Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Dengiz iqlimi
- deyarli o‘zgarmas harorat, toza havo, kuchsiz shabada esishi bilan ta’riflanib, 
zaiflashgan organizmning faoliyatini tezroq tiklash maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Biroq 
hamma dengiz iqlimlari birdek ijobiy ta’sirga ega emas, chunonchi, Sochi va Qrimning dengiz 
iqlimi asab sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga; tropik dengiz iqlimi (Kuba, Seylon) 
bo‘shashtiruvchi; shimoliy kengliklardagi dengiz iqlimi hayajonga soluvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
Quyosh nuriga boy, sof va toza dengiz havosi qon ishlab chiqarish faoliyatini tezlashtiradi, qon 
bosimini pasaytiradi, azot va tuz almashinuvini tezlashtiradi, issiqlik almashinishini orttiradi, ter 
ajralishini kamaytiradi, siydik ajralishi tezlashadi. 
Tropik iqlim
- yuqori harorat va yuqori namlik sharoitida organizmdan issiqlik ajratilishi 
qiyinlashadi va organizmning qizishiga sabab bo‘ladi. 
Qutb iqlimi
- past harorat, yuqori darajadagi nisbiy namlik, qutb tuni davrida quyosh 
radiatsiyasining bo‘lmasligi bilan farqlanadi. Qutb tuni odamni ruhiy siqilish, dilxiralikka olib 
keladi, uyqusizlikka sabab bo‘ladi, natijada asab sistemasini zo‘riqtiradi. Qutb kunlari esa faoliyat 
oshadi, kayfiyat yaxshilanadi. 
Iqlim sharoitlari va ob-havoning o‘zgarishi alohida fasllarga bog‘liq botgan kasalliklarning 
qaytalanishi va zo‘riqishiga sabab bo‘lib, bemorning holati yomonlashishi mumkin. Shunday 
kasalliklarga misol qilib, fasllarga bog‘liq bo‘lgan yuqori nafas yo‘llarining shamollash holatlari, sil 
kasalligi, revmatizm, o‘tkir diffuzli nefrit kabilarni keltirish mumkin. 
Janubiy va o‘rta kengliklarga xos fasliy kasalliklarga quyidagi infeksiyalar: epidemik 
meningit, virusli gripp, qizilcha, bo‘g‘ma kabilarni kiritish mumkin. Ba’zi bir o‘lkalar, iqlim 
kengliklari uchun faslga moyil kanali ensefalitlar xosdir, chunki kasallik tarqatuvchi mikroblarni 
o‘z organizmida tutib, boshqalarga tarqatuvchi hasharotlarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay 
haroratli sharoitlar yaratiladi. Faslli ensefalitlar, tulyaremiya, leyshmanioz, bezgak kabi kasalliklar 
shimolda uchramaydi, chunki qattiq shimol iqlimi sharoitida bu kasalliklami tarqatuvchi hasharotlar 
yashay olmaydi. Ob-havo sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan va meteotrop kasalliklar deb 
nom olgan kasalliklarning borligiga hech shak-shubha yo‘q. Chnki kosmik, quyosh nurlari va 
boshqa tabiiy omillar hayotiy jarayonlarni belgilabgina qolmay, balki odam evolutsiyasi tarixida 
yorug‘lik va qorong‘ulik, sovuq va issiqliklarga biosistema moslashib ketgan. Shuning uchun odam 
organizmida bir kecha-kunduz davomida qon bosimi, tana harorati, moddalar almashinish jarayoni 
o‘zgarib turadi. Olib borilgan tadqiqotlarnng ko‘rsatishicha, odam organizmida bioritmik xarakterga 
xos 100 dan ortiq fiziologik jarayonlar mavjud ekan. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
76 
Shuning hisobiga sog‘lom kishilar iqlim va ob-havo sharoitlarining turli xildagi va shakldagi 
o‘zgarishlarini bemalol boshdan kechiraveradilar, chunki ichki a’zolar va oliy nerv faoliyati bunday 
o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslasha oladi. Ammo, vegetativ nerv sistemasi funksiyasi buzilgan yoki 
surunkali kasalliklarga chalingan kishilar ob-havoning keskin o‘zgarishlariga chidash beraolmaydi 
yoki juda og‘ir holatga tushib qoladilar. Hatto shunday kishilar bo‘ladi, ular ob-havoning o‘zga- 
rishlarini oldindan aytib bera oladilar, shuning uchun bunday shaxslami "tirik barometrlar" deb 
atash qabul qilingan. Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibirdagi bo‘limida olib borilgan 
kuzatishlarga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklariga chalingan bemorlarning 60-65% bahor va kuz 
oylarida tez-tez o‘zgarib turadigan erning geomagnit maydonining o‘zgarishi, atmosfera bosimi va 
havo haroratining keskin o‘zgarishlarini oldindan aytib berganlar. 
Havo frontlari (siklonlar)ning ma’lum bir geografik hududga kirib kelishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan ob-havoning keskin o‘zgarishlari natijasida gipertoniyaga uchragan kasallarda gipertonik 
krizlar, bosh miya va yurak-tomir ateroskleroziga uchragan bemorlarning ahvoli keskin
yomonlashishi natijasida xunuk oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligi bizga ma’lum. 70% gacha 
bo‘ladigan kritik vaziyatlar (stenokardiya, miokard infarkti gipertonik kriz) havo frontining 
o‘tishiga to‘g‘ri keladi. 1963-1964 yillarda (quyoshning osudalik bo‘lgan yillari) yuqorida qayd 
etilgan kasalliklarning umumiy soni kamayib, quyosh aktivligi oshgan 1967, 1969, 1979-yillarda 
kasallikning dinamikasi yana ko‘tarilishi kuzatilgan. 
Quyosh aktivligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni 1930-yilda professor Chijevskiy chuqur 
tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni, muayyan muvozanatdan 
chiqqan holda ko‘rishimiz mumkin, bunday organizm uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls 
ham yetarli, bu holda izdan chiqqan organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim 
kuzatilishi mumkin, bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o‘zgarishi kiradi. 
Odam organizmiga iqlim va ob-havoning ta’sirini baholash bilan bir qatorda quyosh aktivligi 
bilan bog‘liq bo‘lgan omilni yoddan chiqarmaslik kerak. Iqlim va ob-havo bilan bog‘liq bo‘lgan 
omillarni organizmga ta’sir etuvchi termodinamik omil, ya’ni harorat, namlik, havo bosimi va 
shamolning ta’siri deb tushuntirish mumkin. Biroq tabiatda quyosh aktivligi bilan bog’liq bo‘lgan 
boshqa omil ham mavjud. Bu quyosh sathida ro‘y beradigan portlashlar natijasida quyosh sathidan 
atrof-muhitga tarqaladigan katta hajmdagi korpuskulyar radiatsiya va elektromagnit to‘lqinlardir. 
Bunday sharoitda meteorologik omillardan farqli o‘laroq elektromagnit maydonlari yer yuzasining 
barcha joylarida bir vaqtda kuzatiladi, lekin turli kengliklarda fasl yoki kunning turli vaqtlarida 
uning kuchi bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda 1969-yilda M.N.Gnedishev bunday deb yozgan 
edi: "Elektromagnit maydonlar ob- havoning o‘zgarishidan kuchliroq ta’sir etadi deb faraz qilamiz, 
chunki termodinamik omillar organizmning huddi shu omillariga ma’lum darajada moslasha 
oladigan faoliyatlariga ko‘proq ta’sir etadi va organizm bu o‘zgarishlarga to‘liq moslasha oladi, 
elektromagnit maydonlar organizmga bus-butun ta’sir etib, boshqarish mexanizmining barcha 
bosqichlariga hattoki to‘qima ichi va oraliqlarigacha ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, termodinamik 
o‘zgarishlar asta-sekinlik bilan, elektromagnit to‘lqinlar esa to‘satdan (kutilmaganda) ta’sir etadi va 
organizmning moslashish imkoniyatini cheklab qo‘yadi". Ba’zi-bir olimlar yurak-tomir 
xastaliklarining xurujlarini yerning elektromagnit maydonining o‘zgarishi bilan bog‘laydilar. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish