2. POPULYATSION EKOLOGIYA-(“Populyatsion” fransuzcha so’z bo’lib,
“aholi” degan ma’noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinomikasini,
ma’lum
sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi)sabablarini
tekshiradi.
3. SINEKOLOGIYA- (“Sin” yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” demakdir)
biogeosenozlarning tuzilish va xossalarini ayrim o’simliklar va hayvon turlarining
o’zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
4. BIOSFERA- (yunoncha “Bios”-hayot, “sfera- shar”) haqidagi ta’limotni
vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi.
Biosfera sayyoramizdagi “hayot qobig’i” hisoblanib,tirik organizmlarning o’zaro
chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini
tashkil etadi.
Ekologiya boshqa fanlarga nisbatan anchagina yosh. U tirik jonzotlarning
yashash muhitini, o’zaro bir-biriga nisbatan munosabatlarini, hamda yashash
sharoitlari o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarni o’rganadi. Dastlab, ekologiya biologiya
fanining bir qismi sifatida rivoj topa boshladi. Albatta, kimyo, fizika, geologiya,
geografiya, tabobat, tuproqshunoslik va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’langan
holda rivojlandi.
Demak, ekologiyaning bosh o’rganish obyekti- bu ekosistema, ekologik
tizimdir. Xususan, tabiatning butunligini tashkil etgan jonzotlar ularning yashash
muhiti-makoni jamuljami (kompleksi)dir. Ekologiya fanining vujudga kelishida
Ch.Darvin asos solgan tadrijiy takomil (evolyutsion) ta’limoti katta ro’l o’ynaydi.
Bu fannining yuzaga kelganiga ham 143 yil bo’ldi, ammo alohida fan sifatida u
XX asrning ikkinchi yarmida rivojlanib bordi.
Amerika olimi Ch.Adams (1913) ekologiya to’g’risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirib, chop ettirdi.
Ekologiyada organizm bir butun sistema sifatida ko’riladi. U tashqi muhit bilan
o’zaro birgalikda harakatlanadi, bir-biriga yordam qiladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni
kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining
ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq
qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar
ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Ekologiya fanining rivojlanishi tabiatni o’rganish va tavsiflashdan boshlangan.
Bu fransuz Jan Anri Faber o’zining mashxur “Entomologik estaliklar” (1870-1879)
asarini yozgan davrlar edi. Aslida ekologiyaning chinakam rivoji ayrim turlar
yashaydigan muhitni, ularning o’zaro munosabatlarini, simbiozini (grekcha-birga
yashash), boshqa turlar bilan munosabatlarini o’rganishdan boshlangan. Bu
ekologiyaning rivojida birinchi davrdir.
Ekologiya fanining rivoji ikkinchi davrida ekosistemalar, ya’ni ekotizimlarni
funksional bir butun tizim sifatida o’rganilishiga asosiy e’tibor bera boshlagan.
Bunda ekotizimlar o’zaro aloqador organizmlar va har qanday hududdagi atrof-
muhit barcha elementlarining bir butunligidan iborat deb qaralgan. Ekologik
tizimlardagi jonli va jonsiz tabiat elementlari bir butun holda o’z muvozanatiga va
o’zaro aloqalariga ega bo’lib, bu muvozanat va aloqalar energiya hamda
moddaning o’zgarishlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Ekologiya fani o’z rivojining uchinchi davrida ekotizimlarning o’zaro ta’sirini
o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Endi ekologik tizimlarning o’zaro
munosabatlarini (aloqalarini) o’rganish boshlandi. Yer yuzidagi barcha ekotizimlar
birgalikda yaxlit biosferani tashkil etadi.
Biosferani o’rganish – ekologiya fanining rivojida to’rtinchi davrdir. Biosfera
barcha jonli organizmlar va inson hayot kechiradigan muhitdir. U yerdagi o’zaro
bog’liq barcha ekologik tizimlarning bir butunligidan iboratdir. Biosferada
moddalarning aylanma harakati oziqlanish orqali ro’y beradi. Aytish mumkinki,
biosferada har bir organizm bir-birini yeydi va hech bir jonzot yeyilishga
mahkumlikdan holi emas.
Ekologiya fani o’z rivojining beshinchi davrida insonning biosferadagi o’rnini
o’rganadi. Bu davr ma’lum darajada tugallangan evolyutsion sikldan iborat bo’lib,
u ilmiy ma’noda biosferaning uyg’unlashgan qismi bo’lmish insonni takroriy
ishlab chiqaradi.Inson biosferaning boshqa barcha tarkibiy qismlari bilan
birgalikda evolyutsion yo’lni bosib o’tgan.
Shuningdek, atoqli tabiatshunos olim L.V.Peredelskiy fikricha, (2006 y)
ekologiya fani rivojini 3 bosqichda ko’rish mumkin. Birinchisi, ekologiya fanining
paydo bo’lishi va fan sifatida shakllanishi. Bu tirik jonzotlarning tabiiy muhit bilan
o’zaro bog’langanligi hamda dalillar to’plash davri bo’ldi. Ayni shu faslda
J.Lamark (1744-1829y) va T.Maltus (1766-1834y) singari atoqli olimlar kishilik
jamiyatida birinchilar qatorida insoniyatning tabiatga ta’siri salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdilar.
Ikkinchisi, ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlagan davr XIX asrning
60-yillar oxiri rus olimlaridan K.F. Rulte (1814-1858y), N.A.Seversov (1827-
1885y), V.VDokuchayev (1846-1903y) larning ekologiya fani to’g’risidagi
tushunchalari ayni shu bosqichda rivoj topdi; ushbu fikrlar haligacha o’z qiymatini
yo’qotgani yo’q.
Tabiatshunos A.Tensli (1935y) ekosistema to’g’risidagi tushunchani ilgari
surdi. 1940-yili rus olimi V.N.Sukachev ekosistema tushunchasiga yaqin bo’lgan
biogeosenoz atamasini asosladi. XX asrning 20-40 yillarida ekologiya sohasida
jahon miqyosida ko’zga ko’ringan olimlar V.I.Vernadskiy, V.N.Sukachev,
E.S.Bauer, G.G.Gauze va boshqa fidoyi olimlar fundamental izlanishlar olib
borishdi: ekologiyaning mustaqil fan sifatida to’la-to’kis shakllantirishdi.
XX asrning 50-yillaridan e’tiboran ekologiya fani rivojining uchinchi bosqichi
boshlandi va hozirga qadar davom etmoqda. Hozirda ekologiya fani bo’yicha 71
yo’nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Ekologiya fanining fundamental nazariy
va amaliy jihatlari boyitilmoqda; uning ko’pdan- ko’p yangi qirralari
ochilmoqda; tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona foydalanish, inson
salomatligini asrash singari global muommolarni hal qilishga intilmoqda. E’tirof
etish kerakki, ekologiya fanining hozirgi rivojida Yu.Odum,M.Andrson,
T.Miller, D.Xarper, B.Nebel, A.V.Yablokov, A.L.Yanshina, V.Rozanovakabi
xorij ziyolilari, A.Ergashev, A.S.To’xtayev, X.Tursunov, Sh.Otaboyev,
Yu.Shodimetov va boshqa vatanimiz olimlari jonkuyarlik bilan ilmiy izlanishlar
olib borishmoqda, ekologiyaga oid jiddiy ilmiy asarlar yaratishmoqda.
Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev (1846-1903) tabiiy
mintaqalar yo’nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa
qo’shdi.
Yuqorida XX asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivojlandi degan
edik. Avval o’simlik va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o’rganilsa, keyinchalik
ular birgalikda, bir uyushma sifatida o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |