lu = lch = 0,5 A+ vt. (95)
Tutash katorining kengligi vtk oddiy katorlar oraligi v ga teng bo’lishi rejalashtirilsa, (95) formulaga vt = v, agar vt < v bo’lishi kuzda tutilsa, unda iztortkich shtangasining uzunligi sozlanadi.
C
higitni plyonka ostiga ekish texnologiyasining afzalliklari ko’p bo’lganligi tufayli keng tarkalmokda. Bu texnologiya ishlatilsa, erta baxorda kuyosh nuridan to’liqrok foydalanib, tuproq haroratini kerakli darajagacha ko’tarib, chigitni 10…15 kun oldin ekib olinadi. 10 sm chuqurlikdagi harorati 9…10°S ga yetgan tuproqning ustiga plyonka yopilsa, mo’lcha (parnik) effekti xisobiga uning harorati qo’shimcha 4…5°S ga ortib, chigitning unib chikishiga yetarli sharoit tugiladi. Plyonka ostida namlik uzok saklanadi, shu sababli, chigitni tabiiy namlikda undirib olishda, xatto kunlar isib ketguncha sugormaslik imkoniyati tugiladi. Plyonka ostida begona utlar usib, rivojlanmaydi, demak, kul tivatsiya o’tkaz ishning soni ham kamayishi mumkin. Kulay sharoitda rivojlangan guza tezroq kusak tugib, hosildorligini 10…12 ts/ga gacha oshiradi. Muximi, hosil erta pishib, uni (10…15 kunga) erta yigib olish mumkin bo’ladi.
Mazkur texnologiyani bajarilishini ta`minlaydigan seyalka sxemasi 150- rasmda keltirilgan. U rama 2, osish moslamasi 1, iztortkich, barabanli miqdorlagich 3, yer tekislagich 4, arikcha ochadigan sferik disk 5, plyonka chetini tuproq bilan kumadigan sferik disk 6, plyonka urami o’rnatilgan valik 7, plyonkani taranglovchi valiklar 8, sidirgich 9, zichlagich 10 lardan tuzilgan.
Er tekislagich 4 ramaga sharnirli o’rnatilgan bo’lib, u 60 sm kenglikdagi plyonka yoyiladigan joyning tuprogini tekislab, kesaklarni maydalab, yer ustini silliklab ketadi. Agar tekislagich sifatli ishlamasa, gadir-budur bo’lgan yer yuzasiga tushalgan uta yupka plyonka (qalinligi 8 mkm) teshilib, mo’lcha uz effektini pasaytirib kuyadi. Tekislagich ishining sifati, uni yerga bosib turadigan prujinaning siqilish darajasini o’zgartirish xisobiga rostlanadi.
Sferik disklar chuqurligi 6…8 sm bo’lgan arikchalarni bir-biridan 40 sm oralikda yasab ketishadi. Keyinchalik, bu arikchalarga plyonkaning chetlari kiritilib kumiladi.
Seyalka turtta ekish sektsiyasidan iborat bo’lib , har bir sektsiya ikkitadan barabanga ega. Har bir baraban chigitni bir satrga uyalab ekib ketadi. Demak, sektsiyadagi barabanlar ikki satrni ekadi. Bu kushalok satrlar tasmani, ya`ni katorni tashkil kiladi. Tasmadagi satrlar orasi 30 sm, tasmalar oraligidagi 60 sm yer keyinchalik juyak olish, sug’orish, o’g’itlash, kul tivatsiyalash uchun koldiriladi. Tasma simmetriya uklari orasi, ya`ni katorlar oraligi 90 sm bo’ladi.
93- rasm
Barabansimon miqdorlagich (94- rasm) chumichsimon me`yorlagich 1, urug’kadagich 2, tusik 3, baraban 4, qopqoq 5, reborda 6 lardan tuzilgan. Bu miqdorlagichning barabani uchta ishni bajaradi. Birinchidan, tekislangan yerga tushalgan plyonkani tarang hol da ushlab turadi. Rebordasi bilan plyonkaning chetini ilgari tayyorlangan arikchaga takab, buklab yotkizadi. Ikkinchidan, u urug’don vazifasini
bajaradi. Baraban ichiga urug’ni solib kuyish uchun uning yon devoridan qopqoq 5 ochiladi va maxsus tarnov yordamidan foydalaniladi. Baraban ichida chumichsimon me`yorlagich 1 lar o’rnatilgan. Me`yorlagich prizma shaklidagi darchali uychaga uxshaydi. Baraban aylanganida, urug’lar orasidan utayotgan me`yorlagichga urug’lar kirib koladi. Uchinchidan, baraban, aylanishi xisobiga, uz sirtiga o’rnatilgan urug’ kadagichlarning plyonkani teshishiga va tuproqqa botib urug’larni tashlab ketishiga majbur kiladi.
Urug’ kadagichning uzunligi urug’larni 4ѕ6 sm chuqurlikda kumib ketishga yetarlidir. urug’ kadagich va chumichsimon me`yorlagich bir-birlarining davomi bo’lganligi sababli, me`yorlagichga tushgan chigit urug’i kadagichning uchidagi bushlikka darrov yetib boradi. Urug’ kadagichning uchini ochib-yopish uchun 90° ga bukilgan ikki yelkali richagga uxshash maxsus klapan 3 o’rnatilgan.
Barabanning tashki chetiga reborda kuyilgan. Rebordaning shakli plyonkaning chetini sferik disk tayyorlab ketgan arikcha yuzasiga zich bosib turadigan kilib, kiyalatib yasalgan.
Eni 60ѕ65 sm bo’lgan plyonka rulonini (massasi 12...14 kg) o’rnatish hamda yoyilgan plyonkani tarang holatda yerga tushash uchun ekish sektsiyasi ramasiga sozlanuvchi valik 7 va 8 lar sharnirli o’rnatilgan.
Baraban rebordasi yerga bosib turgan plyonka chetini ustiga sferik disk 6 tuproqni uyumlab kumadi. Plyonka ikki chetini havo utmaydigan kilib sifatli kumish katta ahamiyatga ega. Shu sababli sferik disklarning xujum burchagi va balandligini to’g’ri o’rnatish zarur.
Sidirgich 9 ning pastki chetiga yumshok rezina plastina kiydirilgan bo’lib , uning uchi plyonka ustiga tegar-tegmas bo’lib yuradi. Yon tomonga 35...45° ga burib o’rnatilgan sidirgich plyonka ustidagi ortiqcha tuproqni sidirib chetga chiqaradi, natijada plyonka usti tozalanib, kuyosh nurini oson o’tkaz adigan bo’ladi.
Zichlagich g’ildirakcha 10 lar chigit kadalgan satrdagi tuproqni bosib, zichlab, chigitni govak joyda kolishini oldini oladi.
Seyalkaning texnologik ish jarayoni kuyidagicha utadi: agregat ilgarilab yurganida plyonka tushaladigan joydagi kesaklarni tekislagich maydalab, tuproqqa botirib, shudgor yuzasini silliklab ketadi. Uning izidan, tekislangan joyning ikki chetida, bir-biridan 40 sm masofada harakatlanayotgan sferik disklar chuqurligi 5...8 sm bo’lgan arikchalarni tayyorlab koldiradi.
Rulondagi plyonka taranglovchi valiklar orqali tortilib, barabanning tagidan o’tkaz ilgan hol da yerga tushaladi va uning chetlari tuproq bilan kumiladi. Rulon vali va taranglovchi valiklar erkin aylanishi kerak, aks hol da yupka plyonka yirtilib ketishi mumkin.
Barabanlar rebordasi yerga tushalgan plyonkaning ikki chetini arikchalarga bosib turgan vaqtda birdaniga uchta jarayon bajariladi:
1. Baraban aylanishi xisobiga uning ichidagi chigitlar tuzitilib, me`yorlagich darchalaridan utib, urug’ kadagich ichiga tushadi.
2. Aylanayotgan baraban sirtidagi urug’ kadagich yerga yakinlashganida, plyonkani teshib, tuproqqa kiradi. Ayni vaqtda, baraban tuskichning bush kanotini yerga bosib, uning ikkinchi kanotini urug’ kadagichdan uzoklashishga majbur kiladi. Natijada urug’ kada-gich ichidagi urug’lar yerga tushib koladi. Tuproqning erkin tuqilishi xisobiga, chigitlar kumiladi.
3. Baraban orqasidagi sferik disklar, reborda bosib turgan plyonka chetlarini tuproq bilan kumadi.
Plyonka ustiga tukilgan tuproqni sidirgich yumshok pichogi bilan sidirib, uni tozalaydi. Chigit ekilgan satr ustini zichlaydigan g’ildirakchalarning yerga bosimi maxsus prujina yordamida sozlanadi. Sferik disklar agregat harakati yunalishiga nisbatan 14...16° burchak ostida o’rnatiladi. Sektsiya yoki sferik disklarni yon tomonga birmuncha surish xisobiga, baraban rebordasining plyonka chetini arikchaga tiralib yurishiga erishiladi.
Sidirgichlarni shunday joylashtirish kerakki, chigit uyalari ustida 8...10 mm qalinlikdagi tuproqni koldirib, kolganini chetga surib tashlasin. Sidirgichni yon tomonga burib yuqoridagi jarayonni bajarishga erishiladi.
Kartoshka ekadigan va kuchat o’tqazadigan mashinalar
Kartoshka ekish mashinalari. Agrotexnik talablar. Ekish uchun o’rtacha kattalikdagi (massasi 50ѕ80 g) tugunaklardan foydalangan ma`qul. Ammo maydaroq (30ѕ50 g), ba`zan yirik (80ѕ120 g) tugunaklardan bulaklab foydalanish ham joiz.
Kartoshkani qatorga bir-biridan 20ѕ40 sm masofada, qator oralarini esa 60, 70 va 90 sm dan kilib ekiladi. Bunda mashina unib kolgan kurtakchalarni sindirmasligi kerak. O’rtacha kattalikdagi tugunaklarni ekishda kartoshka tushmasdan kolgan hamda ikkita tugunak tushgan uyalar soni 3% dan oshmasligi lozim. Kartoshka tugunaklari katorda belgilangan oralikda va chuqurlikda joylashishi kerak. Kartoshka pushtaga ekilganda 8ѕ16 sm, tekis yerga ekilganda 6ѕ12 sm chuqurlikda kumiladi. Tugunaklarning ekish chuqurligi tayinlanganidan 5 sm fark qilishi joiz. Mashina kartoshka oraliklaridagilar oddiylariga nisbatan ekish bilan bir vaqtda o’g’itni tugunaklardan 2ѕ3 sm chuqurroq tashlab, uni aloxida tuproq qatlami bilan yopib ketishi lozim.
Tugunaklar pushta ustiga ekilayotganida, ekkich joylashtirib ketgan urug’ni tuproq bilan kumish uchun sferik disklar ishlatiladi. Tekislangan yerga ekishda esa disk orqasiga tuproqni zichlash uchun tirmacha o’rnatiladi.
Kartoshka ekish mashinasi ishchi qismlarini aylantirish uchun harakat traktorning quvvat olish validan uzatiladi.
Agar massasi 30ѕ50 grammli urug’ ekilayotgan bo’lsa, a q3ѕ5 mm, massasi 50ѕ80 grammli urug’ ekilsa, a q10ѕ12 mm va massasi 80ѕ100 grammli urug’lar uchun a q14ѕ16 mm tirkish kuyiladi.
Kuchat o’tkaz ish mashinalariga agrotexnik talablar. Sabzavot ekinlari urug’ini kishning oxirida issik xonalarda ekib-ustirib, kuchat kilib, baxorda ularni ochik dalalarga ekiladi. Ayrim kuchatlar aloxida-aloxida tuvakchalarda, ayrimlari tuvakchalarsiz ustirilib- yetishtiriladi. Mashina yordamida ekish uchun bir xil o’lchamdagi, sulimagan, egilmagan kuchatlar saralanib, olinadi. Karam kuchatlar 12ѕ15 sm balandlikka (5ѕ6 bargga), pomidor kuchatlari 20ѕ25 sm balandlikka (8ѕ10 bargga) ega bo’lishi talab qilinadi.
Kuchatlarning oralig’i 60, 70, 80, 90 sm bo’lgan katorlarga yoki 50 + 90, 60 + 120 sm kilib ekiladi. Bir katordagi kuchatlar oralig’i 10…140 sm gacha bo’lishi mumkin. Agar kuchatlar oralig’i 35 sm dan kam bo’lsa, ekishda juyaklar bo’ylab sug’oriladi, 35 sm dan ko’p bo’lsa, har bir tup kuchatni aloxida sug’orish ma`kul bo’ladi. Sug’oriladigan dexkonchilikda ekish bilan bir yula juyaklar ham olinadi.
Mashinadan kuchatni tik holatda, ildizlarini bukmasdan, shikastlantirmasdan, bexato ekish talab qilinadi. Tuvaksiz kuchatlar 5…15 sm, 2tuvagi bilan kamida 10 sm chuqurlikka kumiladi. Agronom tayinlagan chuqurlik sm aniqlikda bo’lishi kerak. Kuchat atrofidagi ildizi tuproq bilan zichlanadi.
2 sm (tutash kator katorlar tukri chizik buyicha, belgilangan kenglikdan 7 sm) olinishi kerak. Oddiy kuchatning 95%, tuvakli kuchatning 100% ildiz uchun olishiga erishish kerak.
Kuchat ekish mashinasi. Mashina 0,6…3,5 km/soat tezlik bilan ishlaydi. Uning kuchat o’tkazish apparati disk 1 va unga o’rnatilgan tutkich 5 lardan iboratdir. Tutkichning ichi bush ustun 2 ning yuqori tomonida kuzg’almas plastina 3 o’rnatilgan. Prujina 7 plastina 3 ga kuzg’aluvchan plastina 5 ni sikib turadi. Kuzg’aluvchan plastina 5 ning ichiga uta yumshok rezina yelimlangan bo’ladi. Ekish vaqtida kuchat 3 va 5 — plastinalar orasida kisilib turishi kerak. Plastina 5 dagi rezina kuchatni shikastlantirmasdan kisib ushlab turish imkonini beradi, plastina 5 sterjen 6 bilan bikr biriktirilgan. Sterjen burilsa, plastina 5 ham kuzKalmas plastina 3 ga yakinlashishi yoki uzoklashishi mumkin. Sterjen 6 ga aylanuvchan rezina rolik 9 kiydirilgan tirsak 8 o’rnatilgan bo’lib, prujina 7 ustun 2 ga nisbatan rolikni tortib turadi.
Disk 1 bilan uzluksiz aylanib turadigan rolik 9 kerakli vaqtda kuzg’almas yunaltiruvchi yulakcha 10 ning ustiga chikib, prujina 7 ning qarshiligini yengib, sterjen orqali kuzg’aluvchan plastina 5 ni kuzKalmas plastina 3 ga nisbatan burib, kuchatni kistirish uchun joy ochadi.
Mashinaning maxsus urindig’ida utirgan xizmatchi uz kuli bilan kuchatni plastinalar orasiga kiritib turganida, rolik yulakchadan tushadi. Natijada, plastinalar kuchatni kisib koladi va disk bilan birgalikda uni ekadigan joyga keltiradi. U yerda rolik yana yulakcha ustiga chikib, plastinalarni bir-biridan uzoklashtirib, kuchatni kuyib yuboradi.
Mashinaning ishi. Agregat harakatlansa, disk aylanib tutkichlar maxsus urindikda utirgan xizmatchilarning oldiga kelganida, tutkichlar ochiladi. Ularning orasiga kuchatlar kulda kiritilsa, tutkich uni kisib koladi. Kuchat suv kuyilgan arikchaning ustiga keltirilganida, tutkich ochilib, uni nam yerga tushiradi. Ekkich utgandan sung, tuproq kuchat ildizi ustiga tukiladi, uni g’ildirakchalar zichlab ketadi.
O’tkaz ish diski va ekish sxemasiga qarab, 2...12 tagacha tutkichlar o’rnatilishi mumkin. Traktor ramasiga tokchalar o’rnatilgan bo’lib , ularning ustiga kuchat solingan yashiklar kuyiladi. Agregatni ishlatish uchun traktorchidan tashqari, un ikki (6 kator uchun) xizmatchi (kuchatni tutkichga kuyish uchun) hamda ekilgan kuchatlarni holatini tuzatish uchun uch ishchi, tuvakdagi kuchatlarni ekishda ularni kuzatib turish uchun yana ikki xizmatchi jalb qilinadilar.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |