chirarayotgan vaqtda shamolni qarshiligini yengish kerak bo`ladi. Yozda diyorimizda eng yoqimli havoning harakat tezligi 1-4 m/s, issiqda sport bilan shug`ullangan vaqtda 2-3 m/s hisoblanadi. Sport zallarida havoni harakat tezligining ruxsat berilgan miqdori 0,5 m/s, kurash va stol tennisi zallarida havoning harakat tezligi 0,25 m/s dan oshmasligi kerak, yopiq suzish suv havzalarida 0,2 m/s bo`lishi lozim.
Bosim me'yorlari. Atmosfera bosimini gigiyena me'yori bir atmosferaga teng bo`lib, dengiz sathida, 45o kenglikda 0oS haroratda 760 mm simob ustunini tenglashtiradi. Bu sharoitda atmosfera 1 sm2 yuzaga 1 kg og`irlik bilan bosadi. Atmosfera bosimini ozgina o`zgarishi sog`lom odamlarga unchalik ta'sir etmaydi, sog`liklari yomon odamlarga yomon ta'sir ko`rsatadi.
Past bosim. Yuqoriga ko`tarilish bilan atmosfera bosimi kamayadi shu bilan bir qatorda kislorodni partsial bosimi ham kamayadi. Kislorodning partsial bosimi kamayishi bilan birga gemoglobinni kislorodga to`yinishi kamayadi, odam tanasini kislorod bilan boyishi susayadi. Kamroq 1,5 3,5 km balandlikda kislorodni kamayishi, o`pka harakatini ortishi, yurak faoliyati, eritrotsitlarning samaradorligi hisobiga qoplanib ketadi. Agarda 4 km dan ortiq yuqoriga ko`tarilganda O2 kamayib qolib, gipoksiya holati rivojlanadi. Past bosim ta'siri tog` kasalligi ko`rinishida hosil bo`ladi: havo yetmaslik, yurak urishi, teri qavatlarini rangini oqarishi shilliq qavatlarning rangini oqarishi mushaklarni kuchini kamayishi, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, qusish holatlari kuzatiladi. Tog` kasalligining birinchi belgilari: markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishi (xotirani susayishi, diqqat e'tiborni pasayishi), harakat analizatorining holatini susayishi (harakat koordinatsiyasining buzilishi).
Past atmosfera bosimini inson organizmiga ta’siri.
Past atmosfera bosimiga moslashish jarayonida tanada ko`pchilik moslashish reaktsiyalari shakllanadi (eritrotsitlar soni oshadi, gemoglobin ko`payadi, tanada oksidlanish jarayonlari o`zgaradi). Yuqoridagi hamma reaktsiyalar odam hayot faoliyatini shu sharoitda me'yorida ta'minlab beradi. Tog` kasalligini oldini olishni asosiy ususllaridan biri tog` sharoitida yoki barokamerada mashq mashg`ulotlarini o`tkazishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |