Ekologiya fanining predmeti, uning maqsadi va



Download 115,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.06.2021
Hajmi115,02 Kb.
#105681
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ekologiya fanining predmeti uning maqsadi va vazifalari

 

 

    



2

Ekologiya bo’yicha  savodsizlik – omillikning eng daxshatli shakli 

hisoblanadi. Bu narsa  atrof-muhit  bilan zaruriy munosabatlarni bilmaslikda aks 

etadi. Shuning uchun ham ekologiyaning vazifalaridan biri  insonlarga ekologik 

tarbiya berishdan iboratdir. Shu yerda “ekologik bomerang ” iborasi ustida 

to’xtashga to’g’ri keladi. Bu – inson bilan tabiiy muhit o’rtasidagi munosabatlarni 

bilmaslik oqibatida paydo bo’ladigan jarayondir. Inson tabiatning tabiiy 

qonuniyatlarini hisobga olmasdan unga o’tkazgan ta’siri qaytib kelib o’ziga salbiy 




ta’sir ko’rsatishini va buning evaziga murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks 

ettiruvchi iboradir.  

    Ekologiyaning vazifalaridan biri bo’lgan ekologik ta’lim tarbiyaning ahamiyati 

shundaki, nohushliklarda aql zakovat bilan chek qo’yish mumkin. Demak, hozirgi 

ekologik inqirozning kelib chiqishidagi tartibsizliklarga chek qo’yish zarur. 

Ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash lozim. Ya’ni kelajak avlodlarga zarar 

keltirmagan holatda insoniyat o’z ehtiyojlarini  me’yorda taraqqiy ettirishi kerak. 

Ekologik barqaror rivojlanish konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli 

taraqqiyoti zaminidir. Uning kapital mablag’larini ham me’yorda oshirishiga

ekologik sharoitning yaxshilanishiga turtki bo’lishi zarur.  

      Bunday  holatni  yaratish uchun ekologik ta’lim-tarbiyani oilada, bog’chada, 

maktabda, o’rta  maxsus  va oily o’quv yurtlarida uzluksiz olib borish zarur 

bo’ladi. Ekologik nuqtai nazardan ta’lim olgan inson yuqorida zikr qilingan 

fikrlarni hayotda amalgam oshirish uchun harakat qilmog’i zarur.  

     Aks holda, tabiatni, tabiiy muhitni yo’q qilish asorati insonning tirik qolishiga 

imkoniyat bermasligi o’z-o’zidan ma’lum.  Inson tabiat ustidan hukmdor bo’lishi 

kerak, degan fikrdan qaytishi lozim.  Aks holda ekologik bomerang jarayoni 

insonning o’ziga xavf tug’diradi. Hozirgi kunda katta va kichik mamlakatlar 

imkoniyatlari darajasida ekologiya sohasida insonlarga ta’lim berishni 

rivojlantirmoqda.   

     Xususan, Respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni 

tayyorlash, hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari 

uch vazirlik hamkorlikda ish yuritmoqda.  Chunonchi. O’zbekiston  Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim 

vazirligi, O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish  Davlat  qo’mitasi 

tomonida  2005yili tarixiy qaror, dastur va konsepsiya qabul qilindi. Mazkur 

tarixiy hujjat va qabul qilingan konsepsiyani ilova sifatida keltiramiz. O’zbekiston 

respublikasi OO’MTV, XTV va TMQDQ ning 2005yil 7 noyabr 242/33/79 sonli 

qo’shma qaroriga 2-ilova. 

     Ekologiya  fanining  vazifalaridan  biri bo’lgan sanitariya nazorat qilish 

organlarining vazifalari: 

 

Ogohlantirish sanitariya nazoratini olib borish; 



 

Tozalash ishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar ishini nazorat qilish; 

 

Chiqindi axlatlarni tozalash inshootlarida, ya’ni assenizatsiya 



shudgorlarida, kompost qilish maydonlarida, axlatlarni kuydirish, yoqish 

korxonalarida qayta ishlarni nazorat qilish; 

  Shaxarlarning iflosligi tufayli kelib chiqqan kasalliklarni o’rganish, tahlil 

qilish, ayniqsa,oshqozon-ichak yuqumli kasalliklarini o’rganish, sariq 

kasalligi kelib chiqishini, gelmintoz kasalligining tarqalishini o’rganish; 

  Odatda shaharlarning kengayishini, aholining demografik o’sishini, 

kelajakda shahar taraqqiyotini ko’zda tutib, ularni tozaligini ta’minlash 

maqsadida, ekologik holatlarni oldindan ko’rib, 5-10yilga mo’ljallangan 

loyihalar ishlab chiqiladi.  



          5 yilga mo’ljallangan loyihalarda aniq vazifalar ko’rsatiladi va shu loyihalar 

asosida ish olib boriladi.Shunday ekan ekologiya fanining vazifalari yosh 

ekologlarni, talabalarni, bolalarni tarbiyalash,ularning tabiatga hissa qo’shishga 

undash,  tabiatimiz go’zalligiga putur yetkazadigan omillarning oldini olish 

bo’yicha chora tadbirlarni ko’rsatishdan iboratdir.  

      Shaharlarni tozalashni tashkil qilish loyihalarning tarkibiga: 

tozalashning bosh rejasi; 



rejali vazifalar; 

inshootlar, korxonalarning loyihalari; 



ishni boshqarish rejasi va boshqalari kiradi.  

Shaharlarning tozaligini ta’minlash loyiha va rejalarini amalga oshirish, bu rejalar 

kam- ko’stsiz  bo’lishi uchun quyidagi fakt va dalillar o’rganilishi kerakligini 

ta’minlash kerak: 

   1) Joylarning tabiiy sharoiti, ya’ni relyefi, tuprog’i tekis-notekisligi,  iqlimi, 

yog’ingarchiliklari, shamol harakati va yo’nalishi; 

  2) Shahar va uning rayonlarining sanitariya va ekologik holati; 

  3) Aholi o’rtasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini tarqalishi; 

  4) Tozalash jarayonlarining barcha bosqichlarini qaysi ahvolda ekani; 

  5) Kanalizatsiyani hozirgi ahvolini va kelajakda taraqqiy etish rejalari; 

  6) Aholining rayonlar miqyosida zichligi va soni demografik ko’rsatkichlari; 

 

 

7) Maydonlar, turar joylar, ularning fondi, ko’cha va hiyobonlarning 



obodonlashtirilgani; 

  8)  Ko’kalamzorlashtirishning  ahvoli,  shahar, rayon, irrigatsiya shohobchalari

favvoralar, suv havzalarining ahvoli; 

  9) Shahar va rayon markazlaridagi dam olish joylari, parklar, dam olish zonalari, 

hojatxonalar va ularning ahvollari va boshqalar; 

10) Gazifikatsiya, elektr tarmoqlari, vodoprovod tarmoqlarining ahvoli.  

    Aholi turar joylarini toza tutishni loyihalashtirish uchun hozirgi va kelajakda 

yig’iladigan turli axlatlarning miqdori to’g’risada ma’lumotlar rejaga vazifalar 

sifatida kiritiladi.  

   Shunday qilib, ishlab chiqilgan loyiha asosida xonadonlardan, mahallalardan 

yig’iladigan chiqindi axlatlarni rejali ravishda tozalab olib chiqib ketish yotadi

kanalizatsiya bo’lmagan joylarda axlatlarni tezroq olib chiqib ketishi shart. Bu 

vazifalar amalga oshirilganda rayon, shahar hududlari ozoda turishi mumkin. 

Bunda kasalliklar tarqalishning oldi olinadi.  

    Ekologik ta’lim tarbiyani amalga oshirishda turli aholi guruhlarini atrof-muhit  

muommolarini hal qilish uchun qayta o’qitish kurslari,   “Ekologik ta’lim asoslari”, 

“Atrof-muhit”, “Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish”, 

“Ekologiya va yoshlar tarbiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi” kabi qisqa kursli 

darsliklarda ekologik muommolarni oldini olish, tabiatni asrash, tabiiy 

boyliklardan oqilona foydalanish  kabilar yozilgan bo’lib, inson ularni o’qib 

kerakli ma’lumotlar oladi.    



     Ekologiya  fani  shuningdek,  tabiiy  muhit holatini, inson ta’sirida o’zgarishi, 

jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muommolarni 

keltirib chiqarish sabablariga e’tibor beradi.  

 

 



 

 

 



Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi zamon ekologiyasining asosiy 

vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin: 

-  hayotning tashkil topish qonuniyatlarini, shu jumladan, tabiiy tizimlari va 

umuman biosferaga antropogen ta’sirlarni shu qonuniyatlar asosida tadqiq 

etish; 

-  biologiyaviy boyliklardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish, 

inson xo’jalik faoliyati ta’siri asosida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni 

oldindan bilish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson 

yashaydigan muhitni saqlab qolish; 

-  populyatsiyalar sonini tartibga solish; 

-  u yoki bu tabiiy qismlar va landshaft elementlari xususiyatlarini aniqlashda 

ekologik indikatsiyalash, shu jumladan, tabiiy muhit bulg’anishini 

indikatsiyalash; 

-  buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash, shu jumladan, foydalanishdan chiqarib 

tashlangan qishloq xo’jaligik ekin maydonlarini tiklash (rekultivatsiya), 

yaylovlarni, kam hosilli tuproqlarni, suv havzalari va boshqa ekotizimlar 

mahsuldorligini oshirish; 

-  biosferaning etalon maydonlarini saqlash (konservatsiyalash); 

-  muhit sifatini saqlash va yaxshilish bo’yicha texnikaviy, huquqiy, tashkiliy  

-  boshqaruv organlarining uzoqqa mo’ljallangan tadbirlar majmuini  

takomillashtirish; 

-  yangi o’zlashtirilgan mintaqalarda, sanoatlashgan va aholisi ko’p bo’lgan 

hududlarda ishlovchi aholining sharoitga moslashuvini tezlashtiruvchi 

vositalarni ishlab chiqish; 

-  xavfli tabiiy hodisalar, avariyalar natijasida kishilarni nobud bo’lishi va 

salomatligini yo’qotish mumkin bo’lgan  holatlarni oldini olish; 

-  ekologik ong, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim va tarbiya tizimlarini 

shakllantirish va bu sohada ommaviy axborot vositalari ishini faollashtirish. 

       Darhaqiqat,  XIX  asrning  ikkinchi yarmida ekologiya fani o’simliklar va 

hayvonlarning iqlim omillariga moslanishini o’rgandi. 




Download 115,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish