Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Tayanch iboralar:
mineral komponentlari, mineral va organik moddalar, mikrorganizm, 
nitrobakteriya. 
 Ob-havo, iqlim va salomatlik 
Klimatologiya fani har xil mamlakatlar va hududlarda iqlim tartibi va iqlimning hosil bo‘lish 
sharoitlarini o‘rganadi. Iqlim haqidagi bilimlar, ularning turlari har xil ta’sir etish xususiyatlariga 
doir xalq xo‘jaligining turli sohalarida ko‘pgina muammolarni hal qilishga yordam beradi. 
Jumladan, gigiyenaga taalluqli bo‘lgan masalalar - organizmga ta’siri va negativ oqibatlaming 
oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhimdir. Ikkinchidan, aholi migratsiyasi bilan bog‘liq 
bo‘lgan muammolarni hal qilish. Iqlim va ob-havo sharoitining o‘zgarishiga ko‘pgina kasalmandlar 
organizmining sezgirligini hisobga olsak, klimatologiya fanining naqadar zarur va ehtiyoji 
kattaligini bilamiz. 
Klimatologiya fanining mavjud tarmoqlari iqlimning odam organizmiga va xo‘jalik faoliyati 
doirasiga ta’sirini o‘rgansa, tibbiy klimatologiya iqlim sharoitlaridan ayrim kasalliklarni davolash 
maqsadida va unga bog‘liq bo‘lgan ba’zi kasalliklarning oldini olish choralarini ishlab chiqishni o‘z 
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 
Bizning eramizdan taxminan 2000 yil oldin yer yuzining ma’lum bir nuqtasidagi issiqlikning 
miqdori, quyosh nuri shu joyga qanday burchak ostida tushishiga bog‘liq ekanligini taxmin 
qilganlar. Xuddi shuning uchun ham, "klimat" so‘zi, grekcha "klima", ya’ni og‘ish so‘zidan olingan 
bo‘lib, nurning qanday burchak ostida tushish ma’nosini bildiradi. Qadimgi Strabon geografiyasi 
tarixida ham klimat so‘zi aynan yuqoridagi ma’noni beradi. Avvalgi vaqtlardagi iqlimni o‘rganish 
faqat subektiv kuzatishlarga asoslangan bo‘lib, tasodifiy xarakterga egadir. XVII asrning oxirlariga 
kelib termometr (Santerio va Galiley) va barometrning (Torichelli) ixtiro qilinishi va meteorologik 
omillarni asboblar yordamida o‘lchashning joriy qilinishi natijasida, iqlim havo muhitining issiqlik 
va namlik darajasi ma’nosini anglatadigan bo‘lgan. 
Iqlimning bugungi kundagi ta’rifi - iqlim hosil qiluvchi omillarga bog‘liq bo‘lgan ob-
havoning ko‘p yillik qaytalanishi demakdir. 
-
Iqlim hosil qiluvchi omillar: 
-
geografik kenglik va uzunlik; 
-
quyosh radiatsiyasining jadalligi; 
-
atmosfera havosining sirkulatsiyasi; 
-
joyning relefi; 
-
tuproq yuzasining o‘simlik dunyosi bilan qoplanish darajasi; 
-
inson faoliyati; 
-
havo tarkibidagi C0
2
gazining konsentratsiyasi. 
Geografik kenglikka muvofiq shimoldan janubga qarab quyosh nurining jadalligi va havo 
harorati, namligining ortib borishi kuzatiladi. Havodagi bulutlar ham kamayadi. Atmosfera 
havosining sirkulatsiyasi va eer qobig‘ining ustki yuzasini o‘simlik dunyosi bilan qoplanganlik 
darajasi iqlim hosil qiluvchi omil sifatida va shu joydagi ob-havoni belgilovchi omil bo‘lib xizmat 
qiladi. Qoida bo‘yicha yer sharida turli iqlim kengliklarini uchratish mumkin va uning turlari shu 
joydagi yanvar va iyul oylaridagi havoning o‘rtacha haroratiga asosan belgilanadi. 
Issiq va tropik iqlim kengligi - ekvatordan shimoliy va janubiy 30° kenglikkacha bo‘lgan 
masofani egallab, yanvar oyining o‘rtacha harorati 4° dan + 4° gacha va iyul oyining o‘rtacha 
harorati + 28 dan 34° C ni tashkil qiladi. 
Iliq iqlim kengligi - yanvar oyining o‘rtacha harorati 4 dan 0° C gacha va iyul oyining 
o‘rtacha harorati + 22 dan + 28° C gachadir. 
Mo‘tadil yoki o‘rtacha iqlim kengligi - yanvar oyidagi o‘rtacha harorat -14 dan - 4° C va iyul 
oyidagi o‘rtacha harorat + 10 dan + 22° C gachadir. 
Sovuq iqlim kengligi - yanvar oyining o‘rtacha harorati - 28 dan - 14°C gacha va iyul oyining 
o‘rtacha harorati - + 4 dan + 10°C gachadir. 
Bundan tashqari, shimoliy va janubiy qutblarda abadiy muzliklarning mavjudligi tufayli, 
mangu yoki abadiy muzliklar kengligi ham farqlanadi. Bu yerlarda quyosh radiatsiyasining harorati 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
74 
havo atmosferasi qavatlari va abadiy qorlik va muzliklarga yutilib ketadi. Tabiatda shimoliy va 
janubiy qutblarda Arktik havo oqimlari, Tinch va Atlantika okeanlaridan quruqlikka kirib keluvchi 
havo oqimlarini kuzatish mumkin. Qish faslida eer uskti qavatining qor bilan qoplanishi natijasida 
havo harorati juda sovib ketishi, yoz oylarida esa tuproq ustki qavatining qizishi natijasida havo 
harorati ko‘tariladi. Uzoq Sharq o‘lkasida Tinch okeanidan kirib keladigan Musson shaklidagi havo 
oqimini ham kuzatish mumkin. Yoz faslida quruqlikka katta massalarda dengiz havosining, qish 
faslida esa quruqlikdan okeanga qarab, sovuq kontinentlar havo oqimlari kuzatiladi. 
Yer yuzasining o‘simlik dunyosi bilan qoplanish darajasiga qarab shu joyning iqlimi va ob-
havosining o‘zgarishi ko‘riladi. Masalan, yer yuzasi o‘t va daraxtlar bilan zich qoplangan bo‘lsa. 
shu joydagi havo harorati cho‘l yoki sahro joydagi havo haroratidan anchagina past bo‘lishi 
mumkin. Iqlim sharoitlarining hosil bo‘lishida yer sathining relefi katta ahamiyatga egadir. 
Respublikamiz hududida tog‘li, tekis va tog‘ oldi mintaqalari mavjud. Ayniqsa tog‘ iqlimi o‘zining 
bir qancha fazilatlari bilan tekislikdagi iqlimdan farq qiladi. Shuningdek, atmosfera bosimining 
nisbatan pasayib borishi, ultrabinafsha nurlarga boyligi, havo muhitining mexanik iflosliklardan 
holi ekanligi, kasallik tarqatuvchi bakteriyalaming bo‘lmasligi va haroratning mo‘tadilligi bilan 
ajralib turadi. Iqlim hosil qiluvchi omillar qatoriga yana insonlarning faoliyatini ham kiritish 
mumkin. Bugungi kunda insonlar cho‘l va sahrolami o‘zlashtirib, bog‘u-bo‘stonlarga 
aylantirayotganligi yoki uning aksincha o‘rmonzorlarning kesilishi va FTT tufayli ayrim turdagi 
o‘simlik 
dunyosining 
yo‘qolib 
borayotganligi 
fikrimizga 
dalildir. 
Yer 
yuzasini 
ko‘kalamzorlashtirish va daraxtzorlarga aylantirish, shu joyning manzarasini o‘zgartiribgina 
qolmay, balki u havo muhitining tozaligiga hamda havoni chang va zararli gazlardan tozalash 
hamda insonlarning ruhiy hollatlariga ijobiy ta’sirini oshiradi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish