Koinot ekologiyasi- koinotdagi muhit o’rganiladi. Abu Rayxon Beruniy (973-
1048y) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarning
o’zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi.
Xususiy ekologiya- umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar
(organizmlar olamidan turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologic iqlimdagi
biogeotsenozlarga nisbatan qo’llashni o’rganadi.
Ekologiya fani integrativ fan hisoblanib, uning rivojlanishida juda ko’p ishlar
amalga oshirilyapti.
Masalan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini joriy etish. Bunda – oilada,
maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; umumiy o’rta, o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; oliy ta’lim
muassasalaridaekologik ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda
malakasini oshirib borish; oliy ta’limdan keyingi ekologik ta’lim kabilar kiradi.
Ekologik holatni oldini olish maqsadida inson ekologik madaniyat
to’g’risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo’ladi. Ya’ni ekologiya bo’yicha
madaniyatli inson avvalo, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi
zarur, o’z faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga
olishi darkor.
Shu ma’noda, ekologik madaniyat umuminsoniy ma’naviyatning moddiy
hamda ahloqiy faoliya mmahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab
yetishi lozim.
Ekologik madaniyat tarqqiyoti o’z navbatida ekologik ta’lim-tarbiya hamda
ma’lumotlarni aholi o’rtasida ma’rifatning hamma usullaridan foydalanib ommaga
yetkazish bilan chambarchas bog’liqdir.
Xulosa qilib aytganda, ekologiyaning turli fanlari tabiat muhofazasi doirasida
mujassamlashtirish vazifasi maktab o’quv predmetlarining o’zaro ilmiy-amaliy
munosabatlarini mustahkamlab kengaytiradi.
Tabiatning ekologik qonunlari, organizmlarning bir-birlari va ularning atrof-
muhit bilan doim bo’lib turadigan munosabatlarini chuqur o’rganib yetgandan
keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon, sarkor bo’lamiz. Atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu
kunning eng global ekologik muommosi hisoblanadi va bu muommo 6,3-6,5 mlrd
sayyora aholisi , ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar manfaatini o’z ichiga
qamrab oladi.
Inson tabiat qo’ynida yashar ekan, uning beminnat saxovati, in’omi va
marhamatidan bahramand bo’ladi. Shunday ekan, insonning eng yaqin do’sti
bo’lmish tabiatni ardoqlash va e’zozlash har bir kishining muqaddas burchi
bo’libgina qolmasdan, balki shu ko’rkam tabiatning bir oliy ne’mati
hisoblanadigan insonning sharafli burchi bo’lishi lozim. Muruvvatli, ko’rkam,
sahovatli keng tabiatni e’zozlash, unga bo’lgan muhabbat inson qalbida yoshlikdan
uyg’onadi va davrlar o’tishi bilan shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, agar biz tabiat qo’ynida tinch va sog’ yashashni
xohlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va uning qonunlari
asosida o’z hayot-faoliyatimizni , ish rejalarimizni, tuzishimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |